Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar: 
1. “Ilk qadam” Maktabgacha taʼlim tashkilotining Davlat oʼquv dasturi. 
2.Т.С.Волосовец, В.А.Маркова, С.А.Аверина STEM-образование детей 
дошкольного и младшего школьного возраста.М.Бином..Лаборатория знаний 
2019. 
3."STEAM talim tizimi nima?" https://www.integer.uz/steam
 
KUN TARTIBI - MAKTABGAChA YOSHDAGI BOLALARDA SOG‘LOM 
TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISh SHARTI SIFATIDA
 
Qoraboyeva Zohida To‘lanboyevna
 NamDU katta o‘qituvchi,
Davlataliyeva Mohidil Abrorjon qizi 
NamDU Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 
talabasi
Inson salomatligi, uning hayot kechirishi, keksayguniga qadar ish qobiliyatini 
saqlab qolishi ko‘p asrlardan buyon tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib 
kelmoqda. Insoniyat yer yuzida qanchadan buyon yashayotgan bo‘lsa, shunchadan 
buyon u uzoq yashash yo‘lini izlamoqda. Shunchaki yashashni emas, balki umrining 
oxirigacha ijodiy faollikni, sog‘lom aql va kuch-quvvatni saqlab qolishni orzu 
qilmoqda. 
Agar kun tartibida belgilangan barcha ishlarni doimo bir vaqtda bajarilsa, organizm 


519 
bunga o‘rganib qoladi: nerv tizimi ishida ma’lum tartib o‘rnatiladi, bu mehnat 
qobiliyatini yaxshilaydi va o‘qituvchi organizmining me’yorida shakllanishiga yordam 
beradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustahkam gigenik malakalarni shakllantirish 
bolalar hayotini oqilona tashkil etishni – to‘g‘ri tuzilgan kundalik rejimni va unga 
qat’iy amal qilishni talab etadi. Kun tartibi – bu vaqtning eng oqilona taqsimlanishi, 
uyqu, ovqatlanish, o‘yin, boshqa narsa bilan shug‘ullanish, toza havoda bo‘lish va 
mehnat faoliyatining ketma-ketligidir. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalash sharoiti birinchidan, 
bolalarning rivojlanishi qonunlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon ekanligini 
hisobga olgan holda yaratilishi, ikkinchidan esa bu sharoitlar bolalar organizmining 
o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etishi, shuningdek, bolalar sog‘lig‘ini saqlashi va 
mustahkamlashi kerak. 
Odamning har qanday faoliyati bosh miya qobig‘ining qo‘zg‘alishi va 
tormozlanishi jarayonlaridan vujudga kelishi aniqlangan. Kun tartibi tuzishning asosiy 
gigenik prinsiplaridan biri: dam olish va har turli faoliyatning almashinuvi muhim 
ahamiyatga ega. Bolalarni bir turdagi faoliyatdan boshqasiga jalb etish va bu bilan bosh 
miya u yoki bu qismining haddan tashqari charchashining oldini olish uchun, bolalarda 
tormozlanishdan qo‘zg‘alish ustun bo‘lishi tarbiyachidan katta e’tibor talab qiladi. 
Kun davomida bola har xil harakatda bo‘ladi. U kechki va tushki uyqudan so‘ng 
ancha faol, kunning oxirida esa kam harakat bo‘lib qoladi. Bolalarning faoliyati 
shunday taqsimlanishi kerakki,, anchagina kuch va faollik talab qiladigan o‘yin, 
mashg‘ulot, mehnat kakbilar energiyaning eng ko‘p o‘sish soatlariga to‘g‘ri kelsin; 
kam kuch va e’tibor talab qiladigan mashg‘ulotni bolaning energiyasi pasaygan 
soatlarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Tushki qoniqarsiz uyqu va og‘ir faoliyat kunning oxiriga kelib, bolalarni ba’zi 
fiziologik funksiyalarning (nafas olish, yurak-tomir tizimi, gaz almashinuvi va bosh 
miyaning faolligi) o‘zgarishida ko‘rinuvchi charchashga olib keladi. Bedorlik vaqtida 
charchagan bola kunduz kuni ham, kechasi ham yaxshi uxlay olmaydi. 


520 
Yangi kelgan bolalar uchun ularning yangi hayot sharoitlariga moslashish 
davrini qisqartira oladigan kun tartibi tuzish maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarbiyachilarining muhim vazifasidir. Ko‘pincha, birinchi marta bolalar muassasaning 
ostonasiga qadam qo‘ygan bolalar ota-onalari bilan ajrashish vaqtida yig‘laydilar va 
ularni qo‘yib yuborgilari kelmaydi. Uyda ularni ertaga yana tashkilotga olib borish 
uchun uzoq vaqt ko‘ndirishga to‘g‘ri keladi. 
Kattaroq bolalar yangi sharoitga moslashish davrida tez-tez ovqatdan voz 
kechadilar, yomon uxlaydilar yoki muassasada umuman uxlamaydilar, natijada ozib 
ketadilar. Bularning hammasi tarbiyachilarni, yangi kelgan bolalarning ko‘nikish 
davrini kamaytirish uchun ularning har biriga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishga 
majbur etadi. Faoliyatni gigiyenik, fiziologik, psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish 
muayyan kasb egasining ishlash qobiliyatini uzoq muddat saqlanib qolishi va ishining 
samaradorligini oshishi uchun asos bo‘ladi. Buning uchun har bir inson to‘g‘ri kun 
tartibiga rioya qilishi zarur. 
To‘g‘ri kun tartibi deganda odamlarning har xil faoliyat turlarini va dam 
olishlarini ratsional ravishda navbatdash tushuniladi, bu sog‘lomlashtirish va 
tarbiyaviy jihatdan juda katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri tuzilgan kun tartibi 
organizmning uzoq vaqt davom etadigan bedorlik vaqtida nisbatan yuqori mehnat 
qobiliyatining saqlanib turishiga ta’sir ko‘rsatadi, kayfiyat doimo yaxshi bo‘ladi, odam 
o‘yin-kulgularga, o‘yinlarga, ijodiy ishga qiziqadi, jismonan normal rivojlanadi va 
sog‘lig‘i mustahkamlanadi.
Fiziologlar va gigiyenistlarning tekshirishlaridan shu narsa aniqlanganki, 
noratsional tashkil etilgan kun tartibi, xususan, to‘la sifatli bo‘lmagan uyqu bosh miya 
po‘stlog‘idagi tiklanish jarayonlariga yomon ta’sir qiladi, bu esa har qanday insonning, 
jumladan, jiddiy faoliyat egalari bo‘lgan mutaxassislarning ish qobiliyatiga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ayniqsa MTTlarida tarbiyalanayotgan bolalarning salomatligini mustahkamlash 
va ular hayotining mazmundorligi va samaradorligini oshirish uchun to‘g‘ri kun 
tartibiga rioya qilishni ta’minlaydigan barcha shart-sharoitlarni yaratish zarur. 


521 
Kun tartibini tuzishda quyidagi asosiy holatlarni nazarda tutiladi: har xil faoliyat 
turlarining (ularni ratsional navbatlash va muntazam bajarish bilan) ma’lum bir 
davomliligi; mashg‘ulotlardan so‘ng ochiq havoda iloji boricha ko‘p bo‘lib, yetarlicha 
dam olish; vaqtida sifatli ovqatlanib turish; gigiyenik jihatdan to‘la sifatli uxlash. 
Ayrim kun tartibi momentlarining davriyligi va ularni navbatlash organizm 
faoliyatining tegishli ritmi ishlanib chiqishini ta’minlaydi. Tutash shartli reflekslar 
paydo bo‘lishi munosabati bilan organizmning har bir oldingi faoliyati keyingisiga 
shartli ta’sirlovchi – signal bo‘ladi. 
Shunday qilib, oldingi faoliyat tufayli, organizm keyingisini amalga oshirishga 
tayyorlanadi. Organizmning eng yaxshi faoliyatiga rejim to‘g‘ri bo‘lganda vaqtga 
nisbatan ishlanib chiqqan refleks ham yordam beradi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish