444
bo‘lishlari, barcha ko‘rinishdagi pedagogik faoliyat jarayonini innovatsion g‘oyalar
asosida tashkil eta olishlari muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat hayotining tezkor taraqqiyoti, ilm-fan, texnika
va texnologiya sohalarida
jadal sur’atda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ta’lim jarayonini tashkil etishda davriy
o‘zgarishlarni inobatga olish, fan yangiliklarini o‘quv materiallari mazmuniga singdira
olish lozimligini taqozo etmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilardan pedagogik
faoliyatni innovatsion loyihalar asosida tashkil etish orqali o‘quvchilarda o‘quv hamda
ijtimoiy faollikni shakllantirish, ularning mustaqil tafakkurga ega bo‘lishlariga
erishishni maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatmoqda.
Pedagogik ijodkorlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sanaluvchi innovatsion faoliyatni
tashkil etishda o‘ziga xos qiyinchiliklar ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchilarning
pedagogik faoliyatga noan’anaviy yondashish ehtiyoji hamda innovatsion loyihalarni
ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mavjud qiyinchiliklarni samarali bartaraf
etishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan olganda boshlang‘ich
va maktabgacha
ta’limda tarbiyachi va o‘qituvchilarning innovatsion faoliyat ko‘nikmalariga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega.
Individual xususiyat bo‘lgan ko‘nikma “olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan
vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan ish harakat” sifatida kasbiy faoliyatni
tashkil etishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktabgacha
ta’lim muassasalari tarbiyachilarining innovatsion ko‘nikmalarga egaliklari esa ta’lim
jarayonining qiziqarli tashkil etilishini ta’minlabgina qolmay, uning samarali kechishi
uchun sharoit ham yaratadi. Shuningdek, innovatsion ko‘nikma pedagogik faoliyatni
muayyan texnologik loyihalar asosida ijodiy tashkil etishga xizmat qiladi. Innovatsion
faoliyatni samarali tashkil etishda, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining
kasbiy hamda texnologik
bilimlarni yetarli darajada o‘zlashtira olganliklari, boy dunyoqarash va ijodiy
fantaziyaga ega bo‘lishlari ham muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi va
tarbiyachilarning kasbiy malakalarini takomillashtirish borasidagi mavjud pedagogik
qarashlarni nazariy jihatdan tahlil etilib,
umumlashtirish; muammo mohiyatini
yorituvchi bir qator asosiy tushunchalar (“faoliyat”, “innovatsiya”, “innovatsion
445
faoliyat”, “innovatsion faoliyat ko‘nikmasi”) mazmunini boyitish; maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyachilari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion faoliyat
ko‘nikmalarini shakllantirishda ahamiyatli bo‘lgan omillarni belgilash, mazkur
jarayoni
andozasini asoslash; shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachilarining va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion faoliyat
ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlarni ishlab chiqish orqali
“Maktabgacha pedagogika”, “Pedagogika nazariyasi”, “Pedagogik mahorat” va
“Pedagogik texnologiya” kabi o‘quv fanlarining mazmuni takomillashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: