Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети


ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXI MASALALARI XUSUSIDA



Download 385,5 Kb.
bet6/18
Sana05.01.2022
Hajmi385,5 Kb.
#319908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Қорақалпоқ халқи этнографияси

1.2. ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXI MASALALARI XUSUSIDA
Dastlab qoraqalpoqlar bir nechta qabilalar uyushmasidan tarkib topgan bo‘lib, qadimdanoq yaxlit xalq sifatida shakllana boshlagan. Ularning eng qadimgi ajdodlari miloddan avvalgi birinchi asrlarda Orolning janubiy sohillarida o‘rnashgan massaget qabilalari hisoblanadi. Ular orasida apasiak qabilasi qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishida katta rol o‘ynagan. Bu qabila dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Professor T.A.Jdankoning fikricha, massagetlar hayotiga singib ketgan onalik (matriarxat) davriga oid an’analar mashhur qoraqalpoq dostoni “Qirq qiz”da yaqqol namoyon bo‘lgan. Bu doston hozirgi qoraqalpoqlarni o‘tmish ajdodlari bilan bevosita bog‘laydi1.

Markaziy Osiyoning ko‘chmanchi aholisi haqidagi ilk ma’lumotlar Persepol yaqinidagi Naqshi Rustam sag‘anasi bo‘rtma naqshlari. Behistur qoyasiga o‘yib tushirilgan mixxat matnida o‘z ifodasini topgan. Bu manbalarning shahodat berishicha, osiyolik ko‘chmanchilar umumiy nomda “saklar” deb ataladi. Ularning orasida Ahamoniylarga bo‘ysunuvchi bir necha qabila guruhi ajralib turadi: ummonorti (daryo-orti) saklari, xaamavarga saklari, tigraxauda saklari (o‘tkir qalpoqlar). “So‘g‘d orti” saklari, shuningdek dah qabilalari ham eslab o‘tiladi2.

Yunon-Rim mualliflari (Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Arrian, Pliniy Starshiy, Ptolomey, Strabon va b.) asarlarida ham Markaziy Osiyo ko‘chmanchi aholisiga oid ma’lumotlar mavjud. Ko‘pincha ular bu aholini “skiflar”, ba’zan yana aniqroq qilib,”Osiyo skiflari” deb atashadi. Ammo bu manbalarda ahamoniy, mixxat matnlarida uchramaydigan boshqa nomlar ham mavjud: Massagetlar, savromatlar (sarmatlar), argipeylar, arnmasplar, assilar, pasianlar, sakaraullar (sakarauklar) va boshqa forsiy va antik manbalarda ulkan hududga tarqalgan u yoki bu qabila guruhining muayyan joyda chegaralanishi masalasida bir fikrga kelinmagan. Chunonchi, Tyanshan va Yettisuv hududlariga ayrim tadqiqotchilar xaamavarga saklarini yoki yunon mualliflariga ko‘ra, amurgiy saklarini joylashtirishadi: (amurgiy saklari tarkibiga, aftidan, “So‘g‘d orti” saklari ham kirgan). Boshqa tadqiqotlar tigraxauda saklarini joylashtirishadi; (yunon manbalariga ko‘ra, bular-massagetlardir). Yanada keyingi Xitoy solnomalarida Yettisuv saklarini usunlar tomonidan quvilishi eslatib o‘tilarkan, ularni “Se”, “Sak” deb ataydi. Usunlar Yettisuv va Tyanshanda sak an’analarining bevosita davomchilari edilar.

Saklar jangovar qabilalar bo‘lib, milodgacha I ming yillikda Markaziy Osiyo siyosiy voqealarida faol rol o‘ynashgan. Milodgacha bo‘lgan VI asrdayoq saklar o‘zlarining jangovar qabilalarini bo‘ysundirib, o‘zlari tomonga og‘dirib olmoqchi bo‘lgan fors podsholarining yurishlarini muvaffaqiyatli qaytarishdi. Faqat Doro I gagina ikkinchi yurishdan so‘ng, tyanshanlik emas, ancha o‘troq Yaksart oldi saklarining ayrim qabilalarini bo‘ysundirish nasib etdi. Saklar o‘z mustaqilliklarini mardona himoya qilishardi. Manbalarda saklarning dushmanlarga qarshi kurash lavhalari, ba’zan butun boshli qo‘shinga boshchilik qilgan ayol-jangchilarning qahramonona jasoratlari haqidagi hikoyalar saqlanib qolgan. Yunon muarrixi Poliyen, o‘zini pichoqlab, forslar tomonga “qochib o‘tgan” cho‘pon Shiroqning jasorati haqida hikoya qoldirgan. So‘ngra, go‘yo u o‘z qabilalaridan o‘chini olmoqchi bo‘lib, fors qo‘shiniga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga jazm qiladi, ammo uni dashtga olib kirib, o‘limga mahkum etadi1.

Ko‘chmanchi sak qabilalari Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) ham bo‘ysundira olmagan qudratli kuchga ega edilar. Milodgacha IV asrning ikkinchi yarmida Iskandar Zulqarnayn lashkari ko‘hna fors yerlarini zabt etib, Markaziy Osiyoga bostirib keladi. Ammo, bosqinchilar bu yerda qat’iy qarshilikka uchrab, faqat uzoq kurashlardan so‘nggina Markaziy Osiyoning ayrim o‘troq xalqlari, asosan, so‘g‘dlarni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘lishdi. Biroq, bo‘ysungan xalqlar ham bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirishadi. Spitamen boshchiligidagi yunon-makedoniya qo‘shinini obdon holdan toydirgan yirik qo‘zg‘olon ma’lum. Yaksart (Sirdaryo) ortida yashovchi sak qabilalari esa, o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishdi.

Ko‘chmanchilik asosida qurilgan hayot tarzi, jamiyatning harbiy tizimi saklar turmushi va mafkurasining hamma jihatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Erta ko‘chmanchilar madaniyati yoki skif-sak madaniyati shakllangan formalarda, milodgacha bo‘lgan VIII asrdan buyon mavjud, bu davrda Evroosiyoning Tyanshan va Yettisuvni ham o‘z ichiga olgan dashtlari hududida, chorvadorlarning yagona madaniyatga birlashuv jarayoni kechayotgandi. Ammo erta sak qabilalari madaniyati ( milodgacha VIII –VI asrlar) ham o‘rganilgan.

Bu davr asosan bronza buyumlarining ayrim tasodifiy topilmalari orqaligina birmuncha tadqiq etilgan. Ularning aksariyati ot egar-jabduqlari: uzangisimon, suvliq, to‘qa kamarlari va eskicha shakldagi egar-jabduq bezaklaridan iborat2.

Yodgorliklarning asosiy qismi milodgacha V-III asrlardagi sak qabilalari madaniyatini xarakterlaydi.

Saklarning qo‘rg‘onlarini Qoraqalpog‘istonning qariyb butun hududidan topish mumkin. Ular bir joyga mujassamlangan bo‘lib, 15-20 va undan ko‘proq qo‘rg‘ondan iborat qabriston tarzida uchraydi.

Qo‘rg‘on tepaligi markazi tagidagi tuproqda to‘rtburchak yoki g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan yassi shakldagi qabr chohlari joylashgan.Qabr chohlari ko‘pincha xodalar yoki yirik tosh-taxtalar bilan yopilgan bo‘ladi. Dafn qilinganlar chalqanchasiga boshi g‘arbga yo‘naltirilgan holda yotqizilar edi. Yoniga buyumlar qo‘yilar, odatda bular ovqat solingan sopol idishlar, taqinchoq va maishiy narsalar, ba’zan qurollardan iborat bo‘lgan. Har bir qabrga ikki-uch, ba’zan 5-8 tagacha idish qo‘yilgan.

So‘nggi yillarda yirik, “shohona” toifadagi qo‘rg‘onlar topilgan bo‘lib, u yerdagi dafn qurilmalari o‘ziga xosligi va murakkab tuzilishi bilan ajralib turadi. Bunday ulkan qo‘rg‘on tepaliklariga zich tosh qoplamalari yotqizilgan bo‘lib, ularning asosi kvadrat yoki to‘rtburchak shakliga ega. Tepaliklar atrofiga bir yoki ikki qator qilib tosh-devor terib chiqilgan. So‘ngra ma’lum masofada juda katta tosh bo‘laklaridan iborat murakkab halqasimon tosh yotqiziqlar va boshqa marosimiy qurilmalar qad rostlagan. Bu mahobatli va qiziqarli majmualar Tyanshandagi ko‘chmanchilar qo‘rg‘on-yodgorliklarining murakkab me’moriy o‘ziga xosligidan, ulkan sag‘analarni qurishda aniq hisob-kitoblar qo‘llanilganidan dalolat beradi.

Bu qo‘rg‘onlarning tepaliklariga ikki yoki uch tosh qoplamalari to‘shalgan. Qoplamalar ostida yerga chuqur kirgan dafngoh joylashgan bo‘lib, u yetti-sakkiz xodadan yotiq to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida yasalgan va tik qoziqlar bilan mahkamlangan qurilmadan iborat bo‘lgan. Uning yuqori qismiga yog‘och to‘shama, uning ustiga tosh-taxtalar, so‘ngra tuproq yotqizilgan. Ushbu inshootning hajmi ancha katta bo‘lgan.

Bu qo‘rg‘onlar qadimgi zamonlardayoq talon-taroj qilingan. Lekin qolgan materiallar Tyanshanning yirik qo‘rg‘onlarida, shubhasiz, urug‘ va qabila boshliqlari dafn qilingani, dafn qilinganlarning boy kiyim-kechaklari va ularning yoniga qo‘yilgan buyumlar mashhurligi bilan farqlanadi. Qozog‘istondagi Issiq qo‘rg‘oni, Oltoyning Paziriq qo‘rg‘onlaridan topilgan narsalar bilan o‘xshashligidan guvohlik beradi1.

Qo‘rg‘onlar o‘tmish zamonlardayoq talon-taroj qilinganiga qaramay, saqlanib qolgan materiallar saklarning yorqin va o‘ziga xos madaniyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi, ammo yuzaki qarashda, butun hudud uchun yagona hisoblanmish bu madaniyat aslida bir xil emas. Har bir tumanda dafn qurilmalari, dafn marosimlari va moddiy madaniyati o‘zaro ayrim farqlarga ega edi. Bu farqlar qator sabablar bilan izohlanadi. Masalan, Ketmontepa vodiysi, sak kabilalari madaniyati Qirg‘iziston hududidagi hamohang yodgorliklardangina emas, balki shularga o‘xshash Markaziy Osiyo madaniyatidan ham ancha farq qiladi. Bu Jalariq (eng yirik yodgorlik - Jalariq qabristoni) deb atalmish-alohida madaniyatni ajratib ko‘rsatish imkonini berdi. Ketmontepa saklari mada­niyati sopol idishlarning xilma-xilligi, ularning shakllari (tog‘orachalar, kosalar, ko‘zachalar, tuvaklar, kubchalar), bezatilishi (bo‘yalgan, yaltirab pardozlangan. geometrik yoki boshqa naqshlar berib jilolangan) bilan ajralib turadi. Idishlar ganchkorlik yoki kulol gardishi yordamida yasalgan. Bunday rang-baranglik va shakliy boylik boshqa hech qaysi majmuada uchramaydi. Ketmonte­pa erta ko‘chmanchilarining dafn marosimi uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmay qolgan.

Ketmontepa erta ko‘chmanchilari xo‘jaligi ham boshqa tumanlardagi aholi xo‘jaligidan farq qilgan. Joyning tog‘li vodiy xususiyati bu erda sof ko‘chmanchilik emas, balki o‘troqlik bi­lan uyg‘unlashgan yarimko‘chmanchi chorvachilik rivojiga omil yaratdi. Farg‘ona iqlimiga yaqin qulay ob-havo esa, bronza davridan beri an’anaviy ildizlarga ega dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkonini berdi. Shubhasiz, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qo‘shni Farg‘ona bilan yaqin aloqalar mavjud, u yerdan dastgoh idishlari, dehqonchilik mahsulotlari keltirilar, bu o‘z navbatida, Ketmontepa saklari madaniyatining o‘ziga xosligiga alohida ta’sir ko‘rsatar edi.

Tyanshan saklari madaniyati, qo‘rg‘oniy yodgorliklardan tashqari ayrim tasodifan bronza buyumlari topilmalari - qurol, ot egar-jabduqlari, qozonlar, qurbonlik qilinadigan joy, shuningdek, bir necha buyumdan iborat xazina orqali ham namoyon bo‘ladi. Bun­day tasodifiy topilmalar Qozog‘istonning qariyb hamma tumanlarida ma’lum.

Issiqko’l hududi ayniqsa topilmalarga boy. Ulkan bronza qozonlar, ajoyib qandillar va Tyanshan saklari madaniyatini yorqin ifodalovchi boshqa buyumlar ana shular sirasidan. Bron­za buyumlar, ayniqsa, yirik qozonlar va qurbonlik qilinadigan majmualarning ko‘p miqdorda ekani - o‘sha davrdagi Issiqko‘l markazi alohida o‘rin tutganligi, metallchilik, ishlab chiqarishning rivojlanganligini oqibatidir.

Saklar xo‘jaligining asosiy qismini chorvachilik (otlar, qo‘ylar, qoramollar boqilar edi.) tashkil etar edi.Chorva ayni vaqtda erta ko‘chmanchilarning ishlab chiqarish vositasi, mehnat quroli va mehnat mahsuli, yashash va boyishning vositasi edi. Ko‘chmanchilarning asosiy tashvishi mol boqish, yaylovlarni saqlab qolish va ko‘paytirishdan iborat bo‘lardi. Tog‘ va vodiylardan ibo­rat Qoraqalpog‘iston hududida ko‘chishning tik deb atalmish usuli keng tarqalgan: ya’ni, vodiylarda ishlash va baland tog‘li joylarda yozishni o‘tkazish yoki aksincha, xo‘jalik yuritishning bunday usuli, aftidan, lalmikor xarakterdagi dehqonchilik bilan qo‘shib olib borilgan. Ayrim tumanlarda, Ketmontepa va Farg‘onaning tog‘ etaklari vodiylarida, dehqonchilik yuritilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Saklar kigiz o‘tovlarda yashab, qishlash joylarida uylar qurgan bo‘lishlari ham ehtimol. Ularning kiyim-kechaklari ko‘chmanchi hayot shart-sharoitlariga moslashgan. Maishiy turmushda teri, ichak, kigiz, jundan keng foydalanishgan. Uy anjomlarini yasash bilan asosan ayollar shug‘ullanishgan. Sopol idishlarning tubi ko‘chish sharoitlariga moslab, aylana va keng qilib ishlangan.

Saklarda quyuvchilik, temirchilik, kulolchilik, zargarlik va boshqa hunarmandchilik turlari taraqqiy etgan edi. Ularning buyumlari saklar mohiyatining turli moddiy narsalarida o‘z ifodasini topgan. Lekin hunarmandchilik asosan xonaki ishlab chiqarish xarakteriga ega edi. Hunarlar yaxlitlovi hali boshlang‘ich bosqichda edi.

Saklar va qo‘shni ko‘chmanchi va o‘troq xalqlarning, shuningdek g‘arbdagi skiflar va savromatlarning e’tiqodlarida umumiy jihatlar ko‘p bo‘lgan. Ularning tasavvurlarida ko‘p narsalar hind-evropa o‘tmishiga borib taqalardi. Chunonchi, ajdodlarga, ayniqsa, qabila sardorlariga sig‘inish saqlanib qolgan va rivoj topgan. Alohida va hashamatli tarzda qurilgan mahobatli sag‘analar ana shundan guvohlik beradi.

Saklar tabiat kuchlari va hodisalarini ilohiylashtirib, ularga sig‘inishardi. Quyosh va boshqa osmon jismlariga sig‘inish, samoviy ot va uy-o‘choqqa sig‘inish asosiy o‘rin tutgan, qurbonlik qilish va boshqa ilohiy sanalgan joylardan topilgan buyumlar ana shular bilan bog‘liq. Saklarda qadimiy diniy tasavvurlar ham saqlanib qolgan.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan apasiaklar davrida Sirdaryo etaklarida augasiylar qabilasi yashagan. Bu ikki qabila o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud bo‘lgan. Miloddan avvalgi I asr bilan milodiy I asrgacha bo‘lgan oraliq davrida Orol qirg‘oqlariga sharqdan xunnlar gala-gala bo‘lib yopirilib kela boshladilar. Bulardan tashqari, VI-XII asrlar oralig‘ida turklar paydo bo‘lishdi. Natijada Amudaryo sohillarida VII-VIII asrlarda apasiaklar negizida Pecheneg ittifoqi vujudga keldi. Sirdaryo etaklarida esa xunn va turklarning aralashib ketishlari natijasida augasiylar negizida O‘g‘uz ittifoqi paydo bo‘lgan.

Pecheneglarning (bajanak,bijanaklar) erlari IX asrning oxiriga kelib Amudaryoning etaklaridan boshlab g‘arb tomonga , Orol qirg‘oqlaridan Ural va Volga daryolari sohillarigacha bo‘lgan ulkan kengliklarni qamrab oldi. Xalq orasida tarqalgan afsonalarga qaraganda, Qiyot (hozirgi Beruniy) shahri uning poytaxti bo‘lgan.

Aksariyat ko‘pchilik o‘g‘uzlar o‘zlari bosib olgan hozirgi Turkmaniston, Eron va Turkiya yerlarida mustahkam o‘rnashib qolganlar. Birinchi navbatda, ular turkman xalqining shakllanishiga asos soldilar. So‘ngra turk va ozar xalqlarining kelib chiqishiga ham ta’sir etdilar. O‘g‘uzlarning bir qismi begona o‘lkalarga ketishni istamay, Amudaryo etaklarida yashab qoldilar. Orol bo‘yidagi sharqiy pecheneglar bu erda qolgan o‘g‘uzlar bilan ittifoq tuzib, ko‘plab siyosiy voqealarda ishtirok etdilar.

S.P.Tolstov, P.P.Ivanov va T.A.Jdanko kabi taniqli tarixchilarning fikricha, Orolbo‘yi pecheneglari o‘z taqdirlarini o‘g‘uzlar bilan bog‘lab, qoraqalpoq xalqi shakllanishining so‘nggi bosqichiga asos solganlar. Shunday qilib, qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishining so‘nggi bosqichi Orol va Amudaryo bo‘ylarida kechgan. Sharqlik pecheneglarning “qoraqalpoq” nomini olishlari aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. IX asrning birinchi yarmida sharqlik pecheneglar yeriga Sibir va Irtish tomonidan qipchoqlar bostirib kiradilar. Bosqinchi (qipchoq) larning bir qismi sharqiy pecheneglar bilan aralashib ketgan. Hozirgi qoraqalpoq urug‘larida qipchoq urug‘ining borligi ham ana shundan dalolat beradi. Mashhur tarixchi Abu Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Bayhaqiy” asarida keltirilishicha, XI asrning o‘rtalarida Xorazm shohining turk gvardiyachilari qo‘mondonlaridan birining ismi “Qalpoq” bo‘lgan. P.P.Ivanov shunga asoslanib bu yerda gap sarkarda haqida emas, balki uning bo‘ysunuvidagi qoraqalpoq jangchilar haqida borayotganini ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, qoraqalpoqlar o‘sha davrlardayoq, balki undan ham avvalroq bosh kiyimlari rangiga qarab “qoraqalpoq” nomini olgan bo‘lsalar ajab emas1.

S.P.Tolstovning fikriga ko‘ra, birinchi bo‘lib qipchoqlar, sharqlik pecheneglarni bosh kiyimlariga qarab “qoraqalpoq” deb ataganlar. Binobarin, qoraqalpoqlar o‘zlarining hozirgi nomlarini XI asrdayoq tug‘ilib o‘sgan yurtlari-Orol va Amudaryo sohillarida olganlar. Sharqiy pecheneglar shu asosda tarixiy manbalarga “qorabo‘rklilar”, “qoraqalpoqlar” nomi bilan kirganlar.

Sharqiy pecheneglarning aksariyat ko‘pchiligi Orol sohillari va Amudaryo etaklarida yashab Xorazm xalqi bilan birga XI –XIV asrlarda kechgan siyosiy voqealarda faol ishtirok etdilar. Shoh Ma’mun ibn Ma’mun podsholik qilgan 999-1017 yillarda Xorazm iqtisodi va madaniyati yuksaklikka ko‘tarildi. Uning poytaxti Urganch yirik madaniyat markaziga aylandi. Bu erda akademiya ta’sis etilib, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Miskavayk, Abu Sahid Masihiy, Abul Hoshir Hammad, Abu Nasr Arrak kabi mashhur fan daholari Urganchda muqim qoldilar. Xorazmning bunday muvaffaqiyatlarga erishishiga qo‘shni qoraqalpoqlar ham o‘z ulushlarini qo‘shganlar,biroq, G‘aznaviylar sulolasidan bo‘lgan Sulton Mahmud Xorazmni bosib oladi. Xorazm aholisi va qoraqalpoqlar talon-taroj, quvg‘inlarga uchrab, xonavayron bo‘ladilar. Undan keyingi davrda, ya’ni XI asrning 20-30- yillarida xorazmliklar va qoraqalpoqlar o‘g‘uz-saljuqiylar bosqiniga uchraydilar. Keyin esa yuqorida tilga olganimizdek, qipchoqlar hujumiga duch keladilar. Butunlay xonavayron etilgan Xorazm XII asrning ikkinchi yarmigacha o‘ziga kelolmadi, qayrilgan qanotini o‘nglay olmadi.

Keyinroq Xorazm asta-sekin qaddini rostlay boshladi, uning sarhadlari Kaspiy dengizining shimoliy sohillaridan Fors ko‘rfazigacha, Kavkazdan Hindistongacha bo‘lgan kengliklarni qamrab ola boshladi. Mamlakatning iqtisodi va madaniyati yana qaytadan yuksaldi, hunarmandchilik ham jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Bu vaqtga kelib Urganch ulkan xalqaro savdo markaziga aylandi. Amudaryoning o‘ng va so‘l sohillarida dehqonchilik rivoj topdi. Qiyotdan to Urganchgacha bo‘lgan kengliklarda aholi zichlashdi. O‘sha kezlarda aholi shu darajada zich ediki, sharqlik tadqiqotchilarning tili bilan aytganda,. “Qiyotdagi uylardan birining tomiga chiqib olgan mushuk oyog‘i erga tegmay, tomma-tom sakrab Urganchga bora oladi”. Biroq, Chingizxonning 1218-1221 yillardagi Xorazmga yurishi Orol, Amudaryo va Sirdaryo sohillari aholisi boshiga ko‘p ofatlar olib keldi. Xorazmning tub aholisi bosqinchilarga kuchli qarshilik ko‘rsatdilar, mo‘g‘ullar esa mard va jasur himoyachilarni misli ko‘rilmagan shafqatsizlik bilan mahv etadilar. Sharq solnomachisi Rashididdinning guvohlik berishicha, Urganch shahri aholisi mo’g‘ullarga qarshi qat’iy kurashdilar. Bunday qarshilikni ko‘rgan Chingizxon shaharni to‘la qo‘lga olgach, o‘zining 50 minglik lashkarlariga shunday buyruq beradi, "Sizlarning har biringiz kamida 24 kishini o‘ldirishingiz kerak". Shunday qilib mo‘g‘ullar Xorazmning bir milliondan ziyod aholisini qirib tashladilar. 100 mingdan ziyod hunarmand va yosh qizlarni Mo‘g‘ulistonga haydab olib ketishdi. Urganch aholisini qirg‘inbarot qilish bilan ham qoniqmagan mo‘g‘ullar Chingizxonning amri bilan Amudaryo sohilidagi to‘g‘onni buzib tashladilar, oqibatda Urganch suv ostida qoladi. Bundan tashqari bosqinchilar Xorazmdagi bir qancha ekinzorlarga suv keladigan ko‘plab kanallarni buzdilar. Natijada Amudaryo o‘zanini keskin o‘zgartirib, Sariqamish sayhonligiga oqa boshladi. Urganchdan Orol dengizigacha bo‘lgan masofadagi ekinzorlar suvsiz qoldi. Amudaryoni suvi Orol dengiziga yetib bormadi. Shuning uchun XIV asrning o‘rtalariga kelib daryoning hamma irmoqlari butunlay quridi. Orol dengizining sathi pasaydi, ammo Sirdaryoning suvi qo‘shilib turganligi sharofati bilan dengiz suvining sathi 43 belgisidan (hozir 37 da turibdi) pastga tushmadi.

Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilayotgan qum hozirgi Qoraqalpog‘istonning hamma tumanlari yerini qopladi, hatto balandliklardagin uy-joy va binolarni o‘z qa’riga oldi. Chunonchi, XII asrda Xo’jaylidagi Mazdakxon ustida qurilgan masjid butunlay qumga ko‘milib qoldi. Arxeologlar qazish chog‘ida uni "topish""ga muvaffaq bo‘ldilar.

Bu noxushliklarni hammasi bir bo‘lib Amudaryo sohillari iqlimi va tabiatiga o‘zining noxush ta’sirini o‘tkazdi. XII-XIV asrlarda qoraqalpoqlar Orolning janubiy sohillari va Amudaryoning etaklaridagi o‘rganib qolgan qarorgohlarini tark etib, boshqa o‘lkalarga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar. Ularning ko‘pchiligi Xorazmning shimoli-g‘arbiy yerlarida, Ustyurtda, Sariqamish va O‘zboy sohillarida o‘rnashdilar. Ayrimlar Vol­ga daryosi qirg‘oqlari tomon ketishdi. G‘arbiy Xorazm, Ustyurt va Volga sohillarida joylashgan qoraqalpoqlar Oltin O‘rda xonligi hukmi ostida edilar. No‘g‘oy ulusida joylashgan qoraqalpoqlar ham XIV asrning boshlarida Volga sohillariga ko‘chdilar. Shunday qilib, qoraqalpoqlar Xorazm va Volga o‘rtasidagi kengliklarda yaxlit xalq sifatida qaror topdilar.

XV asrning ikkinchi yarmidan to XVI asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrda qoraqalpoqlar No‘g‘oy xonligi tarkibida bo‘lganlar1. 1556 yilga kelib Rossiya Astraxan xonligini bosib oladi. Shundan so‘ng no‘g‘oy murz (knyaz)lari o‘rtasida o‘zaro nifoq va janjallar boshlanadi. Buning ustiga xonlikda ikki yil davomida (1557-1558) ekinlar bitmay koldi, oqibatda ocharchilik boshlandi. Bu ofatlar tufayli xonlik hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning ko‘p qismi boshqa o‘lkalarga ko‘chib ketdi. Qoraqalpoqlar ham No‘g‘oy xonligini tark etib, o‘zlarining Amudaryo bo’ylaridagi avvalgi yerlariga qaytish imkoniyati bo‘lmaganligidan, Sirdaryo sohillariga kelib joylashdilar. O‘sha paytlarda Amudaryo sohillari suvsizlikdan hamon qaqroq edi. Faqat XVII asrning boshlariga kelib, Amudaryo o‘zining eski o‘zaniga qaytadi va suvini Orol dengiziga quya boshlaydi.

O‘sha davrdan boshlab qoraqalpoqlar daryoning ikki sohili bo‘ylab yastalangan qadimiy joylariga qaytib, yerlarni yana yangidan o‘zlashtirishga kirishdilar. XVII asrda qoraqalpoqlar Xorazmga o‘tgan ko‘chmanchi o‘zbeklar bilan birga Xiva xonligining shimolida Orol (Aran) davlatini barpo eta boshladilar. Orol qoraqalpoqlari va o‘zbeklar XIX asrning boshlarida Xiva xonligida ham yashaganlar.

Qoraqalpoqlarning ajdodlari sak-massaget uyushmasiga kirgan apasiaklar, augasiylar miloddan oldingi asr oxirlarida Orol dengizi janubiy sohillarida yashashgan. Miloddan avvalgi II-VIII asrlarda kelgan turklar sak-massaget qabilalari bilan qisman qo‘shilib ketishi natijasida vujudga kelgan qurama xalqlar pecheneglar, sharqiy (turkiy) o‘g‘uzlar qoraqalpoq xalqining shakllanishida muhim rol o‘ynagan.

Demak, qoraqalpoqlar qadimiy Eron tilidagi Orol bo‘yi shak-massaget qabilalari (miloddan avvalgi VII-II asrlar) xunnlar ( milodiy II- IV asrlar) bilan turkiy tildagi elatlarning (VIII-X asrlar) aralashuvi natijasida paydo bo‘lgan. O‘sha davrda Orol bo‘ylarida pecheneg va o‘g‘uz qabilaviy guruhlari paydo bo‘ladi va qalmiq etnosiga asosiy komponent bo‘lib kiradi.

Qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan Dashti qipchoqliklar qoraqalpoqlarda o‘z tilini bergan. Ularning shakllanish jarayoni va nomining paydo bo‘lishi XVI-XVIII asrlarga to‘g‘ri kaladi. XVIII asrlarda qoraqalpoqlarning bir qismi Farg‘ona vodiysiga ko‘chadi. Ko‘pchiligi esa XIX asr boshlarida quyi Sirdaryodan qozoqlarning siquvi va Xiva xonlarining zulmi natijasida Amudaryoning quyi qismlariga ko‘chib ketishgan1.

Olimlarning fikriga ko‘ra, qoraqalpoq so‘zi qipchoq tiliga mansub bo‘lib, o‘g‘uz-pecheneg qabilalarining boshlariga kiyib yurgan qalpog‘ining shakli va rangiga qarab berilgan nomdir. Qoraqalpoq xalqining shakllanishida ishtirok etgan barcha urug‘ va qabilalari ikki asosiy tarmoq – aris ( shoti)ga bo‘linadi: 14 urug‘ arisi va qo‘ng‘irot arisi.

14 urug‘ arisiga xitoy, qipchoq, kenagas va mang‘it kabi qabilalar kiradi.

Xitoy urug‘lari guruhiga bessariy, beksiyik, qazayoqli, qayshili, anna, qo‘yin, ayteke, sherushi, manjo‘li, qirq;

Qipchoq ( qipshoq) urug‘lariga Orol bo‘yi urug‘lari, kenagas urug‘lari guruhiga aranshi, oqtog‘in, o‘mir, taroqli, dobal, oymout, dambazak, no‘kis;

Mang‘it urug‘lari guruhlariga qoramang‘it, qorasiroq, oqmang‘it, mamoqsin, qosar, qilqali ( bularning hammasi qoratoy guruhini tashkil etadi), arshan, janlik, toqmang‘it, arsariy, tazjaliq, sho‘yit, jamansha, esebi, tamg‘ali, tongbo‘yin, temirxo‘ja (bularning hammasi saritoy guruhiga kiradi), bo‘ztoy ( bo‘ztoy guruhi) va eshbuga ( jentimtoy guruhi) urug‘lari kiradi.

Shulluk sakkiz qabiladan iborat: ashamayli, qo‘ldauli, qo‘shtamg‘ali, bolg‘ali, qandaqli, qoramo‘yin, qiyot va mo‘ytin.

Jaung‘ir qabilalar birlashmasi emas, balki urug‘lar uyushmasi bo‘lib, uning tarkibi yetti urug‘dan iboratdir.

SHulluk qabilalar birlashmasini tashkil etuvchi:

Qiyot qabilasi uch tamg‘ali, taroqli, bog‘ali qiyot urug‘laridan;

Achamayli qabilasi sako‘n, qoraxo‘ja, jalaqayoq, ayilli, qabason, turman qora, janar, sariabis, oqay, nagqara, uch boshi, qurama urug‘laridan;

Qo‘ldovli qabilasi beskampir, mayshishali, qalqamon, g‘oyibqarag‘on, sariton, qulqo‘qojak, jarimbet, jamaqo‘ng‘irot, xo‘ja qizil oyoq, qorasiroq, jelqarag‘on, ulkanbo‘rik, shuljuyit, qalmoq, jomonovun, sho‘mishli, to‘qimbet, tazbolg‘ali, qo‘sh tamg‘ali, bolg‘ali, qoratolshi, ason, arziqul urug‘laridan;

Qandaqli qabilasi samat, teli, abiz, kengtanov urug‘laridan tashkil topgan.

Jaung‘ir teristamg‘ali, bakanli, sheyjenli,tiyoqli, irg‘aqli, baymoqli, kazayoqli va uyg‘ur urug‘lariga bo‘linadi.

Qoraqalpoqlar antropologik jihatdan qozoqlar, Xorazm mang‘itlari va quramalarga yaqin. Qoraqalpoq tili qipchoq tillari guruhining qipchoq-no‘g‘oy shaxobchasiga kiradi.

Qoraqalpoqlar necha asrlar davomida turli xalqlar va davlatlar xukmronligi ostida yashab kelganlar. Ta’kidlanganidek, X-XI asrlarda qoraqalpoqlarning yashayotgan yerlari O‘g‘uz davlatiga , keyinchalik qudratli Xorazm davlatiga bo‘ysungan. XIII –XIV asrlarda mo‘g‘ullar hukmronligi ostida bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida esa Rossiya davlati tarkibiga kirgan1.

Xullas, Amudaryo va Orol sohillari qoraqalpoq xalqining azal-azaldan ota-bobolari yashab, mehnat qilib kelgan ona yurti hisoblanadi.




Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish