Adabiyotlar
1.
Mo‘minova.L.R. Rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan
korreksion-rivojlantiruvchi texnologiyalar Toshkent-2020 y
2. Shomaxmudova.R.Sh Alhida extiyojli bolalarni oilada tarbiyalash usullari
Toshkent-2016y
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HULQ-ATVORINI
KORREKSIYALASHDA QO’LLANILADIGAN USULLAR
Choriyeva Durdona Anvarovna
TDPU “Maktabgacha ta`lim”
fakulteti PhD,v.v.b., dotsenti
,
B.Axtamov
Maktabgacha ta`lim psixologiya va pedagogika yo`nalishi talabasi
Hozirgi rivojlanib kelayotgan zamon har bitta insonning ham moddiy va ma’naviy
ehtiyojlariga ta’sir etib kelmoqda. Ularning ta’sir etishi ham katta yoshdagi insonlarga
va kelajak avlodlariga ham ta’sirlari mavjud. Hayotning globallashuvi insoniyatga
ijobiy ta’sir etayotga bu biz va sizni yanada hayotga bo’lgan motivimizni oshirib uni
barqarorlashuvigaa olib kelmoqda. XIII asrlarda san’atda bolalarning sur’atlari
chizilamagan va ularning tashqi ko’rinishi u qanaday odam ekanligi haqida
ma’lumotlar keltirilmagan. U zamonlarda bolalarga inson sifatida ham qaralmagan,
bolalarni tabiatning ma’lum bir davridagi odamning hayoti deb uncha ko’p bolalarga
e’tibor ham berilmagan. Kattalar yosh bolalarga befarq va ularga nisbatan ahamiyatsiz
bo’lganlar. Bundan bilishimiz mumkunki, bolalik davriga bo’lgan odamlarni qiziqishi
paydo bo’lgan. Bundan boshlab bolalarga bo’lgan e’tiborning paydo bo’lishi va
ularning hulq- atvorlari, kiyinishi, o’zining tushishi, etika va estetika talablarini nafaqat
katta yoshdagi odamlar balki bunday ahloqiy va ma’naviy sifatlarni ham bolalarda
shakillantirish ko’zda tutilgan. Asta sekin ko’plab tadqiqotlar natijasida ko’plab
575
olimlar bolalarning ruhiyatiga va ularning fiziologik jihatlariga ahamiyat bera
boshlaganlar. Shunday qilib bolalarning psixologiyasi ham va ularning yoshi o’tgan
sari barqarorlashuv ro’y berayotganini o’rganishgan.
Hozirgi kunda bolalarning shaxsiy intelektual va estetik jihatlarni bir maromda
rivojlantirishni olib borish ko’zda tutilgan. Bolalarni yoshlikdan ularning ma’naviy
sifatlarni shakillantirsak, o’zlarini o’rab turgan atrof muhitga nisbat layoqatlari ham
rivojlanib boradi. Ikki olamda ham odamga kerakli va foydali narsa yaxshi fe’l va xush
hulqdir. Tadqiqot metodlarning xulosalariga ko’ra, bolaning shaxsiy-ahloqiy
madaniyatining rivojlanishi nafaqat biror mashg’ulotlar natijasida shakillanib boradi,
balki kundalik hayotida tengdoshlari bilan muloqotda bo’lganida ham shakillanib
borishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ichki shaxsiy hislatlari ularning
erkin holatida rivojlana boshlaydi. Erkinlik muhiti bu uy yoki o’zining qadrdonlar
orasidagi muhiti hisoblanadi, ya’ni bolada ahloqiy va insonparvarlik hislatlarini
nomoyon etilishi muhitga ham bog’liqligiga amin bo’lamiz. Madaniy va ma’rifiy
jihatlair maktabgacha yoshdagi bolalarning eng asosiy ahloqiy jihatlaridan biri
hisoblanadi. Bunday jihat insonning insonga nisbatan insonparvarlik hissiyotlarning
rivojlantirishiga va ular bilan erkin muloqotda bo’lishga zamin yaratadi. Eng asosiysi
bunday faoliyat jarayoniga yangicha yo’dashish ta’lab etiladi. Hozirgi kunda aynan
yosh avlodlarning ahloqiy va insonparvarlik jihatlarini shakillantirish eng asosiy
vazifalardan biri hisoblanadi. Negaki, yosh bola o’ta qiziquvchang va har narsani ongli
taraftan qabul qiladigan bo’ladi. Ular xuddi oppoq qog’oz singari beg’ubor bo’ladi.
Shuning uchun ham ularning ayanan yoshligidan shunday beg’ubor hislatlarga
o’rgatish va ularda shunday jihatlarni shakillantirish siz-u bizning oldimizga qo’ygan
eng asosiy maqsadlarimizga aylanib kelmoqda. Qanchalik biz kelajak avlodlariga
ahamiyatli bo’lsak, hozirgi kundan boshlab bizning kelajak avlodlarimiz ham ahloqiy
jihatdan, ham manaviy jihatdan va ko’plab insonga xos bo’lgan ijobiy hislatlar unda
namoyon bo’lib boraveradi.
Shaxsning irodasi- ichki va tashqi qiyinchiliklarga va atrofdagi bo’layotgan hatti-
harakatlarga ruhiy jihatdan aks etish ta’siri, shakli deb tushuniladi, vazminligi,
insonparvarlik xususiyatidagi manaviy sifatlari uning ichki madaniyati, haqgo’yligi,
576
do’stonaligi, samimiyligi, hayotdan mamnunligini, muloyimligini, qadr-qimmatini aks
ettiradi. Shuday barcha hislarlarning shakillanish hulqi tengdoshlarning atrof
muhitning salbiy hulqlariga qarama-qarshi chiqa olsa, bunday bolada ijobiy insonlarga
xos hulq-atvorlarining shakillanib borayotganidan xulasa chiqra olamiz. Insonda har
qanday hislatlarni shakillantirish uchun o’z-o’zini yaratish imkoniyatiga ega emas.
Inson o’zida yaxshi va yomon jihatlarni yaratishi uchun unga faoliyat ta’sir etishi
lozim. Faoliyatsiz xech qanday maqsadga erishib bo’lmaydi.
Shaxsning irodasi -ichki va tashqi muhitning ma’naviy va fiziologik ta’sirlariga,
atrof-muhitdagi bo’layotgan hatti-harakatlarga nisbatan ruhiy ta’sir jarayoni
hisobladani. Aynan bolalarda irodaviy hislatlar shakillanb borishi kerak va zarur.
Chunki, o’ziga bo’lgan ishonch va tashabuskorlik hislatlari ham bolada ijobiy
harakterlarning vujdga kelishiga olib keladi. Bolalarda bunday hislatlarning
shakillanishiga ularga qulay va erkin muhit yaratish kerak. Mashg’ulotar davomida
bolalarga ishonch bildirishimiz ularda iroda va shijoatning ilk kurtaklarni namoyom
etishga yordam beradi. Bizning so’zlarimiz va bizlarning ularga nisbatan bo’lgan hatti-
harakatimiz ham ularda ahloqiy hislatlarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Bolalarga
namuna, suhbat, ko’rgazmali vositalar orqali ulardagi axlqosizlik jihatlani odob va
tarbiyaviy jihatlarga o’zgartishimiz hamda, tarbiya bilan birgalikda intelektual
layoqatlarini ham oshirishimiz mumkin. Agar ota-onalar bolalarni musiqa o’rganishga
majbur qilsalar, butun harakatlari bola yeg’lashi va asabiylashishi bilan tugaydi.
Doktor Suzukining fikriga ko’ra, majburlash – o’qitishning eng yomon yo’li deb
hisoblaydi. O’rganilayotgan fanga bolada qiziqish uyg’otish – bu eng yaxshi pedagogik
usuldir. Shuning uchun ota-onalarning asosiy vazifasi bolaga o’rgatishni istagan
narsaga uni qiziqtirishdir. Haqiqatdan ham bolaga birinchi navbatda ota-onasi biror
narsaga qiziqish uygo’tishlari kerak, chunki birinchi tarbiya va ta’lim oiladan
boshlanadi. Agar biz bolalarga u yoqtirmagan mashg’ulotiga jalb qilsa,k unda shu
mashg’ulotga nisabatan nafrat tuyg’usi paydo bo’ldi. Bolalar o’sha jarayonni
kuzatishga yo’l ochib bersak, ular shuni ko’rib unga nisbatan qiziqishlari paydo bo’la
boshlaydi. Bolalarda ko’proq san’at ma’daniyatini oshirsak ungadgi barcha ijobiy hulq
-atvorlar shakillanib boradi. Masalan, birorta bolaga musiqa eshitish yoqmaydi. Unga
577
shu musiqani mayin ovozdagi , yoqimli kuy asboblaridan namoyon bo’lgan kuylarni
eshtirib ko’rsak yoki bolajoncha o’zining yoshiga mos bo’lgan musiqalarni kuylasak
birgalikda shundagina bolada musiqaga mehrni uyg’otgan bo’lamiz. Bola yozishni
yoqtirmaydi deylik, bolaga harflarni ko’rinishini, ularning yozilish jarayoniga
qiziqtirish kerak. Biror bir narsaga o’rgatayotganimizda bolalarni oldin shu narsaga
qiziqtirib so’ng, o’sha jarayonni o’rgatishimiz joiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |