To'g'ri tartibda uzatish
Bu usulda, funksiya parametrlari qaysi tartibda yozilgan bo'lsa, argumentlar ham aynan shu ketma-ketlikda uzatilishi kerak. Keling bitta misol ko'ramiz. Quyidagi funksiya foydalanuvchining ismi va familiyasini parametr sifatida qabul qilib, ularni jamlab xabar chiqaradi.
Yuqoridagi funksiya to'g'ri natija chiqarishi uchun argumentlarni ism va familiya ketma-ketligida kiritishimiz lozim.
Natija:
Foydalanuvchi ismi: Olim
Foydalanuvchi familiyasi: Hakimov
Agar argumentlarni noto'g'ri ketma-ketlikda bersak, natija ham biz kutganday chiqmaydi:
Natija:
Foydalanuvchi ismi: Hakimov
Foydalanuvchi familiyasi: Olim
Ko'p xolatlarda esa, argumentlarni noto'g'ri tartibda uzatish xatolikka ham olib kelishi mumkin.
Natija: Olim 23 yoshda
Natija: AttributeError: 'int' object has no attribute 'title'
Do'stlaringiz bilan baham: |