Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қарши Давлат университети


Mikroorganizmlarning  havoda  tarqalishi



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/59
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#287288
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
bioekologiya

Mikroorganizmlarning  havoda  tarqalishi.  Mikroorganizmlarning  havoda  yashashi, 

rivojlanishi  uchun  sharoit  noqulaydir.  Havoda  oziq  modda  yo’qligidan  ko’pchilik  mikroblar 

yashay  olmaydilar.  Bundan  tashqari,  havoda  namlik  yetarli  darajada  bulmaydi  va  quyosh  nuri 

mikroblarga zararli ta’sir etib turadi. Shu sababli ko’pchilik mikroblar havoda oz yashaydi. Fakat 

achitki, zambupyg, spora va pigmentli mikroorganizmlar havoda uzoq vaqt yashaydi, chunki ular 

kurgokchilikka  va  ultrabinafsha  nurlar  ta’siriga  chidamli  bo’ladi.  Mikroorganizmlar  havoga 

asosan chang bilan o’tadilar. Odam, hayvon va o’simliklarda uchraydigan mikroblar ham havoga 

utib  turadi.  Odam  aksirganda,  yutalganda,  tupurganda  shunday  bo’ladi.  Bir  kism  mikroblar 

xayvonning sulagi, gungidan havoga o’tadi, ba’zi mikroblar havoga suv tomchilari orkali o’tadi. 

Havodagi  mikroblarning  ko’p-ozligi  va  turlari  juda  o’zgaruvchandir.  Bu  xol  havoning 

mineral  va  organik  muallaq  zarrachalar  bilan  zararlanishiga,  temperaturaga,  yogingarchilikka, 

namligiga  va  yeriga  bog’liq,  havoda  chang,  tutun,  qurum  va  boshqalar  qancha  ko’p  bo’lsa, 




mikroblar ham shuncha ko’p bo’ladi, chunki chang va tutun zarrachalari ko’pchilik mikroblarni 

adsorbsiyalash (surish) xususiyatiga egadir. 

Odam  va  hayvon  chiqindilari,  o’liklaridan  va  turli  tashlandiqlardan  tuproqqa  patogen 

mikroblar  o’tib,  tuproqda  quriydi  va  chang  bilan  havoda  ko’tarilib,  ular  turli  yuqumli 

kasalliklarni tarqatishda muhim rol uynaydi. 

Odam  yoki  hayvon  bir  marta  aksirganda  4500  dan  150  minggacha  bakteriya      havoga 

chiqadi. 

Turar  joy  havosida  patogen  mikroblardan  sil  tayoqchasi,  kuydirgi  va  qoqshol  sporalari, 

pnevmokokk,  gazli  gangrena  qo’zg’atuvchisi,  stretokokk,  stafilokokk  va  boshqalar  uchraydi. 

Bunday  havo  bilan  nafas  olgan  odam  va  hayvonlar  u  yoki  bu  infeksiya  bilan  kasallanishi 

mumkin.  Patogen  mikroblarning  juda  ko’p  qismi  yopik  bino  havosida,  yaxshi 

shamollatilmaydigan, qorongi, hayvonlar zich joylashgan binolar havosida to’planadi. 

Molxona  havosining  turli  qismida  mikroblarning  miqdori  turlichadir.  Mikroblar 

hayvonlar  turadigan  yerda,  ya’ni  binoning  o’rta  qismining  havosida  juda  ko’p  bo’lib,  devor 

yonlarida ozroq, eshik oldi havosida esa juda ham nam bo’ladi, chunki u yerga doimo toza havo 

kirib  turadi.  Molxona  havosidagi  mikroblar  mollarga  dagal  hashak  berilganda,  ularning  tanasi 

tozalanganda, binoni tozalaganda ko’payadi. 

Yirik sanoat shaharlarining havosida mikroblar ko’p bo’lib, kishlok havosida oz bo’ladi; 

urmon,  bog,  yaylovlarning  havosida,  ayniqsa,  daryo,  okean  va  qorli  tog  chukkilari  havosida 

mikroblar birmuncha kam bo’ladi. 

Voytkevich ma’lumotiga ko’ra 1 m

3

 havodagi mikroblarning soni quyidagicha: 



Uy hayvonlari turadigan hovlida 1 mln dan 2 mln gacha. 

Odam yashaydigan xonada 20 minggacha.  

Shahar ko’chasida 5 minggacha.  

Shahar istiroxat bogida 200 gacha.  

Dengiz havosida 1—2 dona. 

Shimoliy kutb havosida (73° shimolda) 1 dona (10 m

3

 havoda). 



Shimoliy kutb havosida (80° shimolda) 0.  

Havoning  pastki  qatlamiga  nisbatan,  yuqori  qatlamida  mikroblar  kamroq  uchraydi. 

Masalan, Moskva shahrining 500 m balandlikdagi 1 m

3

 havosida 2—3 mikrob uchraydi, 1000 m 



balandligida  1,5  mikrob,  2000  m  balandlikda  esa  0,5  mikrob  uchraydi.  Moskvadan  5—7  km 

chetda xuddi shu balandlikdagi mikroblardan 3—4 marta oz bo’ladi (E. N. Mishustin). Havodagi 

mikroblarning  ko’p-ozligiga  yil  fasllari  ham  ta’sir  etadi.  yomg’ir  va  qor  yoqqandan  keyin 

havodagi  mikroblarning  soni  ancha  kamayadi.  yozdagiga  qaraganda  qishda  mikroblar  kam 

bo’ladi.  Havodagi  mikroblarning  oz-ko’pligi  har  xil  usullar  bilan  aniqlanadi.  Bu  usullar 

mikrobning umumiy miqdorini yoki turlarini aniqlashga moslashgan. Kox usuli: bunda bir necha 

Petri  kosachasiga  15—20  ml  eritilgan  go’sht-pepton  agari  qo’yiladi  va  ular  kotgandan  sung 

uyning burchaklariga va o’rtasiga qo’yib qopqog’i 5—10 minutga ochib qo’yilsa, uy havosidagi 

mikroblar chang bilan birga kosachaga utiradi. Sungra kosachalarning qopqog’i yopiladi va 37° 

issiqtermostatga  bir  necha  kunga  kuyiladi,  ana  shunda  muhit  betiga  tushgan  mikroblar  usadi 

hamda  kosachaga  qancha  mikrob  tushgan  bo’lsa,  shuncha  koloniya  hosil  qiladi.  Koloniyalarni 

hisoblab havoda taxminan qancha mikrob borligi va koloniyalarni tekshirish necha turli mikrob 

mavjud  ekanligini  bilish  mumkin.  Havo  mikroflorasini  Krotov  —  shafir  apparati  yoki  Mikel 

naychasi bilan ham tekshirish mumkin. Bu apparat bilan sm

3

, m


3

 havo mikrob usadigan oziqka 

yunaltiriladi,  keyin  oziqda  paydo  bo’lgan  koloniyalarning  hisobi  olinadi  va  mikroblarning 

umumiy  miqdori  aniqlanadi.  Havoda  patogen  mikroblar  borligini  aniqlash  uchun  har  qaysi 

mikrobga  o’ziga  xos  elektiv  oziq  (masalan,  paratif  kasalligini  qo’zg’atuvchi  mikrob  uchun 

hayvon  uti  qo’ushilgan  oziq)  tayyorlanadi  yoki  sezgir  laboratoriya  hayvonlariga  yuqtirib 

ko’riladi.  Havoda  mikroblarning  ko’p  miqdorda  bo’lishi  binoning  sanitariya  qoidalariga  hisob 

holatda  ekanligidan  (havo  almashinuvi  yomonligi,  hayvonlarning  zich  joylashishi  va 

boshqalardan)  darak  beradi.  Masalan:  turar  joy  binosining  1  m

3

  havosida  500-1000  dona 



bakteriya bo’lishi havoning juda ham ifloslanganligini bildiradi. 



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish