ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
БУХОРО ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
Педагогика факультети
Педагогика кафедрасининг
Талабалар турар жойида
“Кафедра кунлари ” да ўтказилган маънавий-
маърифий тадбирлар
2019-2020 ўқув йили
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
БУХОРО ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
Педагогика факультети
Педагогика кафедраси
ўқитувчиси Хожиева Матлуба Шукуровнанинг
2019-2020 ўқув йили
1-modul. Andragogikaning nazariy asoslari
1-mavzu: Uzluksiz ta’lim tizimida andragogika
Uzluksiz ta’lim tizimi tuzilmasi. Rasmiy va norasmiy ta’lim. Katta yoshdagi kishilar ta’lim jarayoni ishtirokchisi sifatida. Andragogika ilmiy bilim, ijtimoiy siyosat sohasi, o‘quv fani sifatida: andragogikaning predmeti, andragogikaning fanlararo aloqadorlik tavsifi, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini tayyorlashning andragogik komponenti.
2-mavzu: Katta yoshli kishilar ta’lim sub’ekti sifatida
“Etuklik” tushunchasi. Kasb va karera, uy va oila, shaxsiy rivoyjlanish, bo‘sh vaqtdan foydalanish, salomatlik, jamoaviy hayot kontekstida yosh davrlari tavsifi. “Katta yoshli kishi” kategoriyasi: individ, shaxs, sub’ekt, individuallik. Katta yoshli kishilarni o‘qitishning o‘ziga xosliklari: muammo va qo‘shimcha ta’lim olish ehtiyoji; shaxsiy ma’lumot so‘rovi; yoshidan qat’iy nazar ta’lim olishga qobiliyat; shaxsiy hayotiy faoliyat tajribasi. Ta’lim sub’ekti tushunchasi. “Ko‘lami bo‘yicha” sub’ektlar tasnifi; guruhiy, korporativ, ommaviy, integrativ, tarmoq. Ta’lim oluvchi sifatida kattalar faoliyatining sub’ektivlik xususiyati. Katta yoshli kishilar sub’ektivligining ko‘rsatkichlari. Kattalar ta’limida yuzaga keladigan qiyinchiliklar: psixofiziologik, ijtimoiy-psixologik, psixologik-pedagogik. Katta yoshli kishilarni o‘qishga tayyorlash shartlari.
3-mavzu: Katta yoshdagi aholining ijtimoiy himoyalanmagan guruhlari ta’limining o‘ziga xosliklari
Aholini ijtimoiy himoyalash ijtimoiy farovonlik profilaktikasi chora-tadbirlari tizimi sifatida. Ta’lim katta yoshdagi kishilarni ijtimoiy himoyalash omili sifatida. Ta’lim sohasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezuvchi ijtimoiy guruhlar: oliy ta’lim bitiruvchilari, mehnatga layoqatli nogironlar, ishsizlar, yollanib ishlovchi kishilar, zahiradagi harbiy xizmatchilar, migrantlar, yolg‘iz ayollar, pensiya yoshidagi keksa kishilar, ozodlikka chiqqan kishilar. Ta’limning maxsus turlari tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi mehnat va bandlikni ta’minlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, nodvlat ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat ta’lim tashkilotlari.
4-mavzu: Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash
Ishsizlarni kasbiy qayta tayyorlashni tashkil etish va mazmuni. Aholining bandligini ta’minlash xizmatining ishsizlarni kasbiy qayta tayyorlashdagi roli. Ishsizlarni kasbiy qayta tayyorlashni tashkil etish va mazmuniga ta’sir etuvchi omillar: ijtimoiy-demografik, shaxsiy, mehnat bozori ehtiyojlari. “Ikkinchi marta ishsizlik” tavsifi. Ishsizlar ta’lim sub’ekti sifatida. Kasbiy qayta tayyorlashning vazifasi – yangi kasbni egallash motivatsiyasini shakllantirish. Ishsizlarni qayta tayyorlashning ikki guruh maqsadlari tizimi: birinchi guruh – kasbiy ko‘nikma va malakalarning minimum talablarini shakllantirish, faoliyatning yangi usullarini o‘zlashtirishga tayyorlikni shakllantirish, yangi ish joyiga mutaxassisni adekvat tayyorlashni ta’minlash; ikkinchi guruh – o‘z imkoniyatilariga ishonchni shakllantirish, talabgorga ish o‘rnini ta’minlash, yangi ish o‘rniga faol adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy va kasbiy safarbarlikni namoyon etishga tayyorlash. Ishsizlarni o‘qitishga doir andragogik yondashuvlar. Ishsizlar ta’limi mazmuni bloklari: diagnostik, ijtimoiy-psixologik, texnologik, kommunikativ, lingvistik, axborot, moliyaviy-huquqiy, kreativ, valeologik.
5-mavzu: Katta yoshdagi nogironlarning maxsus ta’limi
Nogironlarning hayotida ta’limning o‘rni va funksiyalari. Katta yoshli nogironlarni ta’limini tashkil etish tamoyillari: insonparvarlik, rivojlanish, hamkorlik, adaptivlik. Katta yoshdagi nogironar ta’limining variativ modellari. Katta yoshdagi nogironlar ta’limi funksiyalari: kompensatorlik, korreksion, qo‘llab-quvvatlovchi. Katta yoshdagi nogironlar ta’limi tizimida andragogning vazifalari. Kompleks qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatish: jismoniy, psixologik, ijtimoiy, ta’limiy, axloqiy. Katta yoshdagi nogironlar ta’limini tashkil etish shakllari. Reabilitatsion ta’lim muassasalarining roli. Rasmiy va norasmiy turdagi individual ta’lim dasturlari tavsifi. Telekommunikatsiya va ma’lumotlar bazasi imkoniyatlaridan foydalanish. Internet sinflari bazasida ilmiy axborotlardan nogironlarni foydalanishini ta’minlash. Masofaviy ta’limni rivojlantirish. Katta yoshdagi invalidlarni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. Keys texnologiyasi va uning tavsifi. Tarmoq texnologiyalaridan foydalanish. Televizion texnologiyalarning imkoniyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |