Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar: 
1.
Антипина А. Е
. «
Театрализованная деятельность в детском саду», М.: ТЦ 
Сфера, 2006. 
2.
Караманенко Т.Н. Кукольный театр – дошкольникам.- М.: Просвещение, 
1969. 
3.
Маханева М.Д. Театрализованные занятия в детском саду. - М.: ТЦ Сфера, 
2001. 
4.
Минаева В.М. Развитие эмоций дошкольников. Занятия, игры.. – М.: 
АРКТИ, 2001. 
5.
Шорыгина Т.А. Праздники в детском саду. – М.: ТЦ Сфера, 2010. 
6.
Щеткин А.В. Театральная деятельность в детском саду. Для занятий с 
детьми 4-5 лет. - М.: Мозаика-Синтез, 2008. 
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA TEATRLASHGAN 
O‘YINLAR ORQALI IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH 
 
Nurmatova Iroda Toxtasinovna 
Nizomiy nomidagi TDPU 
"Maktabgacha ta’lim metodikasi" kafedrasi o‘qituvchisi
 
Nazarova Aziza Soxib qizi, Xurramova Shoxida Ilxom qizi 
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari 

Maktabgacha yoshdagi bolalik - bu insonning, uning ichki dunyosining 
shakllanishidagi eng hal qiluvchi davr. Bu yoshdagi bolalar harakatchan bo‘lishadi, 
ular mo‘jizalarga ishonishadi.Tarbiyachining bu davrda eng asosiy vazifasi bolalarga 
o‘zlarini namoyon qilishlariga yordam berishdir. Teatr faoliyati bolalar ijodiyotining 
eng keng tarqalgan turidir. Teatr san‘ati bolalarga qiziqarli va tushunarli faoliyat turi 
bo‘lib, uning tabiatida chuqur mazmun yotadi. Bola o‘zining hislarini, atrofidagi 
hayotdan olingan taassurotlarni aynan teatrlashgan o‘yinlar orqali jonli obrazlarda va 


147 
harakatlarda tasvirlaydi. Qahramon obraziga kirib, har qanday rolni qoyilmaqom qilib 
o‘ynashga harakat qiladi, ko‘rgan va uni qiziqtirgan narsaga taqlid qiladi va katta hissiy 
zavq oladi. Teatr faoliyati bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga 
yordam beradi; umumiy rivojlanishga hissa qo‘shadi; qiziqishlarining namoyon 
bo‘lishiga, yangi bilimga intilishga, yangi ma‘lumotlarni va yangi harakat usullarini 
o‘zlashtirishga, qat’iyatli, maqsadli bo‘lishga o‘rganadi. Teatr o‘yinlarida bolalar 
tevarak-atrofdagi olam bilan tasvir, ranglar, tovushlar bilan tanishadilar, to‘g‘ri 
qo‘yilgan savollar ularni fikrlashga, tahlil qilishga, xulosa qilishga va 
umumlashtirishga undaydi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Teatr 
faoliyati bolalardan: diqqatlilikni, zukkolilikni, tezkor tashkilotchilikni, epchil harakat 
qilish qobiliyatini, ma‘lum bir obrazni jonlantirishni talab qiladi. Aynan teatr faoliyati 
bolalarning badiiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos vositasidir 
bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida teatrlashtirilgan faoliyatning asosiy 
vazifalari: 
1. Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish.
2. Bolalarni teatr madaniyatiga oshno qilish.
3. Pedagogik jarayonda teatrlashtirilgan va boshqa faoliyat turlari o‘zaro 
aloqadorligi uchun sharoit yaratish.
4. Bolalar va kattalarning hamkorlikdagi teatrlashtirilgan faoliyati (bolalar, ota-
onalar, xodimlar ishtirokida birgalikda spektakllar qo‘yish; katta guruh bolalarning 
kichik tarbiyalanuvchilar oldida chiqishlarini tashkil qilish va sh.k.).
Teatrlashgan o‘yinlarni tashkil etishda badiiy so‘z bilan ko‘rgazmali materialdan 
foydalanish juda muhim: ertak qahramonlari haqida suhbatlar, hikoyalar, o‘yinlar - 
improvizatsiya bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Bolalar bilan "Teatr o‘zi nima?" 
suhbati bilan ishni boshlash, barmoq va stol teatrining kelib chiqishi bilan tanishtirish, 
shuningdek, “Maqtanchoq quyon”, “Mushuk va xo‘roz”, “Uycha” kabi stol teatrlarni 
sahnalashtirish, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi bibabo teatrini tashkil etish 
mumkin. Ular ijrosida o‘rganilgan “Bo‘ri va tulki”, “Sholg‘om”, “Bo‘g‘irsoq” kabi 
sahnalashtirilgan ertaklarni ota-onalariga, o‘z guruhining bolalariga va boshqa kichik 


148 
guruh bolalariga ham namoyish etishlari mumkin. Bolalarning sahnalashtirilgan 
o‘yinlarida ekspromt teatrlashtirilgan tomoshalar ham ko‘rish mumkin. Bolaga aktyor, 
rejissyor, musiqachi rolini o‘ynash imkoniyati beriladi. Bolalar teatr uchun rasm 
chizishadi, atributlarni tayyorlashadi va bu faoliyatlarning barchasi bolalarni 
hayajonlantiradigan umumiy g‘oyaning bir qismi sifatida ma‘no va maqsadga ega 
bo‘ladi. Nutqni takomillashtirish teatr faoliyati bilan ham chambarchas bog‘liq, chunki 
qahramonlarning replikalarini ifodalash ustida ishlash jarayonida bolaning so‘z boyligi 
sezilarli darajada faollashadi, nutqining tovush madaniyati va intonatsion tuzilishi 
yaxshilanadi. Nutq, nafas olish va ovozni rivojlantirish uchun mashqlar bolaning nutq 
apparatini yaxshilaydi. Teatrlashtirilgan o‘yinlar va spektakllar bolalarga katta qiziqish 
va osonlik bilan tasvirlash imkonini beradi, ularga o‘zining va boshqalarning xatolarini 
o‘rganish va baholashni o‘rgatadi. Bolalar muloqotga kirishadilar; ular o'z fikrlarini 
aniq so‘zlashni va omma oldida ifodalashni, atrofdagi dunyoni his qilishni va ko'proq 
bilishni o'rganadilar. Teatr tomoshalari bolaning ichki dunyosini va atrofidagi 
hodisalarga munosabatini shakllantiradi. Bolalar sog'lom turmush tarzi bilan 
tanishadilar. Keksalarga va yaqinlariga mehribon munosabatda bo‘lishni o‘rganadilar. 
Teatr faoliyati boladan qat‘iyatli, ishda tizimli, mehnatsevar bo‘lishni talab qiladi, bu 
esa kuchli irodali xarakter xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda 
obrazlarni tasvirlash orqali zukkolik, improvizatsiya qilish qobiliyati rivojlanadi. Teatr 
faoliyatida va tomoshabinlar oldida sahnada tez-tez chiqishlar bolaning ijodiy 
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga, o‘zini tahlil qilishga yordam beradi. Bolalarda 
ijrochi va tomoshabin funksiyalarining almashinishi, o‘z o‘rtoqlariga hayrihoh bo‘lish, 
o‘z mahoratini namoyish qilish imkoniyatini beradi. 
Xulosa qilib aytganda, teatrlashgan tomoshalar boshqa san’at turlariga nisbatan 
tomoshabinga, jumladan, eng kichigiga ham ta’sir qilishning o‘ziga xos kuchiga 
ega.Teatrlashtirilgan o'yinlarni bolalarni hissiy, intellektual, ma'naviy va jismoniy 
jihatdan rivojlantiradigan kuchli psixo-trening sifatida qarash mumkin. Aynan o'yin 
sharoitida bolalar muloqot qilish, turli vaziyatlardan chiqish yo'lini topish, tanlov qilish 
qobiliyati o'rganadilar. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish