Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar 
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda ta’lim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2707-sonli qarori 
29.12.2016 y. http://www.lex.uz 
2.O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan davlat talablari http:www.mdo.uz 
3. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi Toshkent, 2018
58b 
KREATIVLIK-PEDAGOGNING INNOVATSION FAOLIYATINING ASOSI 
SIFATIDA 
 
G’afforova Dilshoda Amirqulovna 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
universiteti, o’qituvchisi 
Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog‘liq jarayondir. Negaki pedagogning 
kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta o‘zining sohasidagi eng so‘nggi 
yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar 
bo‘lishi, innovatsion yangiliklarni o‘z faoliyatida o‘rinli foydalana olishi lozim. 
Innovatsiya – ingliz tilidan olingan bo‘lib, «In-ichida», «Novus-yangi», 
«yangilik», «yangilik kiritish» degan ma’noni anglatadi. U muayyan ijtimoiy birlikka 
(tashkilotga, aholiga, jamiyatga, guruhga, tizimga) yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni 
kiritib borishi va ularning maqsadga muvofiq o‘zgarishidir.
«Innovatsiya» tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunosik 
sohasida paydo bo‘lib, bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini 
bildirgan. Hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʼnalish - innovatsion faoliyatni 
maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos boʼlgan 
tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida Gʼarbiy Yevropa va АQShda paydo boʼlgan. 


476 
Dastlab innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, 
V.А.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.А.Slatenin, А.I.SHerbakov ishlarida tadqiq etilgan. 
Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor pedagogik tajribalarni keng 
yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, 
M.Mayez, А.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion taraqqiyotlarni 
boshqarish, taʼlimdagi oʼzgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «Hayoti va 
faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan. 
Innovatsiyalar ikki turga bo‘linadi:
1. Stixiyali, ya’ni innovatsiyalarga bo‘lgan ijtimoiy talablar natijasida paydo 
bo‘lib, bunday innovatsiyalarni yaratishga doir oldindan mo‘ljallangan reja, metod va 
texnologiyalar bo‘lmaydi. 
2.Ongli, ya’ni ilmiy asosga ega maqsadga yo‘naltirilgan innovatsiyalar. 
Innovatsion pedagogika tushunchasi G‘arbda 50 yillar oxirlarida, bizning 
mamlakatimizda esa keyingi 20 yillikdan boshlab qo‘llanilib, olimlar ushbu sohani 
maxsus o‘rgana boshladilar. Jahon pedagogik nashriyotlarda va jurnallarda innovatsion 
maqolalar chop etila boshladi. So‘ngra Yunesko qoshida ta’limni rivojlantirish Osiyo 
pedagogik innovatsiyalar markazi tashkil etildi. Bu tashkilot turli mamlakatlardagi 
pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro byuro bilan 
birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlarni 
tarqatib bordi. Bu jarayonlar bilan bog‘liq holda «innovatsion jarayon» tushunchasi 
vujudga keldi. 
Innovatsiya jarayoni - tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizim 
bo‘lib, u ta’lim jarayonini zamonaviy soha yutuqlari asosida, jahon standartlari 
darajasida tashkil etish imkonini beruvchi innovatsion harakatlardir. Innovatsion 
jarayonlarga nisbatan ikki xil qarash mavjud:
Hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
Alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri, ularning birlamchi, 
raqobati va natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashidir.
Innovatsion jarayonlar 
quyidagi bosqichlardan iborat: 


477 
1. Yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi, ya’ni fundamental va amaliy ilmiy 
tekshirishlar (yoki birdan paydo bo‘ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik 
bosqichi. 
2. Kashf etish vaqti, ya’ni amalga oshgan obyekt, moddiy yoki ma’naviy 
mahsulot namuna ko‘rinishidagi yangilik yaratish. 
3. Yaratilgan yangilikni qo‘shimcha ishlab, mukammallashtirish. Bu bosqich 
yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.
4. 
Yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo‘shilib) keng tatbiq 
etilishi. 
5. Yangilikning biror sohada hukmron bo‘lishi. Yangilik o‘z yangiligini 
yo‘qotib, yangilik sifatida mavjud bo‘lmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali yangilik 
paydo bo‘lishi yoki uning yanada samarasi bilan almashishi bilan yakunlanadi. 
Yangilikning ikki turi mavjud: 
1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana 
o‘rnatilgan yangi haqiqat demakdir. 
2. Avvalgi mavjud bo‘lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaga 
moslashtirishdan iborat. 
Pedagogikida innovasion jarayonning kechishini 4 ta asosiy qonuniyatga 
bo‘ysinishi aniqlangan: 
1. Pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bir sharoitda emasligi qonuni. 
Bunda pedagogik jarayonlar haqidagi tasavvurlar buziladi, pedagogik ong buziladi, 
pedagogik yangilik baholanadi.
2. Nihoyat amalga oshirish qonuni. Bunda yangilikning hayotiyligi bo‘lib, erta 
yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi. 
3. Komillashtirish qonuni. Bunda pedagogik innovatsiya qolipga tushadi va 
amaliy harakat tendentsiyasiga ega bo‘ladi. 
4. Pedagogik innovasiyaning davriyligi va qaytish qonuni. Bunda yangilik yangi 
sharoitlarda qayta tiklanadi. 
Innovasion jarayonlarning asosini quyidagi yondoshuvlar tashkil etadi:
1. 
Madaniyatshunoslik, ya’ni inson uchun bilishning ustuvorligi. 


478 
2. Shaxsiy faoliyat, ish faoliyatidagi yangi texnologiyalardan foydalana olish. 
3. 
Ko‘p 
suhbatli 
(dialogik) 
yondashuv, 
kasbiy 
tayyorgarlikni 
insonparvarlashtirish; 
4. Individual - ijodiy (tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari, 
kreativ faoliti) yondashuvi. 
Innovasion pedagogik jarayonlar quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:
1. Pedagog-tarbiyachilarning o‘zini-o‘zi boshqarishi va ta’lim-tarbiya olishga 
yo‘naltirilganligi. 
2. Pedagog-tarbiyachilarning bilish faoliyatining rivojlanganligi, 
3. Pedagog-tarbiyachilarning faolligining oshganligi 
Innovatsion pedagogik jarayonlar bevosita tarbiyachining innovasion faoliyati 
bilan bog‘liqdir. Pedagog faoliyatida moslanuvchanlik tushunchasi mavjud bo‘lib, bu 
bir xil mashhur masalalarni yechish yo‘li hisoblanadi, ammo oqibatda bunday yo‘l aniq 
holatdagi pedagogik faoliyat uchungina moslashadi.
MTTda innovatsion muhitni shakllantirish va MTT amaliyotiga ilg‘or 
texnologiyalarni va interfaol usullarni keng tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Demak, 
pedagog-tarbiyachi ijodkorlik va tashabbuskor bo‘lishida u ta’lim jarayonini yangicha 
modellashtirish, ishni innovatsiyalar asosida yangi o‘qitish texnologiyasini joriy qilishi 
zarur. Shuninidek pedagog:
-o‘quv mehnat faoliyatini samarali tashkil etishni
-muloqotga kirisha olishi,
-materiallardan va turli axborotlardan mustaqil foydalanishni, mutolaa qilishni 
va ularni o‘zining pedagogik faoliyatida qo‘llashni bilishi lozim.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish