Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar ro’yxati 
1.Sh.A.Sodiqova. “Maktabgacha Pedagogika” 2010 yil. 
2.F.K.Qodirova . “Maktabgacha Pedagogika”2018 yil. 
3.WWW.lex.uz. 


185 
4.WWW.pedagog.uz. 
BOLA TARBIYASIDA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA 
OILA HAMKORLIGI 
 
Uzakbergenova Gulparshin Bazarbayevna 
Toshkent shahar Uchtepa tumani 399-DMTT direktori 
Hozirgi ijtimoiy o‘zgarishlar oilaviy tarbiya masalalariga, ayniqsa, oilada farzand 
tarbiyasiga hamda oilalar sharoitini yaxshilash, ularni moddiy jihatdan ta'minlashni 
kuchaytirishga alohida diqqat-e'tibor qaratishni taqozo etmokda. Yosh avlodni 
barkamol qilib tarbiyalashni ta'minlashda yaslilar va bog‘chalar, maktab-internatlar va 
boshqa shunga o‘xshash muassasalar kengaytirish orqali oilalarga har tomonlama 
yordam berish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, maktablar, bolalar va tibbiyot 
muassasalarini qurish, ulardagi sharoitni yaxshilash ishi muntazam ravishda amalga 
oshirilib borilmoqda.
Davlat bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanishi, umumta'lim 
maktabida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida bilim 
olishlari uchun sarflanadigan xarajatlarni yildan-yilga ko‘paytirib bormoqda. 
Shuningdek, onalarga qulaylik tug‘dirish, ularni moddiy sharoitlarini yaxshilash, bola 
tarbiyasi bilan shug‘ullanishini ta'minlash uchun katta imkoniyatlar yaratilmokda. 
Masalan, maktabgacha ta'lim tashkilotlar tarmog‘ini kengaytirishga va undagi moddiy 
va ma'naviy sharoitni yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bola tug‘ilganda 
birinchi bolaga, ikkinchi va uchinchi bolaga beriladigan suyunchi pullarini miqdori 
yildan-yilga oshirilib bormokda. Yosh bolali onalarga 2 va undan ortiq 12 yoshgacha 
mehnat ta'tillarini uzaytirilishi, bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar pulli ta'tillarni joriy 
qilinishi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish staji saqlanishi, yolg‘iz onalarga esa har bir 
bolasi uchun beriladigan oylik nafaqa puli miqdorining ko‘paytirilishi; ota-onalarning 
bolalari bilan birgalikda dam olishlari va davolanishlari uchun shart-sharoitlarning 
yaratilishi, shuningdek, bolasini o‘zi tarbiyalab, shu bilan birga ishlamoqchi bo‘lgan 
onalarga to‘la bo‘lmagan ish kuni, ish haftasi, uyda ishlashlari uchun sharoit yaratilishi, 
bolalar kasallanganda uni parvarish uchun pul to‘lanadigan vaqtning uzaytirilishi 


186 
shular jumlasidandir. Pedagoglik odobi nima o‘zi? degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
Pedagoglik odobi deganda bola bilan bulgan munosabat jarayonidagi me'yorga rioya 
qilish, ya'ni bolaning ongiga, qalbiga, shaxsiga ta'sir etadigan tarbiyaviy choralarni, 
ularning yosh-xususiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga olib, sharoitiga qarab tanlay 
biliщdir. Pedagoglik odobi—bolani tarbiyalashdagi mohirlik bo‘lib, buni tarbiyachilar 
singari ota-onalar ham bilishi, o‘rganishi lozimdir. Chunki ota-onalar o‘z hulqi, fe'l 
atvorini tashkil eta bilishlari va bolaning qalbida, ongida nima kechayotganini seza 
olishlari muhim sanaladi. Insonni qanday shakllanishi kim bo‘lib yetishishi avvalo, 
oiladagi tarbiyaga, ota-onaning tarbiyasiga, salohiyatiga, mas'uliyatliligiga va bola 
tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilib, ularga qanday amal qilishiga 
bog‘liq. Lekin ko‘pchilik oilalarda bola tarbiyasi bo‘yicha juda murakkab vaziyatlar 
yuzaga kelmoqda. Bunday vaziyatlar ota-onalarning pedagogik bilimlardan xabarsiz 
ekanliklari 
sababli 
yuzaga 
kelmoqda. 
Ota-onalarning 
ko‘pchiligi ahloq, 
huquqshunoslik, psixologik va pedagogik bilimlarni bilmaydilar. Bu esa bola 
tarbiyasida noxush voqyealarga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan ota-onalarning 
dunyoqarashini, tafakkurini va ularning amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada 
bolaning hulqini va ularning tarbiyaviy ta'sirini tahlil qilishga undovchi pedagogik 
bilimlarni yanada kengroq targ‘ib qilish muhim sanaladi. Maktabgacha ta'lim 
tashkilotining oila bilan ish olib borish jarayonida aniq maqsad ko‘zda tutilishi muhim 
sanaladi. Ota-onalar bilan hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ular 
bilan bog‘liq bo‘lgan shakl va usul asosida rejali hamda izchil ishlarni olib borish 
maqsadga muvofiqdir. Ana shunday bolalar bog‘chasi xodimlarining ota-onalar va 
oilalar bilan hamkorlikdagi ishlarining keng tarqalgan shakl va usullari mavjud; 
bularga:
a) ota-onalar va oilalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ta'lim-tarbiya jarayonida bu 
tur katta ahamiyat kasb etib, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bunda 
tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy hususiyatlarini o‘rganib, tarbiyaviy jarayonda 
inobatga oladi. Buning natijasida tarbiyachi va ota-ona o‘rtasida o‘zaro ishonch, 
hurmat, do‘stlik munosabatlari o‘rnatiladi;


187 
b) ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning 
guruhli va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, (bolalar 
bog‘chasi xodimlarining ota-onalar bilan birgalikda amaliy faoliyati) savol va javob 
kechalari;
v) ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turini: ko‘rgazmalar, fotomantajlar, bolalarning 
ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun 
kutubxona, oilaviy tarbiyaning turli muassasalari bo‘yicha materiallar solingan papka 
va shu kabilarni qamrab oladi;
g) bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a'zolari bilan yaqindan tanishish;
d) ota-onalarga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Ota-onalar va oila bilan hamkorliqda olib boriladigan ish shakllarining 
ayrimlarini qanday tashkil qilish usullariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1.Tarbiyachining oilani borib ko‘rish. Bola yashab turgan oilani o‘rganishi, ota-onalar 
bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali 
yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas, balki maslahatchi, 
do‘st sifatida bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining 
oilaga borishidan asosiy maqsadi bola tarbiyalanayotgan sharoitni ko‘rish va zarur 
bo‘lsa, ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishdan 
avval, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, qaysi mavzuda suhbatlashishni oldindan 
belgilab olishi lozim. Demak, ota-onalarga beriladigan savol oldindan puxta o‘ylangan 
bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini 
yaxshi tushunishlari va ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatilishi kerak.
2. Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning keng 
tarqalgan usullaridan biri suhbat bo‘lib, bu bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun 
jo‘natish paytida o‘tkazish mumkin. Bu suhbat tarbiyachi bilan ota-onalarning bir-
birlari bilan yaqinroq tanishlariga, ularga bolaning hayoti haqidagi ma'lumotlar bilan 
xabardor qilishlariga, uning muvaffaqiyati va kamchiliklari, hulqi, sog‘lig‘idagi 
o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi.
3. Guruhiy maslahatlar va majlislar. Guruhiy maslahatlar mavjud ma'lumotlardan 
ularni xabardor qilish emas, balki oilaviy tarbiya tajriba almashinuvini nazarda tutadi. 


188 
Ota-onalar bilan muloqot qilish ota-onalarga jamoa bo‘lib, guruh bo‘lib maslahatlar 
uyushtirishning mazmunini aniklashga yordam beradi. Ota-onalarning guruhiy 
majlisida hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va katta 
guruh bolalarining ota-onalari taklif etiladi. Umumiy majlisda ota-onalarni 
maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vazifali, shu yilgi rejalar, 
ota-onalar raisining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. 
Birinchi umumiy majlis o‘quv yilining boshida o‘tkazilsa, ikkinchi umumiy majlis 
o‘quv yilining oxirida o‘tkaziladi. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotining o‘tgan 
yildagi ish yakunlari haqida ma'lumot beriladi.
4. Ota-onalar va maktabgacha tarbiya muassasalarta'lim tashkilotlari 
xodimlarining 
birgalikdagi 
faoliyati. 
Ota-onalar 
bog‘cha 
maydonini 
ko‘kalamzorlashtirish, uchastkadagi jihozlarni va qo‘llanmalarni ta'mirlash, xonalarni 
qishga tayyorlash, sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatishlari, yangi 
o‘quv yiliga tayyorgarlik vaqtida sanitariya ishlarida, bolalarni sayohatlarga kuzatib 
borishlarida ishtirok etishlari lozim. Agar ota-onalar orasida fotosuratchilar, 
quruvchilar, rassomlar bor bo‘lsa, ular maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bevosita 
yordam berishlari kerak.
5. Ota-onalar uchun kechalar va to‘garaklar uyushtirish. Maktabgacha ta'lim 
tashkilotlarida ota-onalar va boshqa oila a'zolari uchun o‘tkaziladigan kechalar mavzuli 
xarakterga ega bo‘lib, «Bola loy, ota-ona kulol», «Bola aziz, odobi undan aziz» kabi 
mavzularni tanlash mumkin.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish