Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Narxlarni shakllantirish usullari



Download 46,47 Kb.
bet5/6
Sana30.12.2021
Hajmi46,47 Kb.
#198032
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat marketing

4.Narxlarni shakllantirish usullari

Narxlarning shakllantirish usuli e’tirof etilgan ikki vositasi bor. Ular: ustama narx va zarar ko‘rmaslik tahlili. Ustama narx. Ustama narx

— sotish bahosini belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarining yig‘indisiga foyda ko‘rish uchun qo‘shilgan qo‘shimcha haq. U mahsulotning tannarxi bilan uning sotilish narxi o‘rtasidagi farqni belgilaydi. Hozirgi zamon savdosida bu farqni ustama narxni solishtirma salmog‘i orqali ifodalaydilar. Ustama bahoning salmog‘i

— tovarning ishlab chiqarish xarajatlari va uning sotilish narxi o‘rtasidagi farq bo‘lib, u foizlarda ifoda etiladi. O‘rtacha ustama narx

— bir assortiment tovarlariga narx qo‘yilayotganda ishlatiladigan, qayd qilingan qo‘shimcha foizdir. Zarar ko‘rmaslik tahlili. Zarar ko‘rmaslik tahlili

— narxlar belgilab qo‘yilganda hamma xarajatlarni qoplash uchun yetadigan minimal sotish hajmini hisoblash usulidir. Baho (narx)lar tasnifi (klassifikatsiyasi). Narxlar o‘zlari xizmat qiladigan (qo‘llaniladigan) tarmoqlar va iqtisodiy sohalariga qarab quyidagicha tasniflanadilar:

— ulgurji narxlar;

— qurilish mahsulotlari narxi

— xarid narxlari;

chakana narxlar;

— transport va aloqa ta’riflari;

— aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ta’riflari;

— tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha baholar;

— muomala sohasidagi ustama baholar va skidka (bahoning ma’lum foizga kamaytirilishi)lar, qo‘shimchalar. Ularning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Ulgurji narxlar

— mulk shaklidan qati nazar, korxonalarga mahsulotlar sotiladigan va ulardan mahsulotlar sotib olinadigan baholar. Ular o‘z navbatida ikki kichik turga bo‘linadi:

— korxonaning ulgurji bahosi;

— sanoatning ulgurji (sotish) bahosi. Korxona ulgurji bahosining tarkibi keltirilgan. Chakana narxlar

— tovarlarning chakana savdo tarmoqlari orqali aholi, korxona va tashkilotlarga sotiladigan baholari. Chakana narxning ko‘rinishlari

— tijorat va kimoshdi savdosi narxlaridir.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda baholarning ularni belgilashda davlat ta’siridan erkinlik darajasi kabi tasnif belgisi paydo bo‘ladi.

Bunda erkin tartibga solinadigan va qayd qilingan narxlarni ajratadilar.

Bozorga yangi tovarni chiqarayotganida korxona quyidagi narx strategiyalaridan birini tanlaydi:

— «qaymoqlarni suzib olish» narxi;

— bozorga kirish (joriy bo‘lish) bahosi;

— «psixologik» narx;

— xarajatlarni to‘ldirish bilan qo‘yilgan narx;

— mavqeyiga ko‘ra narx;

— sirpanuvchi baho;

— uzoq muddatli narx;

— moslashuvchi baho va hokazo. chakana narxlarning tarkibi keltirilgan

— mavqeyiga ko‘ra narx;

— sirpanuvchi baho;

— uzoq muddatli narx;

— moslashuvchi baho va hokazo. chakana narxlarning tarkibi keltirilgan Narxlar darajasiga ta’sir qiluvchi omillar:

— iste’molchilar;

— davlat tomonidan tartibga solish;

— tovar harakati kanallarining ishtirokchilari;

— raqobatchilar;

— xarajatlar. Narx va narxga daxlsiz raqobat. Narx raqobati

— raqobatning shunday turiki, uning yordamida narxlarda, odatda, pasayish tomonga o‘zgarish ro‘y beradi. Raqobat kurashining bunday turini tovarni ishlab chiqarishda kamroq xarajat qiladigan va buning natijasida eng arzon tannarxga ega bo‘lgan korxonalar qo‘llaydilar. Narxga daxlsiz raqobatda tovarning bahosi hech pasaymaydi, biroq birinchi planga uning nodir xususiyatlari, texnik ishonchliligi va yuqori sifati chiqadi. Narx belgilash va bozor tuzulmasi (strukturasi). Narxlarni shakllanishining hamma qonuniyatlarini tushunish uchun tadbirkor o‘zi olib boradigan narx siyosati bozorning raqobat tuzulmasi (strukturasi)ga to‘liq bog‘liq ekanligini tushunib yetishi lozim. Odatda, to‘rtta turdagi: erkin raqobat, monopolistik raqobat, oligopolik raqobat, sof plonologiya turidagi bozorni ajratib ko‘rsatadilar. Erkin raqobat bozori uchta shart: 1) Ko‘plab firmalar bo‘lishi va har biriga bozorning uncha katta bo‘lmagan ulushi tegishli bo‘lganidan ularning birortasi ham joriy narxlar darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsata olmasligi; 2) Raqobatlashuvchi tovarlarning turdoshligi va o‘zaro almashina olishi; 3) Narx belgilashda cheklovlar yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Erkin raqobat sharoitlarida tovarga bo‘lgan talab uning narxiga to‘liq bog‘liq bo‘ladi. Bunday bozorda juda ko‘p firmalar faoliyat yuritishsa ham ulardan birortasi ham bozorning yetarli darajada sezilarli ulushi ni nazorat qilmaydi.



Xulosa

Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni tashkil etish zaruriyatini borgan sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning o‘rnini yangi turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida

katta foyda keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida muvaffaqiyatga erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllantirish, jiddiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga bog‘liq. Yangi tovarni yaratish jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalarni o‘z vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida raqobat borgan sari kuchayib bormoqda. Ushbu

sharoitda, ya’ni raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini qondirish mumkin. Shuning uchun ham marketingning eng muhim masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish strategiyasi puxta o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi.






Download 46,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish