Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Annotattion:
Preschool educators are primary educators of 
preschool education, which is its main base. The article describes 
the responsibilities and skills of a teacher based on the state 
program "First Step"
Key words:
curriculum, teacher, profession, socio-political, task, 
qualification requirements. 
“Kadrlar 
tayyorlash 
milliy 
dasturi”, 
O’zbekiston 
Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi qonun, milliy tajribaning 


264 
tahlili ta`lim tizimida yuksak umumiy kasb-hunar madaniyatiga, 
iqtisodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil 
ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan 
istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning 
yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir. Har qanday 
mamlakatning kuchi uning fuqarolarining ma`naviy yetukligi, 
intellektual salohiyatiga egaligi bilan belgilanadi. 
Fuqarolarning ma`naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa 
ta`lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi 
uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma`naviy shart- sharoitlarning 
mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog’lom muxit 
darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining 
xususiyatlari, ahloqiy qarashlari va hayotiy e`tiqodlari asosida 
shakllantiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy modelining 
asosiy tarkibiy qismining 3-bandida belgilangan uzluksiz 
ta`limning ilk bosqichidagi maktabgacha ta`lim murg’ak bolaning 
sog’lom xar tomonlama kamol topib shakllanishini ta`minlaydi. 
Unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta`lim 
olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat 
va nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari va oilalarda 
tarbiyalanadi. 
Keyingi yillarda maktabgacha ta`lim muassasalarining yangi 
tarmoqlari shakllanib bormoqda. Bu o’rinda xonadon bog’chasi 
hamda bolalar bog’chasi, boshlang’ich maktab majmualarini 
misol keltirish mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasalari bolalariga tasviriy san`at, 
musiqa, til va kompyuter savodxonligini o’rgatuvchi guruxlar 
tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarning Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari 
asosida ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab jarayon bo’lib, 
ushbu faoliyat bilan shug’ullanuvchi pedagog-tarbiyachilar 
zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Mazkur holat yosh 
avlod ta`lim-tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat 
shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda 
muhim ahamiyagga ega ekanligini anglatadi. O’zbekiston 
Respublikasida pedagog-tarbiyachilarning ma`naviy qiyofasi, 


265 
aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar 
qo’yilmoqda.
“Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun boshqalarning aql-idrokini 
o’stirish, ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy 
vatanparvar, 
haqiqiy 
fuqaro 
etish 
uchun, 
eng 
avvalo 
tarbiyachining o’zi shunday yuksak talablarga javob berishi, ana 
shunday buyuk farzandlarga ega bo’lishi kerak“. Yuqorida qayd 
etilgan fikrlar bugungi kun pedagogik tarbiyachisi shaxsiga 
nisbatan qo’yiladigan talablar mazmunini anglatadi. 
Tarbiyachi pedagogik, psixologik va mutaxassislik 
yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma`lumot, kasbiy tayyorgarlik, 
yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta`lim muassasalarida 
faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi. Bizning nazarimizda 
zamonaviy pedagog-tarbiyachi shaxsiga quyidagi fazilatlar 
bo’lishi shart. 
Pedagog-tarbiyachi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan 
o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini 
chuqur anglab olishi hamda bu borada tarbiyalanuvchilarga to’g’ri 
asosli ma`lumotlarni bera olishi. 
1.Zamonaviy tarbiyachining ilm-fan texnika va texnologiya 
yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi.
2.Tarbiyachi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga 
ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz ishlashi. 
3.Tarbiyachi pedagogik va psixologik fanlari asoslarini puxta 
bilishi, ta`lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh va 
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil 
etishi. 
4.Tarbiyachi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod 
va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega 
bo’lmog’i. 
5.Tarbiyachi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotcxilik qobiliyatiga 
ega bo’lishi. 
6.Tarbiyachi yuksak darajada pedagogik mahorat, chunonchi 
kommunikativlik layoqat pedagogik texnika, nutq, yuz, oyoq-qo’l 
va gavda qo’l harakatlari, mimika, pantomimika, koidalarini 
chuqur o’zlashtirib olishga erishishi. 
7.Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo’lishi, uning nutqi quyidagi 
xususiyatlarni o’zida aks ettira olishi: 


266 
a) 
nutqning to’g’riligi; 
b) 
nutqning aniqligi; 
v) 
nutqning ifodaliligi; 
g) 
nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, 
faqat adabiy tilda ifoda etilishi); 
d) 
nutqning ravonligi; 
j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar hamda 
ko’chirma gaplardan o’rinida va samarali foydalana olish). 
8.Tarbiyachi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim 
kiyinishi), ta`lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining diqqatini 
tez jalb qiluvchi turli xil bezaklardan foydalanmasligi fasl, yosh, 
gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto soch surati va turmagiga 
muvofiq ravishda kiyinishi o’zlashtirishga erishishi.
9.Tarbiyachi shaxsiy hayotda ham atrofdagilarga o’rnak bo’la 
olishi. 
10.Tarbiyachi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi 
qiyofasi uning tarbiyalanuvchi hamkasblar hamda ota-onalar 
o’rtasida obro’-e`tibor qozonishini ta`minlaydi.
11.Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari 
qilib tarbiyalashdek faxrli ish bilan birga masuliyatli vazifani 
bajaradi.
12.Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarnsh tarbiyalash sifati 
uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z masuliyatini anglashga, 
malum tarzda vazifalarini hal etishga ijodiy yondashishi, o’z 
mahoratini doimo takomillashtirib borishi, hamkasblarining ishiga 
ko’maklashishga yordam beradi. 
Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan 
o’lka hayotini, tarixini bilishi, tabiat va jamiyat qonunlarini 
tushunishi, ijtimoiy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya 
pedagogikasi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va 
bolalarni yosh xususiyatlari uni bilib olishi kerak.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish