ADABIYOTLAR:
1.“Maktabgacha ta’limda o’quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning samaradorligi:
muammolar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
materiallari. Andijon davlat universiteti. Andijon – 2019
2.Куцакова Л.В., Мерзлякова С.И. «Воспитание ребенка-дошкольника:
развитого, образованного, самотоятельного, инициативного, неповторимого,
культурного, активно творческого». Москва.: Владос, 2004.
3.Сорокина Н.Ф. «Играем в кукольный театр: Программа «Театр-Творчество-
Дети»: Пособие для воспитателей, педагогов дополнительного образования и
музыкальных руководителей детских садов. Рекомендовано Министерством
образования РФ.М: АРКТИ 2002.
4.Чурилова Э.Г. «Методика и организация театрализованной деятельности
дошкольников и младших школьников». М.: Владос. 2001.
417
MAKTABGACHA TA’LIM- FARZANDLARIMIZ KELAJAGIGA
ZAMIN
Hamroyeva Nigora Abdulloevna
BuxDU Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Bugungi kunda kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy
yetuk, ahloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa
qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, milliy
ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish borasidagi “Ilk qadam” davlat dasturi “Ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun Davlat talablari”ga muvofiq
ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim
tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining asosiy g‘oyalari
ifodalangan, shuningdek, bolalarning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishdagi asosiy
kompetensiyalari belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning maktab
ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida anchayin
jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Bugungi kunda bolani biror narsaga
o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish,
mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko‘nikmasini shakllantirish ham muhimdir. Shu
o‘rinda, bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘z-o‘zidan ma’lumki, shaxs, uning
o‘ziga xosligi, o‘sha o‘ziga xoslikdan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya ishlarini
tashkil etish va rivojlantirish masalasi yotadi. Shu bilan birga shaxsga nafaqat bilim va
tarbiya berish, balki uning turli hayotiy vaziyatlarda ongli va mas’uliyatli qaror qabul
qila olish malakasini oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta’lim
shaklining yana bir ustunligi bola shaxsi kimningdir istak va xohishiga ko‘ra emas, o‘z
imkoniyatlari va individual xususiyatlariga ko‘ra shakllanadi. Bola shaxsiga
yo‘naltirilgan ta’limning g‘oyalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ta’lim
umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqqan holda muayyan jamiyat ma’naviyati bilan
moslashuvga asoslanadi; - ta’limning maqsadi o‘z “Men”iga, shu bilan birga
umuminsoniy qadriyatlar tizimiga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish; - shaxs
kamoloti to‘laqonli, ya’ni ong va tuyg‘ular, ruh va tan birligi tarzida amalga oshiriladi;
- ta’lim jarayonida shaxsning barcha huquqlari, shu bilan birga ta’lim mazmunini
418
tanlash huquqi ham himoyalanadi; - muassasada guruh ishi individual ish bilan
birgalikda olib boriladi va bunda bola faoliyatining o‘ziga xos uslubi shakllanishiga
alohida e’tibor qaratiladi; - ta’lim shaxs faoliyati turi sifatida ichki asosga ega,
tarbiyachi va tarbiyalanuvchining teng munosabatlari va hamkorlikda qaror qabul
qilishlariga tayanadi; - eng yaxshi ta’lim rasmiy boshqaruvga emas, balki mehr, e’tibor
va hamkorlikka tayangan ta’limdir. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni maktabgacha
ta’lim muassasalarida tashkil etish muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki bola
shaxsining shakllanishi, ijtimoiylashuvi va muhim hayotiy ko‘nikma va malakalarini
rivojlanishi aynan maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Avvalo muassasada bola
shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantiruvchi muhitni yaratish ahamiyatlidir. Muhit
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolani o‘rab turgan, uning rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatadigan hamma narsalarni, shu jumladan, binolarning rejalashtirilishi va
o‘lchamlari, hovlidagi o‘yin maydonchasi, guruhdagi mebel, materiallar, jihozlar,
o‘yinchoqlarni o‘z ichiga oladi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda maktabgacha
ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nutq va muloqotchanlik,
ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash
juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida, balki
muassasa hovlisida, yo‘laklarida, o‘yin maydonchalarida ham yaratilgan bo‘lishi shart.
Bola shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv muhiti ta’lim-tarbiya jarayonida
bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda eng
qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan
ta’limni tashkil etishda tarbiyachilar quyidagi tamoyillarga amal qilishlari kerak
bo‘ladi: - bola shaxsining rivojlanish qonuniyatlarini mukammal tushunish; - o‘yin va
ta’limiy faoliyatlar bolalarni muntazam kuzatish; - bolaning qiziqish va ehtiyojlariga
javob beradigan individual va guruhiy rivojlantirish ta’limiy faoliyatlarini
rejalashtirish; - o‘zgaruvchan va egiluvchan o‘quv muhitini yaratish; - bolalarni hurmat
qilish va diqqat bilan ularning fikr, g‘oya va maqsadlariga e’tibor qaratish; - bolalar
o‘z muammolari va o‘zaro muammolarini o‘zlari hal etib, bir-birlariga hurmatda
bo‘lishlariga ko‘maklashish; - bolalarning tafakkur va fikrlash jarayonini rivojlantirish
uchun savollar berish.
419
Xulosa qilib aytganda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limning ustuvorligi
shundaki, bunda shaxsning takomillashuviga ilk bolalik davridanoq qadam qo‘yiladi,
shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida ko‘riladi, ta’lim
tizimining maqsadi faqat shaxs kamolotiga qaratiladi, hamma bola birdek iste’dodli
deya qaraladi va oliy insoniy qadriyatlar va sifatlarni (mehr-oqibat, insonparvarlik, o‘z
kuchiga nisbatan ishonch, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik) shakllantirish imkoniyatlari
ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |