Adabiyotlar
1. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori “Xalq sо‘zi”. 29.12.2016 y.,
2.“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi
PQ-3261-sonli qarori “Xalq sо‘zi”. 09.09.2017 y.
3.”Ilk qadam” davlat dasturi T.,2018 y,60-b.
ABU ALI IBN SINO ASARLARIDA O‘SMIRLIK DAVRI JISMONIY
RIVOJLANISHINING AHAMIYATI HAQIDA
Asqarov Farxodjon Toxirovich
NamDU magistranti
Jamiyatning ravnaqi uning o’sib kelayotgan yosh avlodga bo’lgan munosabati
va ulatga yaratilayitgan imkoniyatlarga bog’liq. Har qanday mamlakat sog’lom va
barkamol, el-yurtiga sadoqatli,iymon-etiqodli farzandlari bilan faxrlanadi,ularga
suyanadi.Shunday faziltlarga ega avlodni tarbiyalab,voyaga yetkazgan xalq kelajakka
katta ishonch bilan qaraydi. Jahon tibbiyot olamining buyuk sultonlaridan biri, Abu
Ali ibn Sinodir (980-1037). Ibn Sinofalsafa, adabiyot, musiqa va boshqa ko'p sohalami
ham mukammal bilgan donishmanddir. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari
beqiyos ko'p. Ular ichida «Tib qonunlari» alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asarni
278
deyarlik barcha xalqlar o'z tillariga taijima qilishgan. O'zbek tiliga ilk bor 1153-yilda,
keyinchalik (1956, 1980, 1993) bir necha bor qayta nashr etildi. Buyuk allomaning
ilmiy-pedagogik meroslarini chuqur o'rganishda taniqli pedagog S.R.Rahimov
(Samarqand DU), respublikada xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor O.A.Rixsiyeva
(O'zDJTI) va boshqalarning xizmati kattadir. Respublika hukumati va mas'ul davlat
idoralari hamda jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980-yilda Buxoroda Abu
Ali ibn Sinoning tavalludiga 1000 yil to'lishi munosabati bilan katta ilmiy anjuman
o'tkazildi. Bunda tibbiy xodimlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va
boshqalarning Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari haqida ma'ruza qildilar.
Anjumanning materiallari respublikada jismoniy tarbiya ilmini takomillashtirishda
salmoqli hissa qo'shdi, desa bo'ladi. Ibn Sinoning ta'biri bilan aytganda «Sog'liqni
saqlashning asosiy tadbiri - badan tarbiya»dir. Mutafakkir adibning 30 dan ortiq tibbiy
asarlari shu kungacha yetib kelganligi ma'lum. Ularning hammasida ham, muallifning
jismoniy mashqlarga oid ilg'or fikrlari va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi. Ibn Sino
jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena,
sog'liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib boradi. Bu esa har
bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi tartibda shug'ullanishini
belgilab beravchi ta'limdir. Masalaga shunday yondashish maqsadga muvofiq bo'lar
edi. «Tib qonunlari» haqida mulohaza qilinadigan bo'lsa, kitobning birinchi qismi
deyarli inson salomatligini saqlash va uni rivojlantirishga bag'ishlangan. Eng muhim
tomoni shundaki, kitobda inson tanasi va uning a'zolari, insonni shakllantirish hamda
uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, fiziologik va ruhiy
jarayonlarning holati, kasalliklaming kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan bayon
qilingan. Bu holatlarni bilish, shu asosda insonlar o'z-o'zini tarbiyalashdek muhim
bo'lgan ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlami hayotda qo'llash bugungi kunning eng dolzarb
muammolaridan biridir. Ibn Sinoning jismoniy mashg'ulot kishining yoshiga, jinsiga,
sog'-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o'tkazish kerakligi
haqidagi g'oyalari juda o'rinlidir. Shuningdek, bolalik, o'smirlik, yigitlik va qarilik
g'oyalarida kishi jismoniy mashg'ulotga turlicha munosabatda bo'lishi kerakligi
masalalarini alohida uqtiradi. Bu ilmiy-pedagogik ta'lim merosi jahon xalqlari jismoniy
279
madaniyati tarkibiga singib ketgan ijtimoiy turmush voqealigidir, desa bo'ladi. Bu
holatlarni barcha oilalar, ayniqsa, mahalliy millat vakillari, shuningdek, barcha
tarbiyaviy maskanlar, o'quv yurtlarida qayta-qayta o'rganishlari lozimdir. O‘smirlik
davri insonni bolalikdan — yoshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan
o‘zining nisbatan keskinroq, murakkabrok kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir.
Bu davr taxminan bolalarning 5—8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va 11—
12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu
davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O‘smirlik davrining og‘ir,
murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq.
Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, ahloqiy, ijtimoiy va shu
kabilarning mazmun mohiyati ham o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hayotida, uning
ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
turli xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga
hali «katta» ham emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan
munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kasb etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi,
ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan shakllanadi, o‘z-o‘zini anglashi, baholashi,
qadriyatlari o‘zgaradi. Uning uchun o‘z «men»i va shu «men» ning ahamiyati
ortadi.O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar.O‘smir organizmida ro‘y
beradigan o‘zgarishlar shundan iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida
biologik, fiziologik yetukligi borasida tub o‘zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik
rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish jarayonining yangi bosqichi boshlanadi.
Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishi bilan
boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining funksiyalari faollashadi. Uning old kismidan
ajralib chiqadigan garmon organizm to‘qimalarining o‘sishi va boshqa muhim ichki
sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini
kuchaytiradi. Ularning faoliyati o‘smir organizmida ko‘plab o‘zgarishlarni yuzaga
keltiradi, jumladan bo‘y o‘sishining keskin tezlashishi (bir yilda o‘g‘il bolalarda 4—5
sm, qizlarda 3—4 sm o‘sishi kuzatiladi), jinsiy balog‘atga yetish, jinsiy organlarning
rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo‘lishi amalga oshadi. Bu jarayon
280
qiz bolalarda 13—15 yoshlarda nisbatan jadal kechadi. Jismoniy rivojlanish va jinsiy
yetilishning akseleratsiyalashuvi kuzatilayotgan hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9—10
yoshda, o‘g‘il bolalar esa, 11—12 yoshlarida jinsiy balog‘atga yetishning ilk
bosqichida bo‘lishi mumkin.Ibn Sinoning turh xil kasalliklarni oldini olish va uni
davolashda badantarbiya mashqlaridan foydalanish tajribalarini respublikada xizmat
ko'rsatgan fan arbobi tibbiyot fanlari doktori professor O.A.Rixsiyeva ham
ma'qullaydi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, badantarbiya bilan mashg'ul bo'lmay qo'ygan
kishi ingichka og'riq (a'zolarning torayishi) kasaliga uchraydi, chunki harakatsizlik
natijasida uning a'zolari zaiflashadi. U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga
bo'ladi: 1. Odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari. 2. Maxsus badantarbiya
harakatlari.Badantarbiyaning kuchli turiga, kishining o'z soyasi bilan olishishi, katta va
kichik koptoklar bilan chavgon o'ynash, kurash, tosh ko'tarish, chopayotgan otni
jilovidan tortib to'xtatish kabilarni kiritadi. Ibn Sinoning tavsiyasiga ko'ra badantarbiya
vaqtida tez va shiddatli harakatlar, yengillari bilan doim almashtirib turish, shuningdek,
ma'lum bir harakatni uzoq vaqt bajarmaslik uslublarini uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |