203
davrdan bizgacha еtib kelgan ma‘lumotlarga ko‗ra bu vaqtlarda maxsus ta‘lim-tarbiya
tizimi mavjud bo‗lmagan bo‗lib, qadimgi Yunoniston va Rimda kar-soqovlar
jamiyatning to‗laqonli a‘zolari sifatida tan olinmagan hamda ular «o‗qitib
bo‗lmaydiganlar» deb hisoblanganlar. Masalan, eramizdan avvalgi YI asrdagi
Yustinian Kodeksida «to‗laqonli bo‗lmaganlar» ustidan vasiylik o‗rnatilishi
lozimligi, tug‗ma karlar mustaqil faoliyat yurita olmaydiganlar sifatida qayd etilgan.
Ya‘ni bunday shaxslar «gapira olmaydigan, fikrlarini esa yozma va og‗zaki bildira
olmaydiganlar» bo‗lganlari uchun o‗z mulklarini boshqara olmaydiganlar, deb
hisoblanganlar. Antik davr tibbiyot fanida karlik g‗ayrioddiy tabiatga ega hamda uni
tuzatib bo‗lmaydi, degan fikr hukm surgan. Qadimgi yunon faylasufi Arastu (er.av.
384-322 y.y.) o‗zining «Xis etuvchilarning xissiyotlari» va «Xissiy idrok va uning
ob‘ektlari» kabi asarlarida sezgi organlarning o‗zaro tobelik
sabablari haqida fikr
yuritib, karlik va soqovlikni bolaning aqliy layoqatlariga salbiy ta‘sirini ochib berar
ekan, soqovlikni tug‗ma karlikning oqibati ekanligini qayd etadi. Olims sezgi
a‘zolaridan biri faoliyatining izdan chiqishi insonning umumiy rivojlanishiga yo‗l
qo‗ymasligini alohida ta‘kidlaydi hamda eshitish analizatoriga quyidagicha baho
beradi: «Tovush fikrlash vositasi bo‗lib, eshitish atrof olamni anglashning muhim
organidir. Shu bilan bog‗liq ravishda aytish mumkinki, tug‗ilgandan boshlab
eshitmagan inson, tabiiyki, soqov bo‗ladi». Faylasufning
aynan mana shu fikrlari,
uning o‗zi bilmagani holda, surdopedagogik ta‘limotning yuzaga kelishiga asos
bo‗ldi. Eshitishida nuqsoni bo‗lgan shaxslarni o‗qitish bo‗yicha dastlabki urinishlar
XY asrga to‗g‗ri keladi. Uyg‗onish davrida karlarning bilish imkoniyatlariga nisbatan
ilg‗or (progressiv) qarashlarning yuzaga kelishi bilan G‗arbiy Yevropada yuzaga
kelgan karlarni o‗qitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti o‗sha davrdagi
ko‗pchilik olimlarni o‗ziga jalb qila bordi.Niderlandiyalik olim Rudolf Agrikola
(1443-1485) o‗zining «Dialektika kashfiyoti haqida»
nomli kitobida maxsus metod
va usullar yordamida karlarni yozma nutqqa o‗rgatish haqida fikr yuritadi va aniq
misollar keltiradi
44
.Karlarni o‗qitish va tarbiyalash nazariyasi hamda amaliyotida
muhim o‗rin egallagan italiyalik professor Jerolamo Kardano «Nafisliklar haqida»,
«Sezgilar fiziologiyasi haqida», «Mening hayotim haqida» kabi asarlarida tarixda
birinchi bo‗lib karlik va soqovlikning fiziologik asoslarini ko‗rsatib, uning
sabablarini va karlik kasallik oqibatida yuzaga kelishi, soqovlik
esa karlik oqibatida
yuzaga kelishini ko‗rsatib o‗tdi. Olim o‗z farzandlari bilan o‗tkazgan uzoq yillik
tajribalari asosida karlarni o‗qitishda sog‗lom sezgi a‘zolariga tayangan holda ish olib
borilsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligini isbotlab berdi. U ilk bor o‗qitishga
eshitish qobiliyatining darajasi va nutqning rivojlanish darajalarini hisobga olgan
holda tabaqalashgan yondashuv g‗oyasini ilgari surdi. J.Kardano, shuningdek, tarixda
karlikning dastlabki tasnifini ishlab chiqqan olim sifatida nom qoldirdi
45
. Ushbu
44
M. Marschark, Harry G.Lang, John Albertini - Educating deaf students - Oxford University
Press, 2006, 303p
45
Шматко Н.Д. Коррекционная работа с глухими и слабослышащими детми раннего
возраста
// Всесоюзный институт переподготовки и повышения квалификасии кадров образования М.,
1991
204
tasnifga ko‗ra karlar quyidagi toifalarga bo‗linadi: tug‗ma karlar; gapirishni
o‗rgangunga qadar eshitishni erta va kech yo‗qotganlar; nutqi saqlangan holda
eshitishni kech yo‗qotganlar. J.Kardano tomonidan ilgari surilgan g‗oyalarning
keyingi rivojiga ispan olimi Pedro Ponso De Leon (1520-1584) o‗z xissasini qo‗shdi.
U karlarni o‗qitishning original metodini yaratadi va kibor oilalarning farzandlarini
yakka tartibda o‗qitish tajribasini mufaqqiyatli tadbiq etadi. P. Ponso o‗z
metodikasida nutqning turli: og‗zaki, yozma, daktil va imo-ishora ko‗rinishlarini
qo‗llaydi.X.P.Bonet (1579-1633) o‗zining 1620 yilda yozilgan «Tovushlar tabiati va
kar-soqovni gapirishga o‗rgatish san‘ati» asarida karlarni o‗qitish va tarbiyalashning
o‗sha davrdagi maqsad va vazifalarini ko‗rib chiqar ekan, ularni so‗zlashuv nutqiga
daktil va og‗zaki nutq orqali o‗rgatish lozimligi haqida so‗z yuritadi
46
. U kar bolalarni
maxsus ravishda tayyorgarlikka ega bo‗lgan o‗qituvchi o‗qitishi, ta‘lim jarayonida
nutqni va aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan ishlar savol-javob shaklidan
foydalangan holda olib borilishi alohida e‘tiborli omil sifatida qaraydi. X.P.Bonnet
g‗oyalarining keyinchalik taraqqiyotiga Angliyalik J Vallis (1616-1703) va J.Bulver,
Shveysariyalik J.K.Amman (1669-1724), Niderlandiyalik F.M.Van Xelmont (1614-
1699), Italiyalik F.L.Tersiy (1631-1687) kabi amaliyotchi olimlar karlarni o‗qitishga
alohida urinishlar sifatida o‗z xissalarini qo‗shdilar.E.R.Karrion (1579-1652) o‗z
zamondoshlari boy tajribasidan unumli foydalangan holda ularning g‗oyalarini
rivojlantirar ekan, karlar ta‘lim-tarbiyasida taktil-vibratsiya sezgilariga hamda
eshitish qoldig‗iga tayangan holda ish olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: