381
iborat nutqiy madaniyat malakalarini shakllantirmoqdir. Zotan, nutq
madaniyati tildan bеmalol va maqsadga o’ta muvofiq tarzda
foydalana olishni ta'minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning
jami dеmakdir. Nutqning ifodaliligi, xususan tarbiyachi nutqi ustida
ishlashda
og'zaki
nutq
uchun
ifodalilikning
intonatsion
vositalaridan to'g'ri foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Shuning
uchun tarbiyachi o'z nutqida urg'ularni to'g'ri ishlatish, ovoz
tempini va kuchini o'zgartirish bilan so'zlarning mazmunini
ajratish, to'xtamlardan nutqda ovozni vaqtincha to'xtatish (o'rinli
foydalanish, nutqda ovozning balandligi va kuchiga qarab
harakati, nutq tempi, ma'lum vaqt ichida aytiladigan so'zlar
miqdori), ovoz balandligini o'zgartirish ustida mashq qilish lozim.
Intonatsiya nutqni jonli, jo'shqin qiladi, fikrni to'liq va tugallangan
holda bayon etishga yordam beradi.
Har bir yosh guruhidagi bolalar, o'z tarbiyachilari
bilan maishiy-
xo'jalik, mehnat, o'yin faoliyatida muloqotda bo'ladilar.
Tarbiyachi bolalar o'yinini tashkil etadi, badiiy asarlarni o'qib
beradi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining
yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo'ladi va
bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o'z aksini topadi.
Demak,
bolalar
bog'chasi
tarbiyalanuvchilarining
nutq
xususiyatlari to'laligicha tarbiyachi nutqiga bog'liq. Doimo
bolalarning diqqat markazida bo'lgan tarbiyachining nutqi bolalar
uchun madaniy nutq namunasi hisoblanadi.
Tarbiyachi har doim o'z nutqiga tanqidiy nuqtayi nazardan
qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf
etishga harakat qilishi lozim. Biroq u har doim ham o'z nutqidagi
kamchilikni aniqlashga muvaffaq bo'lmaydi, chunki uning diqqati
nutqining shakliga emas, balki mazmuniga qaratilgan bo'ladi.
Bundan tashqari, uzoq vaqtgacha o'z
nutqiga ehtiyotsizlik,
e'tiborsizlik bilan qaraganligi tufayli, ayrim kamchiliklar nutqiga
mustahkam o'rnashib qolishi va bu nuqson o'ziga mutlaqo
sezilmasligi mumkin. Buning uchun tarbiyachi hamkasblarining
ko'rsatmalariga amal qilishi va bu kamchilikni bartaraf etishga
harakat qilishi kerak.
Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash —bu uning o'z kasb-
koriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi.
Tarbiyachi o'z lug'atini, uning
grammatik tomonini badiiy, ilmiy,
maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o'qib borish bilan
382
boyitadi va takomillashtiradi. Biroq tarbiyachi adabiyotlarni o'qish
jarayonida uning mazmuniga, yangi so'zlarga ahamiyat beribgina
qolmasdan, balki muallifning asar mazmunini ochishda tilning
qaysi vositalaridan foydalanganligiga, qaysi so'z va grammatik
shakllani ishlatganligiga, materialni qay darajada bayon etganligiga
ham e'tiborni qaratishi kerak.
Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va
uslubiyotlarini
ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya
bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.I.Tixeyeva tarbiyachi
nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog'chada bola-
lar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning
tilidir, tarbiyachming tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda
kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtira-
digan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy
taiaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim".
Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo'yilgan talablarni juda
yaxshi bilgan holda o'z nutqidagi
kamchiliklami bartaraf etib
borishi kerak.
Shunday qilib, tarbiyachi nutqidagi so'zlar aniq tanlansa,
jumlalar grammatik tomondan to'g'ri bo'lsa, undagi fikrlar oddiy,
aniq, ravshan bo'lsa, izchil ketma-ketlikda bayon etilsa,
bolalarning yoshi va psixik xususiyatlari hisobga olinsa, bunday
nutq bolalar tomonidan osonlik bilan idrok qilinadi va ular uchun
tushunarli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: