II. Ma’ruza mavzulari
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni.
1- mavzu: Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni va ahamiyati.
“O’qituvchi” atamasi, uning shaxsi hamda faoliyati haqida tushuncha. O’qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o’rni.O’qituvchi faoliyati, uning o’ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyati. O’zbekiston Respublikasining “Тa’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o’qituvchi faoliyati mazmuniga qo’yiladigan talablar, o’qituvchining umumiy madaniy saviyasi va qobiliyati. O’qituvchilik faoliyatining tizimi, kasbiy mahorati haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.O’qituvchi faoliyatining asosiy yo’nalishlari. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika.Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga qo’yiladigan talablar.
A1;A2; A3; A4; A5; Q6. Q7. Q8. Q9.Q10.Q11 Q12.Q13. Q14.Q15.Q16. Q17. Q18.
2-mavzu. O’qituvchi faoliyatida pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tasnifi, o’quv materialini didaktik takomillashtirishda ta’lim texnologiyalari. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari, axborotli ta’lim texnologiyalari.
A1;A2; A3; A4; A5; Q6. Q7. Q13. Q14.Q15.Q16. Q17. Q18.
3-mavzu: Qobiliyat. Kommunikativ qobiliyat
Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. Empatiya va perseptiv qobiliyatlar. Didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, bilish va anglash qobiliyatlari.
O’qituvchi irodasi, sabr-toqati, maqsadga intilishi, o’z hatti-harakatlarining to’g’riligiga nisbatan qat’iy ishonchi, uning o’z-o’zini idora qilish hamda boshqalarga ta’sir o’tkaza olish qobiliyati, xis-tuyg’ulari va kayfiyatini boshqara olishi, o’z zimmasiga javobgarlikni ola bilishi, ijodiy holatni tashkil eta olishi kabi sifatlari.
Aloqa o’rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi, uning mohiyati, pedagogik ta’sir etish usullari. O’qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qo’llanadigan muomala uslublari.O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish uslubi: bo’lajak muloqot modulini ishlab chiqish, qisqa muddatli dars yoki tadbirlarni o’tkazish, o’z ustida ishlashga doir mashqlar. O’qituvchining pedagogik muloqotga kirishishida uchraydigan pedagogik nizo va kamchiliklar hamda ularning oldini olish yo’llari. Sharq mutafakkirlari muloqot haqida.
A1;A2; A3; A4; A5; Q6. Q7. Q8.Q15.Q16. Q17. Q18.
Do'stlaringiz bilan baham: |