Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети



Download 385,5 Kb.
bet16/18
Sana05.01.2022
Hajmi385,5 Kb.
#319908
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Қорақалпоқ халқи этнографияси

X U L O S A
XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1924 yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi.

Qoraqalpoqlar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoldi. Chunki shu yili ular o‘z taqdirlarini O‘zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va tanlagan yo‘lining istiqbolli ekanligini ko‘rsata bildi.

O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, Qoraqalpog‘iston ASSR Respublikasi Mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgach, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo‘yi kengliklarida qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi.

O‘zbekiston tarkibida o‘tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, san’at va adabiyotdagi yuksalish, kishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishdagi katta yutuqlar bevosita qardosh o‘zbek xalqining beg‘araz yordami, ko‘magi bilan dunyoga keldi.

Qoraqalpoq va o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida to‘planib qolgan muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unumli foydalanish yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin ko‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyosiy o‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik munosabatlari bunga asos bo‘ldi.

Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bo‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston sobiq Ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan o‘lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar to‘plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolar paydo bo‘ldi.

To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘l tanlandi: yagona zamin, yagona makonda yashab kelgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘z taqdirlarini abadiy birlikda ko‘rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va o‘zining porloq kelajagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu- umidi bekamu-ko‘st amalga oshadigan bo‘ldi.

Ushbu mavzuni tadqiq etish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi:

- Ma’lumki, “Etnologiya” fanida har bir xalqning tili uning etnik o‘ziga xosligini belgilaydi, qoraqalpoqlar haqida keltirilgan umumiy etnografik ma’lumotlarda xuddi shu o‘ziga xoslik, ya’ni xalq tiliga oid o‘ziga xosligi masalalari ochib berildi;

- Qoraqalpoq xalqi etnogenezi va etnik tarixiga oid mutaxassis-olimlarning fikr-mulohazalari o‘rganildi;

- Qoraqalpoq xalqi an’anaviy xo‘jaligi sohalarini tadqiq etish jarayonida esa uning bilan bog‘liq xalq urf-odatlari, marosimlari, e’tiqod va tasavvurlari shakllanib, odamlar turmush tarzida mustahkam o‘rnashib qolgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, qoraqalpoqlar mamlakat janubiy rayonlari (To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo)da aholining ozchilik qismini tashkil qilib, o‘zbeklar, qozoqlar, qadimdan turkmanlar bilan yonma-yon yashab, o‘ziga xos xo‘jalik an’analarini yaratganliklari namoyon bo‘ldi:

- Dehqonchilik an’analarining o‘ziga xos qadim tarixi bu hududda sug‘orma dehqonchilik azaliy xo‘jalik tarmog‘i ekanligi, hamda bu sohaning urf-odatlari yaratilganligi o‘rganildi;

- Yarim ko‘chmanchi qoraqalpoqlar turmushida chorvachilik muhim o‘rin tutgani sababli, ushbu xo‘jalikning o‘ziga xos urf-odatlari, marosimlari xalq tomonidan yaratilgan va ularga bugungi kunda ham amal qilinayotganligi aniqlandi;

- Hunarmandchilik kasb-korligi ham ushbu xalqning asosiy mashg‘uloti hisoblanib, hunarmandchilik tarmog‘ining o‘ziga xos udumlari, marosimlari, urf-odatlari xalq tomonidan yaratilganligi ma’lum bo‘ldi;

- An’anaviy turmush madaniyati komponentlari, ya’ni moddiy madaniyati shakllari – turar joyi, kiyim-kechagi, taomi va ular bilan bog‘liq, urf-odatlari, marosimlari tadqiqi jarayonida quyidagi xulosaga kelindi.

- Qoraqalpoq xalqi kiyim-kechaklaridagi o‘ziga xoslik, milliylik etnologik nuqtai-nazardan o‘rganildi va unga qo‘shni yashagan o‘zbek, qozoq, turkmanlarning kiyim-boshlari bilan taqqoslandi;

- Xalq turar joylari xillarini o‘rganish jarayonida birgina o‘tov misolida xilma-xil marosim, e’tiqod, irim, ta’qiqlar yaratilganligi aniqlandi va ular tarixiy- etnologik jihatdan tahlil qilindi.

Qoraqalpoq xalqi qadimiy an’ana va qadriyatlari nafaqat moddiy-ma’naviy meros, balki ularni keyingi avlod-ajdodlar xususan yoshlar uchun bebaho boylik sifatida asrab qolish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.

Qoraqalpoq xalqi etnologiyasi mavzusiga oid ushbu materiallardan “Tarix” ta’lim yo‘nalishi bakalavr ixtisosligida o‘qitiladigan “Arxeologiya va etnologiya asoslari”, “O‘zbekiston tarixi”, “Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi”, “Tarixiy antropologiya” singari fanlarni o‘zlashtirish jarayonida unumli foydalanishni tavsiya etamiz.

Bular quyidagi tartib va shaklda amalga oshirilishi mumkin:

- Mavzuga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratish;

- mavzu asosida namunaviy test savollari tuzish;

- “Tarix” ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalari uchun “Talaba lug‘ati” tuzish;

- talabalar uchun mavzuga oid mustaqil ish mavzularini tayyorlash yuzasidan ko‘rsatma va ishlanmalar yaratish.

Yuqorida qayd etilgan takliflarimizni ro‘yobga chiqarish oliy dargoh talabalari bilimi sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xizmat qiladi.

“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q ” degan edi I.A.Karimov. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tkazadi, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog’lik o’rganish, undan saboq chiqarish bilan bog’liq. Ulug’ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da’vat etadi. Ulkan yaratuvchilikni rag’batlantiradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish