О‘quvchi-talabalarga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda professor-о‘qituvchilar faoliyatini takomillashtirishning dolzarb vazifalari
1. “Milliy istiqlol hoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni о‘qitishda erishilgan tajribalarni о‘rganish va uni ommalashtirishni yо‘lga qо‘yish.
2. Ushbu fan о‘qituvchisi birinchi navbatda mutaxassis, о‘z fanini yaxshi biladigan, fidoyi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadigan, ularning yangi usullarini kashf eta oladigan, ijodkor pedagog bо‘lishi lozim.
3. Ta’lim berishda о‘qituvchi har qanday vaziyatda oddiy usullarda ham mukammal bilim berish yо‘llarini izlab topmog‘i va ularni mohirona qо‘llamog‘i kerak.
4. Fan bо‘yicha tayyorlanayotgan pedagog kadrlarning sifatiga e’tibor berish va ularning mutaxassisliklari bо‘yicha ishlashini ta’minlash zarur.
5. Professor-о‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bо‘yicha ularning malakasini oshirishning mukammal tizimini yaratish.
6. О‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga soha olimlarini taklif etish orqali bahs-munozaralar, savol-javoblar о‘tkazish.
7. Professor- о‘qituvchilarning g‘oyaviy targ‘ibotni tashkil etish uchun yetarli tayyorgarlik va bilimlarga ega bо‘lishini ta’minlash.
Milliy istiqlol g‘oyasini о‘quvchi-talabalar ongiga singdirishda fanlararo bog‘liqlik va uzviylikni ta’minlash
Bu borada umumta’lim fanlari milliy istiqlol g‘oyasi bо‘yicha о‘quvchilarning bilimini boyitishda muayyan imkoniyatlarga ega.
Umumta’lim fanlari, jumladan, ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda О‘zbekiston Konstitusiyasi va О‘zbekiston Prezidenti asarlarini о‘rganish jarayonida milliy istiqlol g‘oyasini о‘quvchi-talabalar ongiga singdirib borish ishlarini takomillashtirishni yо‘lga qо‘yish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu fanlar va maxsus kurslarning mazmuniga milliy istiqlol g‘oyasini ularning hajmiga zarar yetkazmagan holda mohirlik bilan singdirishga erishish va uyg‘unlashtirish kerak. Sharchi turli kasbiy va fan yо‘nalishiga qaraganda milliy istiqlol g‘oyasi soat hajmiga kо‘ra bir oz farq bilan о‘tilsa-da, о‘quvchi-talabalarning milliy istiqlol g‘oyasini о‘zlashtirishlari va amalda hayotga tadbiq eta olishlariga erishishda ijobiy samarasini bersin.
Uzviylik va uzluksizlik haqida gap ketar ekan, tevarak olamda, hamma narsada bir-biriga uzviy va chambarchas bog‘liqlik bо‘lgani kabi, ta’limda ham hamma narsa bir-biri bilan vobasta ekanini yodda tutish lozim. Darhaqiqat, uzviylik talabalar olayotgan bilimning aniq tartibga solinishini ta’minlaydi.
Uzviylik va uzluksizlik darsliklar va darsning tuzilishida ham namoyon bо‘lishi kerak. YA’ni mavzuni tushuntirish, takrorlash, mustahkamlash, о‘rganilgan materialni identiv maqsadlar qо‘yib tekshirish talab qilinadi. Toki о‘quvchilar tizimli asosda ishlash malakasiga ega bо‘lsinlar.
Fanlararo aloqalar masalasiga alohida e’tibor m qaratish lozim. Chunki, har bir predmetning ichki tuzilishida boshqa bir qator predmetlarga doir materiallar mavjud bо‘ladi. Masalan, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanida falsafa, tarix, pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik, iqtisodiyot va boshqa fanlarga doir bilimlar talab qilinadi.
“Milliy istiqlol hoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanida, umuman ijtimoiy-gumanitar fanlarda fanlararo aloqalar ta’minlansa, bu bir-birini takrorlashning oldini oladi.
Uzluksizlik – “Milliy istiqlol g‘oyasi” fani mavzulari, bо‘limlari, bosqichlarining oddiydan murakkabga qarab о‘zaro bog‘langanligi, bardavomligi demakdir.
4.“Milliy istiqlol g‘oyasi” fanidan о‘quv dasturlari, darslik va о‘quv qо‘llanmalari ta’lim turlari bо‘yicha tuzilgan bо‘lib 1-4 sinflarda bu fanning alifbosi, ya’ni, eng sodda shakldagi ma’no va mazmuni «Odobnoma» darslariga singdirilgan. Har bir sinfda 6-8 soat dars berilgan bо‘lib о‘quvchilarning bilim darajalari va yosh xususiyatlariga moslashtirilgan.
5-6 sinfga mо‘ljallangan о‘quv dasturida va darslikda har bir sinfga 34 soatdan dars ajratilgan va 40 ta mavzu berilgan. Ularda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining eng muhim mavzulari berilgan. Quyida biz buni kо‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |