Zaharli gazlar va ularning ta’sir turlari
Ishlab chiqarish zaharlanishi deb, insonga mehnat sharoitida ta’sir etadigan, ish qobiliyati va sog‘lig‘ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro‘y beradigan zaharlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi.
Ishlab chiqarish zaharlarining inson organizmiga ta’sir qilish belgilarini, ularning zararli va xavfliligi darajasini, asosan toksikologiya fani o‘rganadi hamda zaharli gazlardan xavfsiz foydalanish maqsadida gigienik me’yorlar, tavsiyalar ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |