Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

MAKTABGACHA TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR 
 
Qurbonova Munisa, Ne`matova Sevara, Rasulova Sharora 
TDPU “Maktabgacha ta`lim” talabalari
 
Ma’lumki, 2016 yil 29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2017-2021 yillarda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”
42
gi PQ-2707-sonli qarorining e’lon qilinishi sohani tubdan isloh qilish, 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishini har tomonlama takomillashtirish, maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish 
42
http://www.lex.uz


472 
hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish 
vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra qisqa muddat ichida soha mutaxassislari xorijiy ilg‘or 
tajribalarni o‘rganib chiqishdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan 
yaxshilash, eng ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish 
masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, 
ularga maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama puxta ta’lim va tarbiya berish, 
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va 
ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona 
Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, 
eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi
1-mh-sonli 

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari

43
gi buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 3 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, 3032-son bilan
ro‘yxatga olingan 

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”tasdiqlandi. Ushbu Davlat talablari asosida 
Maktabgacha ta’lim tashkilotining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
44
ishlab chiqildi. 
Dastur xorijiy tajribalar asosida tayyorlangan bo‘lib ancha mukammal va yangicha 
yondoshuvga asoslangan. Dastur maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda 
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va 
qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini 
qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda 
tutib, boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti 
sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. “Ilk qadam” o‘quv davlat dasturida bolaning 
kompetensiyalari jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi, 
ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish 
43
http:www.mdo.uz
44
“Ilk qadam” 
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi Toshkent, 2018 58b 
 


473 
jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish sohalari orqali rivojlantirilishi ko‘zda 
tutilgan. 
Mazmunan 
ancha 
boyitilgan, 
bolaning 
sensor 
tarbiyasi 
orqali 
o‘zlashtiriladigan kichik sohalar rivojlanishiga alohida e’tibor berilganligi muhim 
jihatdir.“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi 
bo‘yicha bolaning sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini o‘zlashtirishi hamda 
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirishga alohida ahamiyat qaratilgan.
Dasturdagi yangiliklardan biri bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash 
uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikda ota-
onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish, ilk 
rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish, ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy 
jarayonda faol qatnashishga jalb etish hamda ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok 
etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni tashkil qilish ta’lim 
samaradorligini oshirishga xizmat qilayotganligidir. 
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunga kelib MTT pedagoglarining 
ota-onalar bilan ishlash mazmuni tubdan o‘zgardi. Buning natijasida ota-onalarning 
MTTga ham munosabati ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, ota-onalarni 
davlat talablari bilan bosqichma-bosqich tanishtirib borish katta qiziqish uyg‘otmoqda. 
Ba’zi ota-onalar farzandining u yoki bu sohadagi rivojlanish ko‘rsatkichlari darajalari 
yuqori bo‘lishi uchun uyda nimalar qilishligi lozimligi haqida tarbiyachilardan 
maslahatlar so‘rashmoqda. Bu albatta quvonarli holat. 
Zamonaviy qiyofa kasb etayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
rivojlantiruvchi muhitni tashkil etilishi, uning mazmunan boyitilayotganligi bolalarni 
birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy 
moslashuviga yordam bermoqda. Maktabgacha ta’lim
 
tashkilotining ko‘rgazmali-
rivojlantiruvchi muhitda millatimizning madaniy-tarixiy qadriyatlarini aks ettiruvchi 
jihozlar, milliy va mintaqaviy an’analarni o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi o‘yinchoqlar, 
mehnat qurollari, predmetlar, kiyim-kechaklar bolalar uchun ijtimoiy tajribani 
o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda.


474 
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim 
xizmatlarining tashkil etilishi ota-onalar uchun yana bir qulaylik bo‘ldi. Bugungi kunda 
har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bolalar 
va aholi ehtiyojlariga mos ravishda ingliz tili, rus tili, origami san’ati, raqs, badiiy 
gimnastika, karate, shaxmat, shashka kabi to‘garaklar tashkil etilmoqda. Endi ota-
onalar maktabgacha ta’lim tashkilotidan tashqariga to‘garaklarga bolani yetaklab 
yurishmaydi, bu bir tomondan ota-onalar uchun qulaylik bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
ta’lim tashkilotini qo‘shimcha daromad olishi uchun imkoniyatdir. Ammo, ota-onalar 
va pedagog xodimlar bolaning qiziqishi va iqtidorini o‘rganib, aniqlab bolani
to‘garaklarga to‘g‘ri yo‘naltirishgina samarali bo‘ladi. Ba’zi ota-onalar hali 5 yoshga 
to‘lmagan bolasini 2-3ta to‘garakda qatnashishini hohlashadi, albatta bunday paytlarda 
pedagog, psixolog ota-onalarga bolaning yosh xususiyatlarini to‘g‘ri tushuntirishlari 
lozim bo‘ladi.
Fikrimizcha, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida montesorri burchagini tashkil 
etish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Bugungi bolalarimiz turli gadjetlar 
foydalanuvchisiga aylanib qoldi, bu esa ularni toliqishiga sabab bo‘lmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlarda bugun M.Montesorri pedagogikasi, tizimidan keng 
foydalanayotganligini kuzata turib, biz ham rivojlantiruvchi markazlarimiz qatorida 
albatta montesorri markazini tashkil etish, zarur hollarda ayrim bolalarimiz bilan aynan 
shu markazda ko‘proq shug‘ullanishimiz lozim. Kuzatishlarimiz shuni 
ko‘rsatmoqdaki, 4-5 yoshli bolalarning ko‘pchiligida 
 
qo‘li va barmoqlarini turli 
maqsadlarda ishlatish(ipga munchoqlarni o‘tkazish, kichik qismlarni tuzish kabi)da, 
nozik mayda qo‘l motorikalari faoliyatlarida kamchiliklar uchraydi. Demak, ba’zi 
bolalar bilan ota-onalari va tarbiyachilar aynan montesorri markazlarida individual 
shug‘ullanishlari maqsadga muvofiq. Yana bir taklif o‘rnida, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida kichik va o‘rta guruh xonalarida bolalar tik turib yoki yurib rasm 
solishlari uchun “ijod devorlari” ya’ni bolalarning bo‘ylariga mos yerdan 1-1,5 metr 
balandlikda erkin chizish uchun maxsus materiallardan “devorlar” yaratish ham 
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bolalar qog‘ozga rasm solishni ham yoqtiradi, lekin 
sayr paytida yerga, uyda gulqog‘ozlarga berilib solgan rasmlarida uning ijod mahsuli 


475 
mazmundorroq bo‘lishini, bu ijodkorlik bolaga o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishlashini 
guvohi bo‘lganmiz. Demak, bugungi maktabgacha ta’limda yangi tizim ya’ni bolalar 
uchun ko‘proq erkin tarzda shug‘ullanish orqali ularning aqliy rivojlanishiga shart-
sharoitlar yaratish bosh vazifaligicha qolmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
variativ dasturlarni yaratishda bu kabi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi 
jihatlarni inobatga olsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish