О‘quv qо‘llanma – darslikni qisman tо‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bо‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur о‘zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bо‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlar yechimiga mо‘ljallangan nashr.
О‘quv qо‘llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengroq yoritiladi.
Lug‘at – aniq bir tartibda joylashgan sо‘zlar (yoki sо‘z birikmasi va hokazo) tо‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi tо‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki sо‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr.
Izohli lug‘at – sо‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir sо‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qо‘llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qо‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.
Do'stlaringiz bilan baham: |