. Respublikada oilaning o’rtacha soni
5,5 kishidan iborat, bir qancha
viloyatlarda esa 6 kishidan iborat, bu ko’rsatkich MDHning Evropa qismidagi
mamlakatlarida 3,2 kishini tashkil etadi.
Davlatning vujudga kelishi bilan oilaviy hayotni boshqarish huquqiy xarakterga
ega bo’lgan. Nikohni yuridik jihatdan rasmiylashtirish nafaqat er-xotin oldiga, balki
davlat oldiga ham muayyan javobgarlik (burch, vazifa, ma`suliyat) qo’yadi. Shundan
boshlab oilaviy munosabatlar muammolarini nazorat qilish, huquqiy jihatdan
boshqarish davlat zimmasiga yuklatiladi.
Nikoh munsabatlarini, yolg’iz yashovchilarni, oilaviy buzilish sabablarini
o’rganish jamiyat ijtimoiy tarkibining ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Oddiy bir misol: diniy munosabatlar asosida, avval nikoh muqaddas hisoblanar edi.
Sobiq totalitar tuzum asorati sifatida biz bu masalaning ancha keying o’rinlardan
biriga surilib qollanganligining guvohi bo’lib turibmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |