Ish beruvchilarga qo‘yiladigan talablar
Voyaga etmaganlar mehnatidan quyidagi ishlarda:
er osti, suv osti, xavfli balandlikda yoki yopiq muhitda bajarish;
xavfli mexanizmlar, asbob va uskunalar bilan bog‘liq bo‘lgan;
xavfli buyumlar yoki jarayonlar, harorat, shovqin yoki to‘lqinlanish darajasining yuqori ta’sirida voyaga etmaganlarning sog‘lig‘iga zarar etkazishga olib keladigan zararli sharoitlardagi;
og‘ir mehnat sharoitlarida bajariladigan (ish vaqtining davomiyligi uzoq bo‘lgan, tungi ishlar va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan);
o‘zining xususiyati bilan bunday toifadagi xodimlarning axloq-odobiga zarar etkazadigan;
belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishi va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996 y., ilova, 1-son) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ishlar ro‘yxati va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahati olingan holda belgilanadi.
Ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlar, haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan o‘quvchilarning o‘quv yili davomidagi ish vaqti muddati Voyaga etmaganlarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talablar to‘g‘risida nizom 5 bandning birinchi qismida tegishli yoshda shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko‘p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas.
Voyaga etmaganlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to‘liq bo‘lgan chog‘da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to‘lanadi, korxonalarda o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning mehnatiga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to‘lanadi.
Ish beruvchi tomonidan voyaga etmagan xodimlar uchun mahsulot ishlab chiqarish normalari bunday xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti davomiyligiga mutanosib ravishda umumiy ishlab chiqarish normasidan kelib chiqib belgilanadi.
Ish beruvchi har oyda mehnat organlariga voyaga etmagan xodimlarning familiyasi, tug‘ilgan kuni va mansabi ko‘rsatilgan ro‘yxatni taqdim etishga majbur.
O‘quv muassasalarining o‘quvchilari tomonidan mutaxassislik olish yoki zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarda, shuningdek:
xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilmagan bo‘lsa;
yo‘l-yo‘riqlar berish va ishlab chiqarish amaliyotiga texnik rahbarlik qilish tashkillashtirilmagan bo‘lsa;
ishlab chiqarish amaliyoti davrida tegishli mutaxassisliklar va kasblar ishchilari uchun nazarda tutilgan maxsus kiyim-kechak, yakka tartibdagi himoyalanish vositalari berilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |