ESHITISHIDA MUAMMOSI BO„LGAN BOLALAR OG„ZAKI
NUTQINI RIVOJLANTIRISHSHA INNОVATSION YONDASHUV
Z.N.Mamarajabova
TDDU professori v.b.,f.f.n.
Eshitishida muammosi bo‗lgan bolalarda kitobxonlik madaniyatin
shakllantirish, ularning nutqini muloqat quroli sifatida shakllantirish va rivojlantirish
ularni abilitatsiya va reabilitatsiyasi darajasining yuqorilashuviga, eshitish va nutq
muammosining erta korreksiya qilinishi orqali erta ijtimoiy moslashuviga samarali
ta‘sir ko‗rsatadi. Xususan, adabiy ta‘lim jarayonida eshitishida nuqsoni bo‗lgan
bolalarni badiiy asar mazmunini o‗zlashtirish darajasining pastligi mazkur
kategoriyadagi bolalarning yetarlicha nutqiy rivojlanmaganligi, ularda fikrlash
jarayonlari kechishining o‗ziga xosliklari, faktlarni anglab yetish, ularning ketma-
ketligi, izchilligini belgilovchi sabablarini aniqlashda qiyinchiliklarga duch kelishi
bilan tavsiflanadi.Chunonchi, adabiy ta‘lim jarayonida maxsus maktabning 1-4 sinf
o‗quvchilari nutqini rivojlantirish uchun badiiy asarlaring tanlanishi uning syujeti,
unda o‗quvchilar uchun tanish lug‗aviy material jamlangani, rivojlanayotgan voqealar
haqidagi axborot esa bir-birini to‗ldiradigan epizodlar orqali kiritilishi bilan
asoslandi. Pedagogik tizim doirasida adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni
bo‗lgan o‗quvchilarni nutqini rivojlantirishni reglamentlovchi (tartibga soluvchi)
o‗ziga xos tamoyillar tizimiga adabiy-badiiy tamoyilning kiritilishi adabiy o‗qish
darslarida matnlarni so‗z san‘ati hodisaii sifatida idrok qilishga undash va
o‗quvchilarni muallif asarlari olamiga g‗arq qilish, hissiyotlar, adabiy qobiliyatlarni
shakllantirish mumkin bo‗lgan muhitni yaratishda namoyon bo‗ladigan estetik
funsiyasini amalga oshirish bilan bog‗liq
6
.Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda
nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimida badiiy asarni
yaxlit o‗rganish natijasi kitobxonlarning badiiy-ijodiy faoliyati bo‗ladi, u badiiy
asarni va o‗z fikrlarini yaratish jarayonini idrok qilish qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Badiiy asarni o„rganishning tizimliligi tamoyili o‗quvchilar badiiy asar matni bilan
ishlaganda egallaydigan adabiyotshunoslikka oid bilimlar va adabiy-ijodiy malakalar
tizimini nazarda tutadi. Bu tamoyilni amalga oshirish o‗rganilayotgan badiiy
materialni tushunish, adabiy ta‘lim jarayonida nutqni rivojlantirish , kitobxonlik
hamda adabiy-ijodiy malakalarini shakllantirish o‗rtasida muvofiqlikka erishishni
nazarda tutiladi
7
. Adabiy o‗qish darslarida o‗rganishning asosiy birligi badiiy matn
6
Matjonov S. Yangicha pedagogik tafakkur va umumta‘lim maktablarida adabiyot o‗qitishning
ilmiy- metodik asoslari: Fil. fan. dok. ...diss. – T., 1999. – B.54.
7
Husanbaeva Q.P. Adabiy ta‘lim jarayonida o‗quvchilarni mustaqil fikrlashga o‗rgatishning ilmiy-
metodik asoslari: Fil. fan. dok. ...diss. – T., 2004.– B.43.
24
bo‗lgani sababli adabiyotshunoslik va tilshunoslik materialini saralash boshqa bir
spesifik tamoyil – matnning adabiyotshunoslik va tilshunoslik fenomeni sifatidagi
o„ziga xosliklarini hisobga olish asosiga qurildi
8
. Adabiy matnlar bilan tanishishning
nazariy asosini quyidagi tushunchalar guruhlari tashkil qildi: ―asar olami‖, ―janrlar‖,
―matn‖, ―nutq tiplari‖, ―nutq uslublari‖, ―tilning obrazli vositalari‖. Ajratib
ko‗rsatilgan tushunchalar eshitishda nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarni badiiy asar bilan
tanishtirishga ko‗maklashadi, faqat amaliy darajada kiritiladi va bolalar tomonidan
o‗zlashtiriladi. Emotsionallik spesifik tamoyili bolaning tabiati va faoliyatidan kelib
chiqadi. Intellektual emotsiyalarni faollashtirish adabiy ta‘lim jarayonida nutqni
rivojlantirish pedagogik tizimi sharoitida o‗quvchilarda mutolaa bo‗yicha o‗quv-
bilish faoliyatida intellektual-emotsional ehtiyojlarni shakllantirishga ko‗maklashadi.
U o‗quvchi shaxsining emotsional sohasi rivojlanishini rag‗batlaydi, ta‘lim
jarayonida mustaqil ijodiy faoliyatdan estetik qoniqishning tiklanishi va
rivojlanishiga olib keladi. Tadqiqotning maqsadli vazifalarini hal qilishni
ta‘minlashda navbatdagi qadam adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan
o‗quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining asosiy maqsadli, mazmuniy,
faoliyatli, baholash-natijaviy komponentlarini (tarkibiy qismlarini) ajratishdan iborat
bo‗ldi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini
rivojlantirish mazmunini o‗zgartirish o‗quvchilar faoliyatini tashkil qilishning yangi
shakllaridan foydalanishga ham olib keladi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda
nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining faoliyatli
komponenti doirasida an‘anaviy darslar kabi ―dars-bayram‖, ―dars-konsert‖, ―dars-
viktorina‖, ―dars-sayohat‖, ―dars-taqdimot‖ dars-o‗yinlar ishlab chiqildi. Ishlab
chiqilgan tizimda adabiy o‗qish darsi bilan darsdan tashqari faoliyat o‗rtasida qat‘iy
chegaralashning mavjud emasligi tamoyili yangilik hisoblanadi. Fikrimizcha, adabiy
o‗qish darslarida va sinfdan tashqari paytda o‗quvchilar faoliyatini tashkil qilishning
turli shakllaridan foydalanish adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan
bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimini qo‗llash uchun optimal sharoit
yaratadi, eshitishida nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarga kitobxonlik va adabiy-ijodiy
faoliyatida yuqori darajalarga erishish imkonini beradi. Adabiy ta‘lim jarayonida
eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining
strukturaviy kompolnentlarini ishlab chiqishda navbatdagi qadam baholash-natijaviy
komponentini ishlab chiqish bo‗lib, uning mohiyatini pedagogik jarayonning
samaradorligini aks ettirish va qo‗yilgan maqsadga muvofiq erishilgan siljishlarni
namoyon qilish bilan ifodalandi
9
. Baholash-natijaviy komponentni ishlab chiqishda
adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish
darajasi ko‗rsatkichlarini kompleks diagnostikalashga tayanamiz, diagnostika nafaqat
o‗qish texnikasi, balki asarni idrok qilish darajasi, mustaqil jumla yaratish, bibliograif
kompetentlik hamda kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatining motivsion bahosini
aniqlashni nazarda tutadi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan
8
Yo‗ldoshev Q. Umumta‘lim maktablarida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish: Fil. fan.
dok. ...diss. – T., 1997.– B. 48.
9
Mirqosimova M.M. O‗quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish
usullari :Fil. fan. dok. ...diss. – T., 1995. – B.76.
25
bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida o‗qitish natijalari diagnostik xulosalarning
aniqligi, to‗liqligi va o‗z vaqtida qilinganiga to‗g‗ridan to‗g‗ri va bevosita
bog‗liq.Ishlab chiqilgan adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar
nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining (maqsadli, mazmunli, faoliyatli va
baholash-natijaviy) komponentlari bir-biriga o‗zaro bog‗liq, birgalikda tizimning
ahamiyati va mazmunini hamda kommunikativ, kitobxonlik va adabiy-ijodiy
malakalarning shakllanishini belgilaydigan elementlarni o‗z ichiga olgan tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |