Birinchidan, jamiyatni tuzilishi
va tarkibi o‘rganiladi, ya'ni jamiyat qanday
kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko‘riladi.
Ikkinchidan jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning xatti-harakatlari
nimalardan iborat, ya'ni ularning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterlari
ko‘riladi.
Bunda biz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy
emas, balki aynan o’sha jamiyat qonuniyatlari asosida rivojlanib borishini
ta'kidlashimiz kerak. Bunda jamiyat munosabatlari, aynan bir qancha kuchlar idora etib
turgan munosabatlar orqali, kishilar u yoki bu munosabatlarni bajaradilar.. Jamiyatdagi
kishilarning qanday tabaqalarga taqsimlanishi, ushbu jamiyatning qanday kishilardan
iborat ekanligi, jamiyat ichki faoliyatida kishilarning o‘zlarini qanday tutishlari va ular
orasida o‘zaro munosabatlarning qay darajada ekanligi, alohida bir kishilarning xatti-
harakati natijasida katta ahamiyatga molik bo‘lgan ijtimoiy tarixiy jarayonlarning
vujudga kelishi, inson xatgi-harakatini qanday kuchlar boshqarib turishligi—
kishilarning o‘zaro munosabatlaridagi xarakterining o‘zagini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |