Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати


Radioaktiv moddalar bilan ishlashning asosiy qoidalari



Download 7,19 Mb.
bet83/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

Radioaktiv moddalar bilan ishlashning asosiy qoidalari.

Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda qabul qilingan qoidalarga qat`iy amal qilish talab etiladi.



Ulardan asosiylarini sanab o`tamiz;

1) Radioaktiv moddasi bor bo`lgan qurilmalarni himoyalovchi ekran bilan chegaralash lozim, chunki qurilma bilan ishlovchi xodim ish kuni davomida ruxsat etilgan dozadan Yuqori nurlanish olmasligi kerak. SHuning uchun ish boshlashdan oldin modda aktivligi tekshirilib olinishi va himoya ekranini qo`yish joyi aniqlanishi kerak.

2) Qo`lni, tanani, kiyimlarni ifloslanishidan iloji boricha saqlanish lozim. Ochiq radioaktiv modda bilan ishlaganda xalat, qo`lqop, paxtaqog`ozli qalpoqchalar kiyish talab etiladi.

3) Radioaktiv moddalar bilan o`tkaziladigan operatsiyalar oldindan rejalashtirilib, tayyorlanib o`tkazilishi lozim.

4) Zarur bo`lmagan holatlarda gamma- nurlovchilarga yaqinlashmaslik kerak.

5) Qo`lda himoya vositasi bo`lmagan holatda (qo`lqopsiz) radioaktiv moddaga tegish, radioaktiv suYuqliklarni og`iz bilan pipetkaga tortish man etiladi. Buning uchun rezina ballonchalar, shpritslar ishlatiladi.

6) Radioaktiv moddalar bilan ishlanadigan xonalarda ovqatlanish, ichish, chekish, kosmetik moddalar ishlatish mumkin emas. Bu qoidalarni buzilishining oqibati organizmga radioaktiv moddani tushishiga sabab bo`ladi.

7) Changlanuvchi radioaktiv moddalar bilan faqat quruq kameralarda ish olib boriladi. Radioaktiv moddalarni havoga tarqalishi bilan bog`liq ishlar (bug`lanish, quritish, qaynatish) faqatgina havosi so`rilib ketiladigan shkaflarda ( vityajnoy ) o`tkazilishi kerak.

8) Har qanday radioizotop bilan ishlash fil’trlovchi qog`ozi bo`lgan, zanglamaydigan temirdan qilingan maxsus «lodkalarda», juda ehtiyotkorlik bilan olib borilishi talab etiladi.

9) Gamma nurlar va beta- zarrachalar tarqatuvchi radioaktiv moddalar bilan ishlaganda uzaytirilgan qisqichlar, manipulyatorlar va boshqa uskunalardan foydalanish kerak.

10) Ish joyidagi tashqi nurlanishdan himoyalovchi qurilmaning effektivligi dozimetrik qurilmalar yordamida tekshirilib turilishi kerak.

11) Agar ifloslanish holati kuzatilsa darhol dozimetrik qurilma yordamida tekshirilib, tozalanishi kerak.

12) Radioaktiv suYuqlik polga yoki biror Yuzaga to`kilgan hollarda zudlik bilan maxsus pipetka yordamida so`rib olish kerak va qurigandan keyin shu joy qurilma yordamida o`lchab ko`riladi. Agar ruxsat etilgan dozadan Yuqori ko`rsatkich aniqlansa, qo`shimcha tozalash o`tkaziladi. Yig`ilgan chiqindilar konteynerlarga tashlanadi.

13) Ko`p miqdorda suYuq radioaktiv modda to`kilgan bo`lsa, zudlik bilan bino tark etiladi va eshikka belgi (signal ) osib qo`yiladi. Iloji boricha binodan chiqquncha nafas olmaslik kerak. Binodan chiqqach ifloslangan kiyimlar tozalashga topshirilib, dush qabul qilinadi. Bo`lgan voqea haqida xavfsizlik xizmatiga habar qilish kerak.

14) YUzda, qo`lda kesilgan yaralar bo`lsa, radiaktiv moddalar bilan ishlash taqiqlanadi. Agar ish paytida kesilsa, yara oqib turgan suvda Yuviladi va xavfsizlik xizmati hamda vrachga xabar beriladi.

15) Agar radioaktiv moddani Yutib Yuborish holati kuzatilsa, darhol qayt qildiruvchi vositalar qo`llanilib, oshqozondan chiqariladi va oshqozon Yuviladi.

16) Radioaktiv chiqitlar maxsus konteynerlarga yig`iladi va ko`rsatma bo`yicha yo`qotiladi.

17) Radioaktiv moddani ombordan laboratoriyaga o`tkazish faqat radioaktiv xavfsizlik bo`yicha javobgar shaxs ruxsati bilan amalga oshiriladi.

18) Qabul qilib olingan izotoplar ish jurnalida yozib borilishi ,uni ishlatilishi bilan bo`ladigan barcha operatsiyalar belgilangan shaklda belgilanishi kerak.

19) Radioaktiv modda bilan ishlovchi har bir xodimda individual cho`ntak dozimetri bo`lishi kerak. Bu ularni ishlash vaqtida qancha doza nurlanish olganligini tekshirib borish imkonini beradi.

20) Ishni tugatgandan keyin qo`llarni tozalab Yuvish va tozaligiga e`tibor berish kerak. Bulardan tashqari xalat va oyoq kiyimning tozaligi ham tekshirib ko`riladi. O`tkazilgan tekshirishlar jurnalga yoziladi.


Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish