Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Ключевые слова: образование, педагог, развитие, култура, духовност, 
спаобност, умение, интеллект, образ учителя, коррексия, деятелность. 
Annotation: This article reflects the use of the peculiarities of regular research in 
improving the quality of professional activities in the system of pre-school 
education, the development of skills and abilities of the pedagogue during 
pedagogical trainings. The author analyzed the need for a teacher-educator to 
understand the results of his professional activity, and to find out and improve the 
learning outcomes of his pedagogical activity. 
Key words: education, teacher, development, culture, spiritual, capability, 
ability, image of teacher, intellect, correction, activity 
 
 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lishi, jahonning 
eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o’rin olishi uchun xuddi shu mamlakatda 
yashaydigan yoshlar barkamol va raqobatbardosh kadrlar, aql egalari, yuksak 
madaniy saviya va ma’naviyatga ega bo’lishlari hozirgi kunninig talabidir. Keyingi 
yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor 


10

yo’nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy 
ta’lim tizimini yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
O’zbekiston Respulikasi 3775-Prezident qarorining Oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, 
shuningdek, 
2017-2021 
yillarda 
O’zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus vazirligi, tasarrufida 
oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning 2018-2019 
o’quv yilidan boshlab; alohida ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qish 
muddati kamida uch yil bo’lgan bakalavriat yo’nalishlarga 
ixtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etish to’grisida qaror qabul 
qilindi. 
Hozirgi kunda uzluksiz ta’limning boshlang’ich maskani bo’lgan 
maktabgacha ta’lim muassasalariga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash hozirgi maktabgacha ta’lim 
muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining bir butun yaxlit holicha 
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim sifat va samaradorligini 
oshirishda bolalarni maktabga tayyorlash bu pedagogik jarayoning 
o’ziga xosligidir. Bu o’ziga xoslik maktabning ta’lim-tarbiya ishidan 
nusxa ko’chirishda emas, balki bolalarning maktabda muvaffaqiyatli 
o’qishi uchun zarur bo’ladigan sifatlarni og’ishmay shakllantirishga 
yo’llangan faoliyat va xulq –atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir. Bu 
balalar faoliyatining barcha turlarini murakkablashtirishda, bolalar 
tomonidan 
ularni 
amalga 
oshirishning 
murakkab 
usullarini 
o’zlashtirishda, bolalar faoliyati va xulq-atvorlarining jamoatchilik 
yo’nalishini rivojlantirishda va bolalar faoliyatining ijtimoiy-foydali 
asoslarini ilgari surishda namoyon bo’ladi. Maktabgacha ta’limda 
pedagogik jarayon bolalar xulq-atvorlari va faoliyatiga ularning 
shakllanayotgan imkoniyatlari va maktab majburiyatlarini hisobga olib 
talablarning so’zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi. Maktabgacha 
ta’limning 
sifat 
va 
samaradorligini 
oshirishda 
bolalarning 
mustaqilliklari, ularning uyushganliklari, asosiy faoliyat turlari o’yin, 
o’qish, samarali mehnati yuqori darajaga chiqa boshlaydi. Buni biz 
bolalarning kundalik hatti-harakatidan bilishimiz mumkin. Bolalar 
yuvinish, kiyinish, ovqatlanishini kundan kunga tezlasha boradi. Bu esa 
bajarish vaqtlari sekin –asta qisqaradi, bir faoliyat turidan ikkinchi 
faoliyat turiga tezroq o’ta boshlaydi. Bu nimadan dalolat beradi, 


10

maktabgacha ta’lim belgilangan dastur asosida pedagogik jarayonini 
yo’lga qo’yilishi va shu asosida tashkil etilishidir. Mashg’ulotlar 
davomida tarbiyachining muloqot usuli ham asta -sekin murakkablashib 
boradi, bolalar ko’proq mustaqil fikr yurita boshlaydi. Mashg’ulotlar 
davomida bolalar voqealikni turli sohalari haqidagi tasavvurlarini 
yarnada kengaytiradi va to’g’ri dunyoqarashini shakllantirishga oid 
jadal ishlar olib boriladi. Muhim vazifa bolalarning bilimlarini 
o’rganilayotgan narsa va hodisalardagi muhim belgi hamda 
munosabatlarni 
ajratish 
asosida 
yanada 
umumlashtirishga, 
solishtirishga, taqqoslashga o’rganadi. Maktabgacha ta’limda sifat va 
samaradorligini oshirishda bolalar atrof dunyo, narsa va hodisalarni
mezonlarni umumlashtira bilishi va tabaqalashtira bilishi lozim. Istalgan 
o’quv fanini egallash bolada mazkur o’quv fani va ko’rib chiqilayotgan 
voqelik hodisalarni ajratish va o’z bilish ob’ektiga aylantirish
qobiliyatining albatta mavjud bo’lishini nazarda tutadi. Bugungi kunda 
pedagogik jarayonni amalga oshirish bolalarda taqqoslash, solishtirish, 
qiyoslash, umumlashtirish, tahlil qilish qobiliyatini muayyan darajada 
rivojlantirishni talab qiladi. 
Maktabgachi ta’lim tizimida dastur asosida ko’rsatilgan barcha 
mashg’ulotlar izchil tashkil etilsa o’zaro fanlar o’rtasidagi muhim 
bog’likliklarni eritib beradi, bog’chada mazkur masalalarga nazariy 
yondoshuv 
asoslarini 
shakllantirishga 
yordam 
beradigan 
umumlashtirilgan tasavvur va elementlar tushunchalarni bolalarda 
tarkib toptirishini ta’minlaydi. 
Hozirgi ilmiy tadqiqotlar dalolat berishicha bolalarni tabiat haqidagi 
bilimlarini tizimlashtirishning asosini organizmning yashash sharoitlari
bilan aloqasi jonivor tanasi tuzilishining yashash sharoitlariga 
bog’liqligi, yashash muhiti, himoya vositalari, oziqlanishi haqidagi 
mashg’ulotlar izchil tashkil etilishi kerak. Bolalar kattalar mehnati 
haqidagi bilimlarni shakllantirishda tizimlashtirishning asosini mehnat , 
mehnat buyumini kishilar ehtiyojini qondirish uchun mehnat 
mahsulotiga aylantirish aloqalarini tushunishga yordam beradi. 
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida mashg’ulotlar bolalarni 
matematika tasavvurlarini shakllantirish va savodini chiqarish uchun 
tayyorlashga oid jadal ish olib borilmoqda. Bu esa, bolalarning 
matematika va ona tili sohasidagi bilimlari yangi, yanada yuqoriroq 
bosqichga ko’tarilishiga yordam beradi. Matematikaga doir dasturni 
egallash bolalarga keyinchalik matematika bo’lgan tasavvurlarini 
rivojlanishi uchun muhim bo’lgan butun sonlar qatori qonuniyatlari , 
bolalar uchun yangi voqeylikning miqdoriy tomonlarini bilish vositasi 


10

sifatida o’lchov faoliyati, qism va butun, o’lchov va o’lchash o’rtasidagi 
funktsional bog’liqliklar va shu kabilar haqidagi qoidalarni 
anglashlarida yordam beradi. Bularning barchasi matematik bilimlar 
mazmunini ongli, faol egallashlarini ta’minlaydi. Nutq o’stirish 
mashg’ulotlarida bolalar nutqqa til voqealigi sifatidagi yangi lingivistik 
munosabat asoslarini o’zlashtira boshlaydilar. Bolalar tomonidan 
nutqning tuzilishi, uning og’zaki va tovush tarkibini oddiy o’zlashtirish 
sodir bo’ladi, so’z til voqeligi degan ilk tasavvur tarkib toptiriladi. 
Bolalar tegishli atamalar; gap, tovush, bo’g’in, harf, so’z tarkibi
kabilarni egallab oladilar. Bu bolalarni savodni egallash va o’z ona tilini 
o’rganishda muhim ahamiyatga ega. 
Tizimli mashg’ulotlar tashkil etilishida bolalarning matematik
tasavvurlarini rivojlantirishga, tahlil, umumlashtirish, taqqoslash, 
solishtirish, qiyoslash tasniflash usullarini takomillashtirishga yordam 
beradi. Bu jarayonda bolalarni vokelikni bevosita bilishdagi bilvosita 
bilishga ko’chirishning roli kattadir. Bolalar kattaliklarning miqdoriy 
o’zaro munosabatlarni o’lchashlar vositasida aniqlashni, narsalarni 
ko’rib chiqish yoki qiyoslashda kuzatishlar chizmalaridan 
foydalanishni, narsalarning sifat va xususiyatlarini o’rganib boradilar. 
Tarbiyachi-pedagog bolalar mustaqilligini rivojlantirar ekan, ularga 
kundalik hayotida o’yin, o’qish, mehnat faoliyatlarini rejalashtirishni 
ham izchil tarzda o’rgatib boradi. Bu ko’nikmalar faoliyatning barcha 
turlarida tarkib toptiriladi.. Bolalar avval tayyor reja bo’yicha harakat 
qilishni, so’ngra rejani tarbiyachi bilan birgalikda tuzishni va shundan 
so’ng o’z faoliyatlarini mustaqil rejalashtirishni o’rganadilar. Bolalar 
faoliyatining samaradorligi oshib boradi. Har bir bolaning topshiriqni 
to’liq bajarishiga qat’iy erishib, tarbiyachi ish natijalarini baholashga 
bir necha nuqtai nazardan yondashadi. Bunda topshiriqni bajarishdagi 
aniqlik, uning sifati, ishning zarur sur’atini saqlash ko’nikmasi, o’zini-
o’zi nazorat qilish baholanadi. O’zini-o’zi nazorat qilishning ta’sirini 
tarbiyachi asta-sekin natijani nazorat qilishdan, topshiriqni bajarish 
jarayonidagi harakat usullarini nazorat qilishga va so’ngra nazoratdan 
oldingi elementlarga tomon rivojlantiradi. Mashg’ulotlarda bolalarda 
o’quv faoliyati va uyushgan xulq-atvor malakalarini maqsadga 
muvofiq harakat qila olishlari , butun mashg’ulot davomida mashg’ulot 
mazmuniga qiziqish, diqqat e’tiborni saqlash, ishni oxiriga yetkaza 
bilish, vazifani bajarish jarayoni va uning natijasini topshiriqqa muvofiq 
baholash, tarbiyachi savollarga baland ovozda va mantiqli javob berish, 
o’z fikrini tushunarli va savodli ifodalash mazkur ish samaradorligining 
dalolatidir. 


10

Xulosa qilib aytganda, ta’lim samaradorligini oshirishda pedagog-
tarbiyachi tomonidan o’z kasbiy faoliyati natijalarini anglab yetishi 
uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini yanada takomillashgan 
usullarini izlash va ularni o’zlashtirish zaruriyatini ta’minlaydi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish