TOG‘ JINSLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI - 5.1. Tog‘ jinslari va ularning fizikaviy-
- mexanikaviy xossalari
- 5.2. Tog‘ jinslarining tuzilishi, tarkibi, g‘ovak
- ligi va о‘tkazuvchanligi
- 5.3. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar
- 5.4. Tog‘ jinslarida neft, gaz va suvning
- joylashish shartlari
- 5.1. Tog‘ jinslari va ularning fizikaviy-
- mexanikaviy xossalari
- Tog‘ jinslari deb bir xil yoki turli minerallar hamda boshqa jinslarning bо‘laklaridan tarkib topgan, yer qobig‘ini tashkil etuvchi mustahkam yoki yumshoq birikmalarga aytiladi.
- Yer shari xilma-xil tog‘ jinslari va minerallardan tashkil topgan. Litosferani tashkil qiluvchi tog‘ jinslari (ohaktosh, granit, qum, gil, tuproq) asosan turli minerallarning yig‘indisidir. Shuning uchun tog‘ jinslarini tashkil qilgan minerallar bilan tanishmasdan, ularning fizik, kimyoviy xossalarini о‘rganmasdan tog‘ jinslarini bilish qiyin
- Tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi muhim minerallarning turi 50 tadan oshmaydi va ular asosan 9 ta kimyoviy element (O, Si, Fe, Al, K, Na, Ca, Mg, H2) lardan tashkil topgan.
- Tuzilma- bu tog‘ jinslarni tashkil etuvchi minerallar va boshqa jins bо‘laklarining о‘lchamlari, shakli va о‘zaro munosobatlarini tavsiflovchi xususiyatidir
- Tekstura-tog‘ jinslarini tashkil etuvchi qismlarning (bо‘laklarning) tarqalish xususiyatlarini tavsiflovchi belgisi.
- Magmatik tog‘ jinslari magmaning chuqurlikda yer qobig‘i ichida sovib kristallanishi yoki yer yuzasiga qо‘yilib qotishi natijasida hosil bо‘ladi. Magmatik tog‘ jinslari hosil bо‘lish sharoitlariga kо‘ra intruziv (plutonik) va effuziv (vulqonli) turlarga ajratiladi.
- Chо‘kindi tog‘ jinslari yer yuzasida avval hosil bо‘lgan tog‘ jinslarining yemirilishi va qayta yotqizilishi natijasida hosil bо‘lgan. Chо‘kmalar asosan suvli muhitda - kо‘l, daryo, dengiz va okeanlarda va gohida quruqliklarda tо‘planadi.
- Ximogen jinslar kimyoviy tarkibi bо‘yicha turlicha bо‘ladi. Kelib chiqishiga kо‘ra gillarning ham katta qismi kimyoviy jinslarga kiradi. Gillardagi gilli minerallarning о‘lchamlari 0,005 mm dan oshmaydi; diagenez bosqichini kechirgan gillar argillitlar deyiladi.
- Organogen jinslar asosan chig‘anoqlar yoki oddiy organizmlarning skeletlarini bо‘laklaridan tashkil topgan turli ohaktoshlar va kremniyli jinslardan iborat. Ularga yonuvchi slanslar, neft va boshqalar kiradi. Ularning hosil bо‘lishida kimyoviy jarayonlar katta rol о‘ynaydi, lekin neft organik yо‘l bilan hosil bо‘ladi
- Piroklastik jinslar (grekcha: «Pir»–olov, «clastikos»-maydalangan) genetik jihatdan magmatik jarayonlar bilan bog‘liq, hosil bо‘lishi va tashqi kо‘rinishiga kо‘ra chо‘kindi jinslar guruhiga kiradi.
- Chо‘kindi jinslarning bо‘laklari turgan joyida vaqt о‘tishi bilan tо‘plangan har bir bо‘lak orasiga erigan ohak yoki gil kirib, ularning birini ikkinchisi bilan biriktiradi. Biriktiruvchi (sementlovchi) modda har xil: gilli, temirli, ohakli, kremniyli, fosforitli va aralash (gilli-ohakli) modda bо‘lishi mumkin. Chо‘kindi jinslarning tavsiflashda ularning sementlovchi qismi aniqlanadi. Jinsning zichligi, qattiqligi va tuzilishi uning sementlovchi qismga bog‘liq.
- Metamorfik jinslar yer qobig‘ida juda keng tarqalgan. Metamorfik jinslar mavjud jinslarning yuqori harorat va bosim ta’sirida qayta kristallanishi bilan bog‘liq bо‘lgan metamorfik jarayonlar natijasida hosil bо‘ladi. Metamorfizmda boshlang‘ich jinslarning mineral tarkibi harorat va bosimning о‘zgarishiga sezgir bо‘lganligi sababli tez о‘zgaradi.
- G‘ovakliklar yoki bо‘shliqlar о‘lchamlariga qarab quyidagi turlarga bо‘linadi: о‘ta kapillyar g‘ovaklar (>0,5 mm), ularda suv, neft va gaz gravitatsion kuchlar ta’sirida erkin joylashadi; kapillyar g‘ovaklar (0,5-0,0002 mm), bunday g‘ovaklarda molekulyar bog‘lanish kuchli bо‘lganligi sababli eritmalarning harakati juda qiyin kechadi; subkapillyar g‘ovaklar (<0,0002), bunday bо‘shliqlar gilli jinslarga xos bо‘lib, suv, neft va gazni о‘tkazmaydi.
- Xalqaro о‘lchamlar tizimida uzunligi 1 metr, yuzasi 1 m2 bо‘lgan tog‘ jinsidan 1 Pa ga teng bosimlar ayirmasida 1 m3 hajmda, qovushqoqligi 1 Pa·s bо‘lgan eritma о‘tganda о‘tkazuvchanlik 1 m2 ga teng hisoblanadi.
- Kollektor jinslaridagi neft va gaz tо‘plamlari ustidan flyuidlar (neft, gaz va suv) uchun о‘tkazmas bо‘lgan tog‘ jinslari bilan berkilmagan bо‘lsa, neft va gazning tо‘plamda saqlanish imkoniyati bо‘lmaydi. Neft va gaz uyumlarining ustki va atrofida joylashgan hamda uni qamrab turuvchi kam о‘tkazuvchan tog‘ jinslari qoplamalar deb aytiladi.
- Tog‘ jinsi g‘ovaklik hajmining о‘zgarishi Guk qonuni bо‘yicha sodir bо‘ladi:
- (5.1)
-
- (5.2)
- bu yerda: ∆V - bosim qiymatining ΔR ga о‘zgarganda tog‘ jinsi g‘ovakligi natijasida hajmining о‘zgarishi, m3;
- β - g‘ovak muhitning elastik hajm о‘zgarishi, Pa-1.
Do'stlaringiz bilan baham: |