III. Tenericutes bo‘limi
Bu bo‘limga rigid (qattiq) hujayra devori yo‘q, grammanfiy, pentidoglikan
sintezlamaydigan prokariotlar, odam, hayvon va o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi
mikoplazmalar kiradi. Ularda hujayra devori yo‘q. Hujayra membranasi 3 qavatdan iborat bo‘lib,
oval yoki sharsimon shaklli, ba’zilari ipsimon shoxlangan bo‘lishi mumkin. Kattaligi 125 - 250
nm, bo‘lib, eng kichik bakteriyalarga yaqin. Viruslar kabi bakterial filtrdan oson o‘tadi. Ular
Mollicutes (mollis - lotincha yumshoq, cutes - teri yoki po‘st) sinfini tashqil etib,
Mycoplasmatales tartibi va bu tartibga 3 oila - Mycoplasmataceae, Acholeplasmataceae va
Spiroplasmataceae lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |