6-mavzu Tipik kirish signallari
Reja:
Tizimlarining dinamik tenglamalarini tuzish
Tipik kirish signallari
Tayanch so‘z va iboralar: ish rejimlari, boshqarilayotgan kattalik, tizim tenglamalari, chiqish koordinatalari, tipik ta’sirlar, pog‘onali, garmonik, chiziqli.
6.1. Tizimlarining dinamik tenglamalarini tuzish
Avtomatik tizimlarishshg dinamikasi dinamik ish rejimlar ten-glamalari buyicha tekshirilishi mumkin. Tizimning ish rejimlari turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Asosiylariga beriluvchi (boshqaruvchi) va kuzgatuvchi ta'sirlar kiradi. Ko‘p tizimlarning o‘tish jarayonlari ularni inersiyaliliga bilan baholanadi (og‘arligi, induktivlik, sig‘im va x.k.) va analitik ravishda differensial tenglamalar orqali ifodalanishi mumkin. Bu tenglamalar orqali esa boshqarilayotgan kattalikni berilgan xar kanday ta'sirlar natijasida o‘zgarishi aniqlanadi.
Funksional elementlar tizimda xar bir elementning xarakteristikalariga bog‘liq. ravishda chiziqli yoki egri chiziqli bhlishi mumkin. Elemen-tlarning differenщgal tenglamalari bog‘lik bo‘lgan fizik kattaliklar ularning parametrlari deb ataladilar. Parametr bo‘lib massa, sig‘im, induktivlik, inersiya momenti va xokazolar xizmat qiladi. Umuman ol-ganda parametrtar o‘zgarmas bo‘lmay bir qancha faktorlarga bog‘liqdir. Shuning uchun, real elementlar ko‘pincha egri chiziqli xarakteristikasiyatlarga ega bo‘lganliklari bois, egri chiziqli elementlar deb ataladi. Undan tashqari, parametrlar to‘plangan yoki taqsimlangan bo‘lganligi sababli bu ham dinamik tenglamada o‘z aksini topadi.
Tizimning o‘tish jarayoni alohida elementlarning yoki butun ti-zimning differensial tenglamalari orqali aniqlanishi mumkin. O‘tish jarayonining xarakterini aniqlovchi tenglama boshqarish jarayonlarining tenglamasi deb ataladi.
Agar barcha tenglamalarni bir tenglamaga keltirilsa, u holda umumiy holatda chiziqli bo‘lmagan tizim dinamikasinnng tenglamasini olish mumkin:
F1(Xchiq,X chiq,Xchiq,..,X nchiq)=F2(Z,Z',Z'',…,Xkir,X'kirX''kir,…) (3.1)
chiziqli tizimlar uchun superpozitsiya qonuiiyati o‘rinlidir. Shuni qo‘llagan holda quyidagini yozishimiz mumkin.
F1(xchik,x'chik,x''chik,…xnchik) = F21(z,z',z'')+F22(xchik,x'chik,x'chik,…xnchik) (3.2)
Bu yerda Xchiq,X' chiq... - boshqarilayotgan o‘zgaruvchi va uning hosilalari (umumlashtirilgan chiqish koordinatalari); Xkir, X'kir - kirishdagi o‘zgaruvchi (umumlashtirilgan kirish kordinatalari); Z, Z, Z ... - qo‘zg‘a-tuvchi ta'sirlar va ularning hosilasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |