Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini
ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. T; 2016 y.
2.Sh.M.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi
kerak”. T; 2017 y.
3.Bolalarni
tarbiyalashda
oila,
mahalla,
maktab
hamkorligi
konsepsiyasi. – Toshkent: Rahbar, 1998. –15 b.
4. Uzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Toshkent – 2018.
5.Камилова Г.А,Курбанова Г.Р, Джаббарова С.З. Асобенности
формирования педагогических навыков у воспитателей
дошкольно-образовательных учреждений.// AKADEMI.Научно-
методический журнал,2020 №5
(56).С.25-27.
41
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSIQA
VOSITASIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
N.O.Safarova, f.f.n., dotsent,
N. Farhodova , BuxDU talabasi.
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni
musiqa vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik
muammolari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Musiqa, axloqiy barkamollik, musiqa asari, tarbiya.
Аннотация: В данной статье освещены проблемы связанные с
педагогическим воспитанием детей дошкольного возраста
посредством музыки.
Ключевые слова: музыка, моральное совершенство, музыкальное
произведение, воспитание.
Summary : This article highlights the problems associated with the
pedagogical education of preschool children through music.
Keywords: music, moral perfection, musical composition, education.
Musiqa o‘z tabiatiga ko‘ra inson ruhini tabiat, jamiyat va kundalik
voqelik bilan uyg‘un holda ushlab turuvchi vosita hisoblanadi. Bunday
uyg‘unlik to‘laqonli bo‘lishi uchun umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy
qismlari bo‘lgan aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy tarbiya
bir-biri bilan qonuniy uyg‘unlikda bo‘lishi lozim. Ma’lumki, uyg‘unlik
buzilgan joyda muvozanat va munosabatlar buziladi. Yaratuvchiga,
tabiatga, jamiyatga o‘z qalbi, ongi shuuriga nisbattan aniq maqsadga
qaratilgan munosabatni saqlay olmagan inson mustaqil fikrdan ham
mahrum bo‘ladi. Har qanday jamiyatda yangicha dunyoqarash
insonning insoniy xususiyatlarini belgilashda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda har bir shaxsning ma’naviy-axloqiy olamida estetik
tushuncha tobora kengayib bormoqda. Chunki tarbiyaning xususiy
jihatlaridan tashqari bevosita ijtimoiy hayotning iqtisodiy, huquqiy,
siyosiy, axloqiy tomonlari bilan qonuniy bog‘liqligi oydinlashmoqda.
Ma’naviy, axloqiy hamda madaniy xususiyatlar bevosita nafosat
tuyg‘usining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib bormoqda. Shu
o‘rinda aytish mumkinki, ruhiyatning sog‘lom bo‘lishi va insonning
go‘zallik olamiga olib kelishida musiqiy tarbiyaning o‘rni beqiyos.
Inson ruhiyati go‘zallikda behad halovat topadi. Kuy-qo’shiq tinglagan
ko’ngilda yorug‘ hislar paydo bo‘ladi. Ulug‘ allomalarimiz Abu Nasr
42
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mahmud
Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va
boshqalarning shaxs kamolotida musiqa tarbiyasining o‘rni hamda
estetik mohiyati haqidagi qarashlari bugungi kunda ham tobora
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Insonniy ruhiy tushkunligi va ojizligi
avvalo o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini yug‘otadi. Shuning zamirida
loqaydlik, nodonlik, beqarorlik kayfiyati vujudga keladi. Iroda, vijdon
va g‘urur o‘z imkoniyatini yuzaga chiqara olmaydi. Bunday vaziyatdan
qutilishda musiqa tarbiyasining ta’siri kuchli. Musiqaning bolalar
tarbiyasida tutgan o‘rni xususida O.Ibrohimov, K.Mamirov,
N.Norxo’jaev, H.Nurmatov, D.Omonullaeva, F.Xalilov, R.Qodirov va
boshqa qator pedagog, olim va kompozitorlarimiz ijobiy ishlari amalga
oshirib kelinmoqda. Musiqa vostasida ma’naviy-axloqiy barkamollikka
erishish o‘z–o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Inson ruhan, qalban uni his eta
oladigan shart-sharoit yaratishi lozim. Musiqa asaridan zavq olish
uchun his eta biladigan ijodkor faoliyatini to’g‘ri baholay olish bilan
uzviy bog‘liqdir. Musiqa asariga shunchaki yengil-yelpi qarash va uni
dildan his eta olmaslikning o‘zi nodonlik hamda madaniyatsizlik
alomatidir. Shuning uchun maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
davridayoq musiqa vositasida ma’naviy axloqiylikni shakllantirish,
bolani nafosat olamiga olib kirish, tabiat va jamiyat go‘zalliklarini his
etishga chorlash, insoniylik tuyg‘usining asta-sekin shakillanishga olib
keladi. Musiqa tarbiyasini aqliy, axloqiy, jismoniy va nafosat
tarbiyasidan ayri his etib bo‘lmaydi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning
musiqa vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyasi pedagogika fani oldida
turgan dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, milliy madaniyatimiz,
xalqimizning ma’naviy boyliklari negizi, yuqorida ko‘rib o‘tilgan
mutafakkirlarimiz, olimlarimiz qarashlari va madaniy merosimizdan
samarali foydlanish iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, mafkuraviy ahamiyat
kasb etadi. Musiqa vositasida bolalarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish
musiqaga qiziqish, musaqaviy sezuv, musiqaviy idrok, musiqaviy
xotira, musiqaviy tafakurning nechog‘lik rivoj topganligiga bog‘liq
bo‘ladi. Musiqaviy tafakkurda esa boladagi sub’ektiv faoliyat shaxsning
musiqiy qobiliyatini yuzaga chiqaradi va ma’naviy-axloqiylikni
shakllanishida
muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Ushbu
tizimda
intiluvchanlik bilan maqsadga itiluvchanlik bir oz bo‘lsa-da bir-biridan
farq kilishi ko‘zga tashlanib turadi. Chunki bolaning musiqaga
intiluvchanligi har doim maqsad sari intilishni o‘ziga aks ettira
olmasligi mumkin. Buning uchun musiqaviy tafakkurga xos tahlil va
43
o‘z-o‘zini tahlil eta olish hamda iduktiv-deduktiv ko‘rinishida oz
bo‘lsada xulosa chiqara olish qobiliyati bo‘lishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga musiqiy ta’lim-tarbiya
berish va shu orqali ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan to‘g‘ri
shakllantirib borishda alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, o‘zbek
musiqa madaniyatini bog‘chalarga keng tadbiq etishga berilayotgan
e’tibor milliy-ma’maviy qadriyatlarimiz bilan uyg‘unlashib, chuqur
ma’no va mazmun kasb etmoqda. Bu jarayon uluksiz musiqa tarbiyasi
texnalogiyasini yaratish shart-sharoitlarini keltirib chiqarmoqda.
Bolalarbop milliy musiqa asarlarining ran-barang shakl va janrlarini
bolaning yosh va induvidual xususiyatlariga qarab tanlash, tizimiylik va
izchillik tamoillari asosida uyg‘unlik sari berib borilishi, yosh
davrlarga mos musiqiy tarbiya dinamikasini aniqlash va uni
takomillashtirish shakllarini beradi.
Shunga muvofiq, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni
ma’naviy-axloqiy shakllantirish maqsadida DTS talablariga rioya qilish
va shu asosda musiqiy ta’lim-tarbiyani uzluksiz takomillashtirib borish
dolzarb muammo hisoblanadi.Musiqa vositasida bolalarni ma’naviy-
axloqiy shakllantirish ularni dunyoni estetik his etish, olam ichidagi
olamni tasavvur etish va anglashda yuksak parvozlar sari etaklaydi.
Ruhiy uyg‘unlik shaxs kamolotining ma’naviy axloqiy va kasbiy
mezoniga aylanadi. Shunday ekan, musiqa vositasida bolalarni
ma’naviy-axloqiy shakllantirish uzluksiz davom etadigan jarayon bulib,
bog‘cha yoshi davridan boshlab go‘zallik tuyg‘ularini bolaning ongi
shuuriga singdirib borishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |