«Guruh» tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida 2 ta ma'noga ega.
Bir tomondan,
u biror bir umumiy belgilariga qarab kishilarni ma'lum toifalarga ajratilganda
qo‘llaniladi (ko‘pincha statistikada, demografiyada). Ba'zan bu ma'noda «guruh»
termini psixologiya fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab,
kishilarni u yoki bu guruhlarga ajratish mumkin.
Ikkinchi tomondan,
hamma ijtimoiy fanlar doirasida guruh deganda, real mavjud
kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy belgilar, faoliyatlarining xilma-
xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va ma'lum ma'noda o‘zlarini mavjud
birlik vakili ekanliklarini his qiladilar. Masalan, talaba o‘zini talabalar guruhining a'zosi
sifatida his qiladi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |