186
bilаn birgа, uning kоmil insоn bo‘lib shаkllаnishigа vа mа‘nаviy-ахlоqiy fаzilаtlаrini
hаyotdа to‘liq nаmоyon qilishigа shаrоit yarаtishgа yo‘nаltirilgаn bo‘lishi kеrаk.
―Pedagogik diagnostika‖ va ―pedagogik korrektsiya‖ tushunchalari, qomusiy
lug‘аtdа ―kоrrеktsiya‖ so‘zi ―tuzаtish‖ dеb tаlqin qilingаn. Mахsus pеdаgоgikаgа
оid dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаrdа ―kоrrеktsiya‖ tushunchаsigа аnоmаl bоlаlаring
psiхik vа fiziоlоgik rivоjlаnishidаgi tаfоvutlаrni bаrtаrаf qilish yoki kаmаytirishgа
qаrаtilgаn jаrаyon, chоrа – tаdbirlаr tizimi dеb qаrаlаdi.
Pedagogik korreksiya – tarbiyajarayonida yoshlarning ma‘naviy - ma‘rifiy
sohalarda oldin yo‘l qo‘ygan nuqsonlarini
bartaraf etish jarayonidir
(R.S. Nemov, D. V. Olshanskiy G. Broyer, G. Mattes).
Korreksiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan
axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulq-atvor malaka va odatlari hosil qilinadi.
Bunga erishish kezida yoshlarning ongiga (ta‘lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va
sinfdan tashhari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish
jarayonida) tizimli va muntazam ta‘sir etib boriladi.
Pedagogik diagnostika va korreksiya jarayonida shaxsning tafakkuri, ongi,
hissiyoti, irodasi, qarashlari e‘tibordan chetda qolsa, u holda maqsadga erishish
qiyinlashadi.
Nemis olimi Mauyermanning yozishicha: ―Pedagogik diagnostika o‘zlashtirish
va o‘quv jarayoniga tayyorgarlik o‘rtasida aloqa o‘rnatadi, o‘quv
jarayonida
kechadigan o‘quv maqsadini to‘g‘ri belgilaydi va o‘quv-tashkiliy shakllarni sharoitga
mosligini baholaydi‖.
Barcha tavsiflarni umumlashtirib, quyidagicha fikr bildirishni joiz deb
o‘ylaymiz: pedagogik diagnostika– pedagogshaxsining va u bilan muloqotga
kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini tahlil qilish, kafolatlash va tavsiyalar
berish jarayoni.
Pedagogik diagnostika: birinchidan, individual ta‘lim jarayonini qulaylashtirishi,
ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, ta‘lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri
aniqlashni
taminlashi, kafolatlashi, uchinchidan, o‘ziga xos ta‘lim yo‘nalishi va
mutaxassislikni oqilona tanlashga yordam berishi kerak. Pedagogik diagnostika
yordamida ma‘naviy-ma‘rifiy jarayon taxlil qilinadi va ta‘lim-tarbiya natijalari
aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat ta‘lim-tarbiya natijalarini sarhisob qilish,
balki
ularning o‘zgarish dinamikasini ham nazarda tutish lozim.
Pedagogik diagnostika o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tadqiq qiladi. Uning
metodlari ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan shu bilan farq qiladiki, u alohida
O‘quvchiga yoki o‘quvchi-yoshlar guruhiga dolzarb pedagogik tadbirlarni qo‘llashni
ko‘zda tutadi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik
diagnostika har bir rejali o‘quv jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, taxsil oluvchi
o‘quv materialini qanday o‘zlashtirayotganini doimo kuzatib boradi,
tarbiyaviy
jarayondagi muammolarning еchimini topishga harakat qiladi. Mohir pedagog o‘quv
jarayonida tug‘iladigan qiyinchiliklarni boshhalardan ko‘ra yaxshiroq tushunadi.
187
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan sharoitlardan qat‘iy nazar o‘quv jarayonining
samaradorligiga xizmat qiluvchi diagnostika quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi
kerak:
-
ta‘lim natijasi noto‘g‘ri baholanganda ichki va tashqi taxrirga;
-
ta‘limdagi kamchiliklarni aniqlashga;
-
ta‘limning muvaffaqqiyatli natijalarini tasdiqlashga;
-
o‘quv jarayonining keyingi bosqichlarini rejalashtirishga;
-
ta‘lim-tarbiyadagi muvaffaqiyatlarni rag‘batlantirish orhali motivatsiya
paydo qilishga va keyingi murakkab qadamlarni yo‘naltirishga;
-
o‘quv-tarbiyaviy sharoitlarni yaxshilashga.
Bugungi kunda pedagogik diagnostikaning shunday tamoyillarini ishlab chiqish
lozimki, bu tamoyillar tarbiyalanuvchi yoshlarning shaxsiyatiga zarar keltirmasligi,
ularning pedagogik daxlsizligini ta‘minlashi, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar
orhali ularga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi zarur. Bu
esa milliy korreksiyalash
metodikalarini ishlab chiqish dolzarbligini isbot etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: