Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Rasmiy guruhlar ham rasmiy (korxona, brigada kasaba uyushmasi, jamoat



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

Rasmiy guruhlar ham rasmiy (korxona, brigada kasaba uyushmasi, jamoat 
va davlat tashkiloti),
ham rasmiy struktura tomonidan tan olinmagan, ya'ni, norasmiy 
(yashirin tashkilot, norasniy guruh va hokazo) bo‘lishi mumkin. 
Norasmiy guruhlar, ko‘pincha bunday guruhlar «psixologik guruhlar yoki 
«sotsial psixologik guruhlar» deb ataladi.
Chunki bu guruhlarning tashkil topish 
zaminida guruh a'zolari o‘rtasidagi psixologik, hissiy munosabatlar yotadi. Norasmiy 
guruhlarning paydo bo‘lishida vaziyat va umumiy manfaatlar majmui muhim rol 
o‘ynaydi. Shuning uchun ham bu guruhlarni ba'zan, manfaat yuzasidan tuzilgan 
guruhlar ham deb atashadi. Odamlar ehtiyojlari turli-tuman bo‘lganligi sababli 
norasmiy guruhlar mavjud. 
Norasmiy guruh rasmiy guruhga qaraganda boshqacha tuzilishga ega. Agar rasmiy 
guruhda guruh sotsial strukturaning yuqori organlar va xatto jamiyat tomonidan tuzilsa, 
norasmiy guruhlar esa shaxsiy asosda, ya'ni uni tashkil etadigan individlar tashabbusi 
bilan tuziladi. Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol rol o‘ynaydilar va o‘z-o‘zidan 
guruhda a'zolarning ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat beradigan xatti-harakat 
sistemasi rivojlanadi. 
Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlar doirasida ham, undan tashqarida ham tashkil 
topishi mumkin. Birinchi navbatda, norasmiy guruh rasmiy guruh tashkilotiga nisbatan 
ikkilamchi hisoblanadi. U yoki bu guruh tashkiloti tarkibidagi guruh bo‘lib qoladi. 
Masalan, oddiy ishlab chiqarish korxonasidagi do‘stlar guruh — guruhning yaqqol 


67 
ko‘rinishidir. Ikkinchi navbatda, norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga bog‘liq 
bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Ular hudud (territoriya) yaqinligi asosida (qo‘shnilar), 
qiziqishlarning bir xilligi asosida (turli xil kolleksiya yig‘uvchilar), psixofiziologik 
hususiyat birligi asosida (tengdoshlar, bolalarning o‘yin guruhlari), shaxsiy mayl 
asosida paydo bo‘ladi. 
Norasmiy guruh a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar aniq ifodalangan shaxsiy 
sifatlarga ega. Bu aloqalar rasmiy guruhdagi aloqalarga nisbatan a'zolar uchun 
ahamiyatliroqdir. Masalan, ishchilar guruhi doirasida yuzaga kelgan do‘stlar 
munosabati faqatgina birga ishlashlari bilan emas, bo‘sh vaqtlarini ko‘proq birga 
o‘tkazishlari, ko‘p uchrashishlari, bir-biriga o‘zaro yordam berishlari bilan ham 
belgilanadi. 
Norasmiy guruhlar muntazam tashkilotga ega emas, ularda rasmiy saylangan 
martabali shaxslar; nizomlar, kun tartibi va aniq rasmiy maqsad bo‘lmaydi, guruhda 
tartib an'anaga, hurmat va obro‘, munosabatlariga asoslanadi. Biroq norasmiy guruhlar 
har doim o‘ziga xos ahloqiy kodekslarga ega emas. Norasmiy guruhlar rasmiy 
guruhlarga qaraganda ancha beqaror, ularga a'zo bo‘lish uchun aniq chegara yo‘q. 
Norasmiy guruhlarda tashkilot yo‘q desak xato qilgan bo‘lamiz. Ularni 
birlashtiradigan asosiy omillar bo‘lib, a'zolar manfaatlari, mayllari, odatlari hisoblanadi. 
Norasmiy tashkilotning o‘ziga xos tomoni — unga norasmiy liderning va guruhga 
yaqin bo‘lgan shaxsiy hususiyatlarning bo‘lishidir. 
Agar rasmiy guruh a'zolarining faoliyati qayd qilingan norma va qoidalar, xatto 
sanksiyalar vositasida nazorat qilinsa, norasmiy guruhlarda esa norasmiy norma va 
an'analar yordamida amalga oshiriladi. Bu norma va an'analar mohiyati guruhning 
jipslik darajasiga, uning boshqa sistemalar bilan munosabatiga bog’liq. Ba'zi norasmiy 
guruhda faoliyat qoidalari buzilgan taqdirda, aybdor shafqatsiz jazolanadi: masalan, 
banda, mafiyalarda bunday jazo usullari qo‘llaniladi. 
Shunday qilib, norasmiy guruh deb, guruh jipsligining yuqori darajasi, a'zolar 
aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial strukturalardan mustaqilligi, guruh 
faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi bilan 
xarakterlanadigan guruhga aytiladi. 
Guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish nisbiy xarakterga ega. Guruh 
rasmiy guruhga aylanishi mumkin. Masalan, do‘stlar ma'lum bir tashkilot tuzishlari 
mumkin. Boshqa tomondan bir vaqtning o‘zida guruh ham rasmiy, ham norasmiy 
bo‘lishi mumkin. Masalan, sinfdoshlar, kursdoshlar. 
Birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Shaxsning yaqinligiga ko‘ra, kichik guruhlar 
birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo‘linadn. Fanga birlamchi guruh terminini birinchi 
bo‘lib amerikalik sotsiolog Ch. Kuli tomonidan XX asrning boshlarida kiritilgan. 
Birlamchi guruh termini yaqinlik yaxshi ko‘rishlik, bevosita aloqa tushunchalariga 
sinonim sifatida ishlatiladi. Shunga bog‘liq ravishda, birlamchi guruhlarda muhit 
samimiy bo‘ladi va a'zolarning sidqidildan o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. 
Mana shu hususiyati bilan birlamchi guruh boshqa guruhlardan farq qiladi. 
Birlamchi guruhlarning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: a'zolar sonining 
kamligi, guruh a'zolarining hududiy yaqinligi, bevosita samimiy munosabatlar, 
yashashning uzoq davom etishi, maqsadlarning umumiyligi, guruhga a'zo bo‘lishning 
erkinligi va a'zolar xatti-harakati ustidan norasmiy nazorat. 


68 
Shunga muvofiq, «birlamchi guruh termini turli ko‘rinishdagi kichik guruhlarni 
aniqlash va «ikkilamchi guruh» terminiga qarama-qarshi tarzda qo‘llaniladi. 
Birlamchi guruh eng avvalo oiladir, guruhni birinchi navbatda a'zolarning 
manfaatlari bog‘laydi. 
Bunday xarakterga ega insonning bolalik va o‘smirlik chog‘idagi tengdoshlar 
guruhiga ham ega, qo‘shnilar, mahalla ham birlamchi guruhga aylanishi mumkin. 
Birlamchi guruhlar rasmiy aloqaga ega emas. Agar birlamchi guruh a'zolari o‘rtasida 
rasmiy aloqalar paydo bo‘lsa, bu guruh kichik rasmiy guruhga aylanganligini bildiradi. 
Birlamchi guruhning shaxsga ta'siri katta ahamiyatga ega. Ular a'zolarining axloqiy 
tomonini shakllantiradi va yangilaydi, mustahkamlaydi. Bu guruhlarda kishilarning 
birinchn sotsializatsiyasi (ijtimoiylashuvi) amalga oshadi, kishilar o‘zlarinint xislari va 
xatti-harakatlarini jamiyat talabiga muvofiq keladigan tarzda shakllantirishadi. 
Ikkilamchi guruhlar deb, biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan har 
qanday turdagi guruhlarga aytiladi, Ularda moddiy alqoqalar muhim aqamiyatga ega. 
Ularning faoliyati tartib-intizom qoidalari bilan boshqariladi. Umuman, ikkilamchi 
guruhlar — bu katta guruhlardir. Ba'zan birlamchi guruhlar ham ikkilamchi guruh 
bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi guruhlarga kasbiy, diniy, siyosiy guruhlarni kiritish 
mumkin. 
Referent va a'zoli guruhlar. Kichik guruhlarni o‘rganishning jihatlaridan biri 
bo‘lib, «referent guruh» deb ataladigan guruhlarni tahlil qilish hisoblanadi. «Referent 
guruh» termini amerikalik sotsial psixolog Mustafo Sherif tomonidan kiritilgan. 
«Referent guruh» termini (inglizcha so‘z, «mansub bo‘lish» degan ma'noni anglatadi) 
individ ongli ravishda; kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy kasbiy) 
nisbatan ishlatiladi. 
Shaxsning «guruh normalariga» munosabati belgilariga muvofiq guruhlar referent 
guruhlar yoki «etalonli» (o‘lchovli) guruhlarga bo‘linadi. Referent guruhlar ham kichik 
guruhlar, ham katta guruhlar — sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo‘lishi mumkin. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish