Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

ADABIYOTLAR 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 23-
sentabrdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonun.
3. Mutalipova M., Imomov M. “Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar” moduli buyicha 
o‘quv-uslubiy majmua. T.: Nizomiy nomli TDPU, 2017 
4. K.Xoshimov va S.Ochilov O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma. 
T.1997 y.
 


488 
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI 
 
Axmedova Ziyoda Xamidullaevna 
Uchtepa tumani MTB tasarrufidagi 388-
DMTT direktori
Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat 
siyosatini ishlab chiqish, bu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, 
malakali pedagog va tarbiyachilar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
zamonaviy ta’lim dasturlari, metod hamda texnologiyalarni tadbiq etish, bu sohada 
o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish orqali bolalarni har 
tomonlama intellektual rivojlantirish muhim kasb etadi. Shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasida “...bolalarning har 
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan 
yaxshilash”45 kabi muhim vazifalar belgilangan. Ushbu vazifani takomillashtirish 
ijrosi bo‘yicha maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan 
yaxshilash, uning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish masalalari maqsad qilib olindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli 
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 
mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning 
ijrosini ta’minlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. 
Ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini 
hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular 
quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda:

maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asosi 
takomillashmoqda;
45
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni 


489 

maktabgacha ta’lim tashkilotlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi 
turlariga o‘tmoqda;

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i kengaymoqda;

ta’limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda;

xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda;

qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muqobil 
shakllari joriy etilmoqda. 
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U 
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini 
ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida olib boriladi. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini 
tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok 
etadilar. 
Maktabgacha ta’lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan 
holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlovchi, uni uzluksiz ta’limning 
keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli 
yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Maktabgacha ta’lim o‘zining shakl va usullaridan qat’iy nazar quyidagi 
vazifalarni bajarishi lozim: 
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash; 
- bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish; 
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish; 
- milliy an’analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma’naviy sifatlarni 
shakllantirish; 
- bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta’lim olishga tayyorlash, 
ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish. 
Yuqorida 
bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston 
Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini 
inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama 
rivojlantirilishini ta’minlashi lozim. 


490 
Maktabgacha yoshning xususiyati shundan iboratki, ushbu davrda aynan umumiy 
rivojlanish ta’minlanadi, natijada kelajakda har qanday ijtimoiy bilim, malaka, 
ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash uchun poydevor yaratiladi. 
Ta’lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha 
yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik 
tamoyillariga asoslangan holda ta’lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil 
topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim.
Yuqoridagilar shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tadbiq etishda bola va pedagog 
shaxsining alohida rivojlanishi emas, balki ta’lim jarayoni yaxlit subyektining 
rivojlanishi amalga oshirilishi lozimligidan dalolat beradi. Mazmun-ma’nolar tizimi 
yaxlit subyektning rivojlanish ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi: bola ongida 
shaxsiy mazmun-mohiyatlar tizimi, pedagogning shaxsiy, hayotiy mazmun-mohiyati 
va ma’noviy tarkibi.
Maktabgacha ta’lim tizimining qayta tashkil etilishi - bu, avvalambor, 
maktabgacha ta’lim tashkilotiga ko‘proq mos keluvchi tartibni yaratish. Bundan kelib 
chiqib, maktabgacha ta’lim tashkiloti bola ta’lim-tarbiyasida davlatning asosiy 
talablarini qondira oladigan tashkilot sifatida qabul qilinishi kerak. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish