1. Ish rejimiga ko‘ra:
- uzluksiz rejimli (analogli);
- uzlukli rejimda ishlovchi (diskret).
2. Belgilangan ta'sir turiga ko‘ra:
- stabillash tizimi;
- dasturiy boshkaruvli tizim;
- kuzatuvchi tizimlar.
3. Rostlanayotgan parametrlar soniga ko‘ra:
-bir o‘lchamli (bitta sozlanayotgan kattalik, parametrga ega);
-ko‘p o‘lchamli (bir nechta sozlanayotgan kattaliklar, parametrlari bor).
Ko‘p o‘lchamli ABTlarda xar bir rostlanayotgan tizim kattaligi o‘z rostlagichiga ega bo‘ladi va bu tizimlarni ikki xil turga ajratish mumkin:
a) bevosita boshqaruv tizimlari – agar rostlagichlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xolda umumiy ob'ektga ta'sir etayotgan bo‘lsa;
b) bilvosita boshqaruv tizimlari– agar bir ob'ektning turli parametrli rostlagichlari o‘zaro tashqi aloqalar bilan bog‘langan bo‘lsa;
Do'stlaringiz bilan baham: |