Adabiyotlar
1.
Raxmonova G. Talabalarda ma’naviy-ahloqiy kompetensiyalarni rivojlantirish
//materіali konferensіya msnd. – 2021.
2.
Raxmonova G. Sh., Toshxonova Z., Tohirova M. talabalarda ma’naviy-ahloqiy
kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyalari //scientific progress. – 2021. – t. 2. –
№. 7. – s. 1032-1037.
3.
Raxmonova G. Sh., Chorshamova A. f. k. znachimыe storoni natsionalnix igr v
protsesse vospitaniya doshkolnikov //problemi pedagogiki. – 2020. – №. 1 (46).
SOG‘LOM BOLANI SHAKLLANISHIDA TA’LIM-TARBIYA VA
MAKTBGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI MUNOSABATI
S.H.Ro
‘
ziyeva
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha
ta’lim kafedrasi o
‘
qituvchisi,
M.Bozorova
Maktabgacha ta’lim yo
‘
nalishi
1-bosqich talabasi
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, hulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha
364
ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib
asoslangan.Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy
harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo
muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Maqsadsiz, ma’lum g‘oyani ifoda
etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib,
maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya
maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Tarbiya
maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika
umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo‘naltiriladi
hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya
jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Ajdodlarmiz bola
tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o‘rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida
e’tibor berishgan. O‘zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo‘lganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov ta’kidlaganidek: “Har bir insonning,
ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni
singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq
ekanligini, ya’ni, bu narsa ularning sobitqadam, g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis
fidokorliliga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab etishlari kerak.
Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir”.
Ta’lim-tarbiyada maktab va oila hamkorligi ta’lim sohasidagi eng dolzarb
masalalardan biridir, chunki yoshlarga maktabda berilayotgan ta’lim-tarbiya
samaradorligi maktabning oila bilan hamkorligi nechog‘li yaqinligi, mustahkamligi va
tizimli olib borilishiga bog‘liqdir. Maktab va oila hamkorligi o‘zining ko‘p
aspektlariga ega bo‘lgan jarayondir. Ana shunday aspektlar orasida psixologik aspekt
alohida o‘rin egallaydi. Shu nuqtai-nazardan maktab va oila bolalarga ta’lim va tarbiya
berish yo‘lida hamfikrlikda olib borilayotgan ishlarda bolalarning yosh davrlarni qay
darajada hisobga olishida va o‘z faoliyatida yosh davrlariga mos holda tashkil etish,
ayniqsa muhimdir. Har bir yosh davri o‘zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib,
uning asosida paydo bo‘ladi va o‘z navbatida, o‘zidan keyingisining yuzaga kelish
365
uchun zamin yaratadi. Oila va maktabda bola holati, ta’lim va tarbiya shakllarining
o‘zgarishi hamda bolaning yangicha faoliyat shakllari va nihoyat, bola organizmi
ayrim xususiyatlarining shakllanishi, ya’ni yosh faqat biologik emas, balki ijtimoiy
kategoriya hisoblanishi bilan harakterlanadi. Shu ma’noda, yoshlar psixologiyasida
faoliyatning etakchi turi haqidagi tushuncha mavjuddir. Har bir yosh davri uchun
faoliyatning har xil turlari xarakterlidir, yangi o‘yin, o‘qish va mehnat kabilarning har
bittasiga ehtiyoj bor. Lekin, bola rivojlanishining xilma-xil davrlarida bu ehtiyojlar
turlicha bo‘ladi va faoliyatning tegishli turlari har xil mazmun kasb etadi. Faoliyatning
etakchi turi maktab o‘quvchisining psixikasida, psixologik jarayonlari va
xususiyatlarida muhim o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Masalan, bog‘cha yoshidagi
bolalar o‘zlariga loyiq shakldagi ta’lim va mehnat faoliyati bilan shug‘ullansalarda,
ular uchun faoliyatning etakchi turi o‘yin hisoblanadi. Maktab yoshida o‘qish
faoliyatning etakchi turi bo‘lib qoladi, o‘yin o‘zining etakchi ahamiyatini yo‘qotadi.
Bolaning yoshi ulg‘aygan sari mehnat faoliyatining roli ortib boradi. Maktab davridagi
ta’lim davomida o‘qish faoliyatining mazmuni va xarakteri o‘zgaradi. Yil sayin
o‘quvchining oldiga qo‘yilgan talab orta boradi. O‘qish faoliyatining faollik,
mustaqillik kabi ijobiy tomonlari tobora katta rol o‘ynay boshlaydi. Yosh xususiyatlari
yoshning eng tipik va xarakterli hamda rivojlanishning umumiy yo‘nalishini
ko‘rsatadigan jihatlari hisoblanadi. Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-
tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, hulq-atvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh
avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong
va hulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Ta’lim-tarbiya
ishlarida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish deganda,
mazkur yoshdagi bolalarning talablari, imkoniyatlari, xususiyatlariga mos keladigan
pedagogik ish shakllari, usullari va vositalarini qo‘llash tushuniladi. Har bir xalq
oilasining o‘ziga xosligi shu xalqning xarakteridan kelib chiqadi hamda davrga qarab
o‘zgaradi, takomillashadi. Boshqa xalqlar bilan yonma-yon yashash jarayonida
ularning xarakteridagi yaxshi tomonlarni o‘zlashtirib boradi. Chunki, hech qaysi xalq
mahalliy mahdudlik devoriga o‘ralib yashamaydi. O‘zbek xalqi, millat bilan millatning
366
inoq bo‘lib yashashi haqidagi fikrni “Elga el qo‘shilsa-davlat bo‘ladi” deb ifodalaydi.
Binobarin, o‘zbek oilalarida tarbiyalanayotgan yoshlar xalqimizning ana shunday ezgu
g‘oyalarini ongiga singdiradi. O‘zbek oilalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
millatlararo hamkorlik, inoqlik tuyg‘ulariga sodiqligidir. Bunday ma’rifiy, siyosiy-
psixologik holatlarni turli millatga mansub oilalarda ko‘rish mumkin. Oila yoshlarning
milliy o‘zligini anglashda asosiy bo‘g‘in bo‘lish bilan birga, siyosiy ruhiyatini, boshqa
millat yoshlariga bo‘lgan munosabatini to‘g‘ri shakllantirishda muhim tayanchdir.
Xulosa sifatida aytish joizki, ta’lim-tarbiyadagi oila va mahalla hamkorligining
psixologik muammosi keng qamrovli bo‘lib, o‘zining falsafiy, huquqiy, ijtimoiy
hamda siyosiy jihatlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |