183
yaratadi. Shu nuqtayi nazardan, uy-ro'zg'or boshqaruvi iqtisodiyoti san'ati boshlang'ich
axborot shaklida bolalar uchun taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Bunda bolalarga
iqtisodiyot to'g'risidagi quyidagi elementar tushunchalarni o'rgatib borish lozim:
− ularda pulga to'g'ri munosabat o'rgatish;
− daromad yo'llari va
puldan oqilona foydalanish;
− o'yinlar yordamida, iqtisodiy muammolar, obyektlar, narsalar,
insoniy
munosabatlar, umuman, murakkab olamga dastlabki qadamlarni dadil qo'yishga
undash;
− iqtisodiy (mehnat, tovar, pul, qiymat, narx ) va ahloqiy kategoriyalar (tejamkorlik,
halollik, iqtisodiyot, qadr-qimmat, saxiylik) o'rtasidagi munosabatni tushuntirish;
− reklamalarni tushunishga, to'g'ri munosabat bildirishga, uni tahlil etishga o'rgatish;
−real hayotiy vaziyatlarga to'g'ri baho berish, maqsad qo'yishni va uni amalga
oshirishni o'rgatish.
Ko'rinadiki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga birlamchi iqtisodiy
tushunchalar: iqtisodiyot,
ehtiyojlar, hayot standartlari kabilarni o'rgatish muhim.
Biroq buni bolalikdan ajratmagan holda bolalar faoliyatining turlari: o'yin, kognitiv-
tadqiqot, kommunikativ, musiqiy, badiiy idrok, mehnat orqali tasavvur hosil qilishga
yordam berish kerak bo'ladi. Bunda "Iqtisodiyot nima?" mavzusida bolalar bilan
birgalikdagi tasavvurlar muhitini yaratish, "Iqtisodiyot haqida nimalarni bilasiz?", "Biz
nima bilishni istaymiz?" kabi mavzularda suhbatlar, "Daromad haqidagi ilk ertagim"
rasmlari ko'rgazmasini tashkil etish, teatr haftaligi doirasida iqtisodiy mazmundagi
mini-spektakllar sahnalashtirilib, didaktik qo'llanmalar qayta ko'rib chiqiladi.
Bola shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot
jarayonidir. Ma'lumki, o'yin
orqali bolada tasavvur olami, anglash kabi psixologik
tushunchalari kengayadi. Misol tariqasida maktabgacha ta’lim tashkilotining bir kunini
olib, xonada bolalar uchun jonli bozor rastalari tashkil etsak, bu orqali biz
tarbiyalanuvchilarda yoshligidanoq, bozor iqtisodiyotini bolaga tizimli ravishda ya’ni
bosqichma-bosqich o’rgatishga erishamiz. Bu tarbiyalanuvchining aqliy salohiyatini
teranlashtiradi, nutqiy faoliyatini oshiradi.
Pul bilan muomala qilishni, mablag’ni
to’g’ri sarflashni, bolaning nima xarid qilishiga qarab bola psixologiyasini, uning
184
ehtiyojini, bolani yoshlikdan tadbirkorlikka qiziqishini uyg’otamiz, bolani
ishbilarmonlikka hamda ikki tomonlama munosabatlarni
shakllantirishda muolima
madaniyatini yoshligidan singdirib boramiz. Shu bilan bir qatorda tarbiyalanuvchida
ko’rish, eshitish, so'zlab berish kabi turli analizatorlari; so’z boyligi, grammatik
nuqtayi nazaridan to’g’ri gapirish, o’z fikrini to’g’ri ifodalay olishi, talaffuz, temp, so’z
intonatsiyasi va ifodasi faollashadi shu bilan bir qatorda nutqidagi nuqsonlari
yaxshilanib boradi, hissiy-idoraviy faoliyati rivojlanadi, hulq-atvori shakllanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Quvnoq rastalar”
tashkil qilish orqali biz
tarbiyalanuvchining qanday muhitda o’sayotganligini, qanday jamiyatda
tarbiyalanayotganligi, atrofidagi insonlar qanday muomila qilayotganligini, oilada
bolaning o’rnini ham bilib olishimiz mumkin. Tarbiyalanuvchining jonli yarmarkadan
xarid qilgan mahsulotiga qarab, uning ichki olamini, kim uchun xarid qilishiga qarab
esa oilada kimni o’ziga yaqin olishini va kimni o’z dunyosidan uzoqda tutishini ham
bilib olishimiz mumkin. Buning uchun albatta tarbiyachi biroz sinchkov bo’lishi,
intiutiv bilimlari ya’ni g’oyibona bilishi, oltinchi sezgi orqali bilishi, qalban his qilishi
lozim deb hisoblayman. O’yin tufayli bolalarda kattalarga nisbatan stress holatlari
bizor osonroq kechadi.
“Quvnoq rastalar” bolalarga bevosita kayfiyat ulashuvchi makon bo'ladi. Bu
o'yinda tarbiyalanuvchilardan birini sotuvchi o'rniga,
qolganlarini xaridor roliga
qo'yish mumkin. Tarbiyachi bolalarga “Quvnoq rastalar”imizdan siz ota-onangizga,
oila a'zolaringizga, o'rtoqlaringizga sovg'alar olishingiz yoki o'zingiz yoqtirgan
narsalarni o'zingizga olib bering va sovg'a qiling” deb taklif berishi va ularni xarid
madaniyatiga o'rgatishi mumkin. Xarid jarayonini kuzatish, bolalarning xaridi haqida
suhbatlashish, fikrlarini tinglash bola “MEN”ini shakllantirishga yordam beradi.
Xullas, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida haftaning bir kunida “Quvnoq rastalar”
tashkil qilish bolalarga iqtisodiy bilimni bolalikdanoq o'rgatadi va katta hayotga
tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: