Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. Ushbu tadqiqotning ob’yekti qoraqalpoq xalqi va bu xalqning madaniy o‘ziga xosligidir. Muxtasar qilib aytganda, Etnologiya faniga bag‘ishlangan mazkur mavzu orqali qoraqalpoq xalqi etnogenezi va etnik tarixi, an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, moddiy va ma’naviy madaniyat muammolari va etnoslararo jarayonlar tadqiq qilinadi. Har bir fan izlanish predmeti va usullari bilan boshqa fanlardan farqlanadi, shu jumladan, etnologiya fani ham. “Qoraqalpoq xalqi etnografiyasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi predmeti deganda, qoraqalpoqlar etnogenezi va etnik tarixi muammolari, uning moddiy madaniyati e’tiqodiy qarashlari, milliy marosim va urf-odatlari, an’analari va marosimlarining nafaqat paydo bo‘lishi, balki transformatsiyalashuvi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |