Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Использованные источники: 
https://qazbrand.info/all/11307/o-sozdanii-natsionalnoy-nauchno-
pedagogicheskoy-shkoly-na-primere-nauchno-pedagogicheskih-vzglyadov-
akademika-t-n-kary-niyazova-qazbrand-info/ 
BOLANING “MEN” KONSEPSIYASINI 
RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI 
M.Fayzullayeva, M.Rustamova 
MTTMQTMOI katta o‘qituvchilari
 
 
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va tarbiyasi- bu bir butun va uzluksiz
jarayon bo‘lib, u doimo pedagog va ota- onalarning diqqat- e’tiborida bo‘lishi lozim.
Bola qanchalik muvaffaqiyatli rivojlanayotganligini, ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini
egallash jarayonida qanday to‘siqlar uchrashi mumkinligini oldindan tushunish uchun 
bolalarga malakaviy yondashish zarur. Psixologiya va pedagogika fanida shakllanib 
kelayotgan insonning psixologik va jismoniy taraqqiyoti mexanizmini o‘rganishda bir
muncha ilg‘or tajriba to‘plangan. Bola bilan shug‘ullanish, mashg‘ulotlarni qiziqarli 
o‘tish uchun jihozlarni to‘g‘ri tanlash bilan kifoyalanib qolmasdan bola shu jihozlarni
tushuna oladimi, ular bilan ishlay oladimi, shuni nazarda tutish lozim. 
Bola aniq bir dastur asosida ta’lim- tarbiya olish imkoniyatiga ega. “Shu bilan 
birga bola tanlangan dasturni o‘z tabiatiga, o‘z qiziqishiga, o‘zining intellektual 
tafakkuriga, o‘z nuqtai nazariga asoslangan holda o‘zlashtiradi. Shuning uchun bu 


197 
dastur izchillik bilan ta’lim- tarbiyaviy jarayonda bolaning qiziqishini, tafakkurini 
e’tiborga olgan holda olib borilishi lozim”(L.S.Vigotskiy).
Shuning uchun kattalarga o‘zlarining pedagogik faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘nalishda 
olib borayotganliklarini tushunishlari uchun ta’lim-tarbiyaviy jarayonda tashxisga 
alohida ahamiyat beriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning muvaffaqiyatga 
erishishi borasidagi tashxis qilishning ahamiyati faqat natijalarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri
aniq olishgina emas, balki uning asosiy vazifasi bola taraqqiyotning yuqori 
pog‘onasiga ko‘tarilishi uchun to‘siq bo‘ladigan sabablarni aniqlashdan iborat. Bu 
qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini topish esa pedagoglarga yuklatiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik jihatlari quyidagilardan iborat: 
1.Bolada ilk dunyoqarashning paydo bo‘lishi(L.S.Vigotskiy); 
2.Bolada birinchi ahloqiy sifatlarning shakllanishi (L.S.Vigotskiy); 
3.Bola motivlarining bir-biriga o‘zaro bog‘langanligi;(A.P.Leontyev). 
4.Bolalarda ixtiyoriy hulq-atvorining shakllanishi (D.B.Elkonin, A.V.Zaporojes) 
5. Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ("Men" konsepsiyasi) 
Maktabgacha yosh mobaynida bolada “Men” obrazining yaratilishida, ya’ni 
bolaning o‘z- o‘zini anglashi davrida affektiv va kognitiv jihatidan ba’zi bir 
o‘zgarishlarni u boshidan kechiradi.(M. I. Lisina). Affektiv tarafdan insonning o‘ziga 
nisbatan munosabati tushunilsa, kognitiv tarafdan– o‘zi to‘g‘risida bilish yoki o‘zligini 
anglash tushuniladi. “Men”obrazining shakllanishi asosida birinchidan, maktabgacha 
yoshdagi bolalarda individual faoliyat tajribasi, ikkinchidan, bolaning kattalar va 
bolalar bilan muloqot qilish tajribasi yotadi. Birinchi asos bolaning o‘ziga nisbatan 
kognitiv munosabatning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchisi esa affektiv 
munosabatning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ilk marotaba o‘z- o‘zini anglash 
go‘daklik davridan boshlanadi, bu vaqtda bola o‘z tanasini atrof muhitdan ajrata 
boshlaydi. O‘z- o‘zini anglashning muhim bosqichi bolaning uch yoshligidan
boshlanadi va shaxsning yangi xususiyati, ya’ni “o‘z yutuqlaridan faxrlanish” kabi
xususiyati paydo bo‘ladi.Bola o‘z istagini, holatini anglab yeta boshlaydi, o‘zini
faoliyatning subyekti sifatida bila boshlaydi va ilgari ajratib ololmagan holatlarni 
narsalardan ajrata boshlaydi. Bola o‘z- o‘zini anglashga intila boshlaydi.


198 
O‘z- o‘zini anglash maktabgacha yoshda quyidagi yo‘nalishlar orqali shakllanib 
boradi:
1. Shaxs sifati va faoliyat turlari ko‘payadi, bular esa bolani o‘z- o‘zini baholash 
qobiliyatini oshiradi; 
2. O‘z-o‘zini baholash umumiylikdan guruhlashtirilgan tabaqaga o‘tadi; 
3. O‘z-o‘zini vaqt mobaynida baholay boshlaydi, bu esa bolaning kelajakda o‘z 
oldiga maqsad qo‘yish qobiliyatini shakllantiradi(masalan:“Agar men o‘qishni 
o‘rgansam, singlimga kitoblar o‘qib bera olaman”). Maktabgacha yoshdagi bola o‘z- 
o‘zini baholashga o‘rganadi, bu esa bolaning maktab ta’limiga tayyorligini 
ta’minlaydi. 
Bolaning "Men" konsepsiyasini
 
rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda 
shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator 
xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik 
qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini 
boshqarish va barqaror sog‘lom turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o‘z ichiga 
oladi. Bolalar o‘zlarining ahamiyatini tushunadilar, o‘zlarining, shuningdek, 
boshqalarning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganadilar. Bola mustaqil va 
o‘ziga ishonadi. O‘zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida 
ishlay boshlaydi. U boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O‘z g‘oyalarini ilgari 
surish va targ‘ib qila oladi; o‘zi uchun qaror qabul qilishni o‘rganadi. U tanlashni 
biladi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi. O‘z harakatlari uchun tashabbus va mas’uliyatni 
namoyon qiladi. O‘zining tanlovlari, qiziqishlari, his-tuyg‘ularini baham ko‘rishadi. 
O‘sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlaydilar. 
O‘z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o‘zini boshqara oladi; sog‘lom 
turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarga rioya qiladi, jismoniy 
tarbiya bilan shug‘ullanadi, o‘z salomatligi uchun mas’uliyatni namoyon qiladi. 
Bolaning "Men" konsepsiyasini
 
rivojlantirish orqali o‘zining ismi-sharifi, yoshi, 
manzili, oila a’zolari, qaysi mamlakat, shahar, qishloqda yashayotganligini, ona 
Vatani, uning tabiati, sevimli o‘yinchoqlari, xalq milliy an’analari va odatlarini, milliy 


199 
va madaniy qadriyatlarni bilishi va ular bilan g‘ururlanish kabi fazilatlar tarbiyalanib 
boriladi.
Bolaning “Men” konsepsiyasini rivojlantirishda
 
tengdoshlari o‘rtasida o‘z 
o‘rnini anglashi, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa bolalar bilan almashishi, 
o‘g‘il bolaga (jasur, mard, ziyrak, chaqqon, qizlarga hurmat) va qiz bolaga (nazokatli, 
muloyim, oqila, chaqqon, sarishta) xos bo‘lgan fazilatlarni tarbiyalash, topshiriqni 
bajarishda sabr-toqatli, qat’iyatli bo‘lish, o‘yinlarni tashkillashtirish, faoliyatlarda 
mustaqil harakat qilish, o‘ziga nisbatan samimiy va nosamimiy munosabatlarni 
anglash, jahli chiqqanida o‘zini tuta olish, o‘z xohishini kattalarning talabiga 
bo‘ysundirish, berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan qarash, o‘zi erishayotgan 
natijalarni haqqoniy baholash, o‘ziga o‘zi bergan bahosi bilan kattalarning bahosini 
solishtirish, o‘z kamchiliklarini tuzatishi mumkinligini anglash, milliy an’analarni va 
madaniy qadriyatlarni hurmatlash, ular bilan faxrlana olishi (
milliy kiyimlar, o‘yinlar, 
urf-odatlar
) o‘rgatilib boriladi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish