Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Tayanch so’zlar: jismoniy tarbiya , jismoniy madaniyat, 
sog’lomlashtiruvchi 
vazifalar, 
kompetensiyalar, 
chidamlilik, 
chiniqtirish 
Ключевые слова: физическое воспитание, физическая кулътура, 
оздоровителъные 
задачи, 
компетентностъ, выносливостъ, 
гигиеническая подгатовка
Keywords: physical education, physical culture, health-improving tasks, 
compentence, endurance work, hugiene training 
 


45 
“Aziz do’stlar! Bugun biz yurtimizda keng ko’lamli islohotlar va jadal 
o’zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz va bu yo’lda jismoniy sog’lom va 
barkamol avlodni voyaga yetkazish bizning ustuvor vazifamiz va biz 
buning uchun bor kuch va mablag’imizni safarbar etamiz. Shu ma’noda 
biz jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor bermoqdamiz.” 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
 
Bolaning sog’lom va barkamol shaxs bo’lib yetishishida aqliy 
rivojlanishi bilan birgalikda uning jismoniy rivojlanishi ham asosiy 
tamoyillardan biri hisoblanadi. Bolaning jismoniy rivojlanishi esa sport 
va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanishiga bog’liq. Jismoniy 
tarbiya bu- badan tarbiya sog’liqni mustahkamlashga, odam 
organizmini uyg’un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy 
tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini 
bildiruvchi ko’rsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy 
vositalari: jismoniy mashg’ulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va 
turmush gigeyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik 
tarbiya bilan qo’shib olib boriladi. 
Ibtidoiy davrdan boshlab jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. 
Dastlab u jismoniy mashqlar, turli o’yinlar, mehnat jarayonlari, 
ovchilik, harbiy harakatlarga o’xshatilgan musobaqalar va sinovlar 
shaklida mavjud bo’lgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Uyg’onish 
davrida jismoniy tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi, gumanistlar 
jismoniy tarbiyani o’quv dasturiga kiritishga uringanlar. Jismoniy 
tarbiyaga o’rta asrlarda oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik 
jarayonning muhim qismi sifatida qarala boshlandi. J.J.Ruso “Emil, 
yoki Tarbiya to’g’risida” deb atalgan pedagogik risolasida jismoniy 
tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi 
ahamiyatini ta’kidlagan. 
Biz yuqorida jismoniy tarbiyaning tarixi va uning qanday rivoj 
topganini qisqacha ko’rib chiqdik. Endilikda esa Maktabgacha ta’lim 
tizimida uning ahamiyati va shu tizimda jismoniy madaniyat va 
jismoniy tarbiyani shakillantirish haqida to’xtalib o’tamiz. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri o’sib 
rivojlanib kelayotgan bolalarni har tamonlama aqliy va jismoniy , 
sog’lom va barkamol, yetuk shaxs qilib tarbiyalash va bundan tashqari 
maktab ta’limiga sifatli tayyorlash hisoblanadi.Maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalar organizmining o’ziga xosligi shundaki, u juda tez 


46 
o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va 
sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo’ladi, shunga ko’ra u 
tez jarohatlanadi. Bolaning asab tizimining rivojlanishiga esa atrof-
muhit butun shart-sharoit o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bolaning imun 
tizimini shakllantirishda jismoniy tarbiya katta rol o’ynaydi. Shu bilan 
bir qatorda jismoniy tarbiya bolalrning tipologik xususiyatlariga 
individual tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit ,chiniqish 
faol harkat faoliyati,bolaning emotsional holatini amalga oshirish 
maqsadida hisobga olinadi. Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini 
mustahkamlaydi va uning faoliyatini yaxshilaydi. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida ta’lim oluvchi har bir guruh yoshidagi bolalrning asosiy 
faoliyati o’yin ekanligi hech kimga sir emas. O’yin faoliyati esa 
bevosita jismoniy harakatlar bilan bog’liq. Jismoniy tarbiya shaxsni har 
tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni 
paytda u aqliy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks 
tarzda hal etadi. “ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat 
o’quv dasturiga nazar tashlaydigan bo’lsak: unda bolaning rivojlanish 
sohalari kompetensiyalari qismi quyidagicha keltirib o’tilgan. 
Bolaning kompetensiyalari bola rivojlanishining quyidagi sohalarida 
belgilanadi: 

Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi 

Ijtimoiy –hissiy rivojlanish

Nutq , muloqot, o’qish va yozish malakalari 

Bilish jarayonining rivojlanishi

Ijodiy rivojlanish
“Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi” 
sohasidagi o’quv tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli 
bola: 

O’z imkoniyatlari va yoshi bilan bog’liq jismoniy rivojlanish 
me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi 

Turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli 
bajarishni biladi 

Turli hayotiy va o’quv vaziyatlarida mayda motorika 
ko’nikmalaridan foydalanadi 

O’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi 

Shaxsiy gigiyena malakalarini qo’llaydi 

Sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi 

Xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi 


47 
Bundan ko’rinib turibdiki, bolaning jismoniy tarbiya bilan 
shug’ullanishi uning jismonan, ruhan va aqlan rivojlanib shakllanishiga 
katta ta’sir ko’rsatadi.
Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga jismoniy beishda quyidagi 
birinchi darajali vazifalar berilgan:
1.
Sog’lomlashtiruvchi 
vazifalar 
– 
bolalar 
sog’lig’ini 
mustahkamlash, uzoq umr ko’rishni ta’minlash
2.
Ta’limiy vazifalar – jismoniy sifatlarni shaklllantirish, gigiyenik 
ko’nikmalarni tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni berib 
boorish 
3.
Tarbiyaviy vazifalari – sportga munosabatini oshirish, ijobiy 
xislatlar(uyishqoqlik, kamtarlik, intizomiylik), irodaviy fazilatlar( 
chaqqonlik, botirlik, qatiiylik, chidamlilik ) va boshqa fazilatlarini 
shakllantirib takomillashtirish 
Bu vazifalar bolalarning jismoniy mashg’ulotlar davomida nimalarni 
o’zlashtirishi kerakligini bosqichma – bosqich belgilab bergan. 
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo tarbiyachi 
pedagoglar katta rol o’ynaydi. Tarbiyachilar jismoniy mashg’ulotlarni 
olib borayotganda quyidagilarga e’tibor bermoqligi zarur.
I.
Mashg’ulot davomida bolaning yoshiga
II.
Mashqlarning qiyinchilik darajasiga
III.
Mashgu’lotlarning to’g’ri ketma – ketlikda tuzilganiga
IV.
Mashg’ulot o’tkaziladigan maydonning gigiyenik tozaligi va 
xavfsizlik darajasiga
V.
Mashg’ulot jaryonining boshlashdagi va tugallash jarayonidagi 
bolaning holatiga e’tiborli bo’lmog’i zarur.
Jismoniy tarbiya berish jarayonida qo’llanuvchi ta’lim metodlari 
quyidagilar: Bolaga jismoniy tarbiya berish jarayonida eng asosiy 
metodlardan biri “Jismoniy zo’riqishni muhofiqlashtirish usuli hamda 
bu zo’riqishlarni dam olish bilan qo’shib olib borish” tartibi 
hisoblanadi. Bolaning shu jarayon davomida ijodiy imkoniyatlarini 
shakllantirish maqsadida ta’limning axbarot – retseptiv va reproduktiv 
metodlaridan,umumiy didaktik usullardan foydalaniladi. Misol uchun : 
a.
Reproduktiv metod – axbarot berish, topshiriq berish 
b.
Ko’rgazmali metod – taqlid qilish, ko’rsatib berish
c.
Og’izaki metod – izohlab tushuntirish ko’rsatma va farmoyishlar 
d.
Amaliy metod – mashqni takrorlash, o’yin, musobaqa va 
boshqalar kiradi. 


48 
Barchamizga ayonki, bola tarbiyaning asosiy qismini oila davrasida 
shakllantiradi. Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, bolarga 
jismoniy tarbiyani va madaniyatni shakllantirishda ham oilaning o’rni 
sezilarli. Maktabgacha ta’limda olib boriladigan jismoniy mashg’lot 
yoki musobaqalarda oila a’zolarining ishtirok etishi ham bolada bu 
mashg’ulotlarga qiziqishi va hayotiy faoliyatiga qanchalik muhim va 
kerakli mashg’ulotlar ekanligini tushunib yetishi oson va tez kechadi, 
samaradorlik darajasi ham oshadi.
Jismoniy tarbiya bu faqatgina jismoniy harakatlar bilan bog’liq 
bo’libgina qolmayuning tarkibiga quyidagilarni kiritsa ham bo’ladi; 

Kun tartibini to’g’ri olib borish

Umumiy va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish 

Tabiat qo’ynida chiniqish

Mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil qilish va hokazolar. 
Yuqorida ko’rib chiqqanlarimizning barchasi bola o’sib rivojlanishiga 
tasir qiluvchi omillar hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, maktabgacha ta’lim tizimida jismoniy 
tarbiyani shakllantirish bolaning eng avvalo sog’ligi va rivojlanishiga 
qaratilgan harakatlar hisoblanadi. Bola qancha jismonan sog’lom bo’lsa 
uning har tomonlama rivojlanishi, bilim olish jarayonida ishtirok 
etuvchi barcha psixologik jarayonlar (diqqat, xotira, tafakkur va 
boshqalar) va shu bilan birga uning kelajakdagi mehnat va keyingi 
o’qish faoliyatlarining ham sifati oshib boradi. Yoshlar qanchalik 
sog’lom bo’lsa, davlat kelajagining yuksalib rivojlanishi shuncha oson 
va tez sur’atlarda kechadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish