Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Mustaqillik sharoitida O’zbekistonda sotsiol–etnik munosabatlar



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/359
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419158
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   359
Bog'liq
sotsiologiya (1)

Mustaqillik sharoitida O’zbekistonda sotsiol–etnik munosabatlar.
O’zbekiston milliy mustaqillikni qo’lga kiritgandan boshlab, o’tgan dastlabki 20 yillik 
muddat yuz yillar mazmuniga teng bo’ldi. O’zbek xalqi millat sifatida o’zligini, or-
nomusini, milliy iftixorini, qadr-qimmatini, boy o’tmish madaniy merosini, tilini va shu 
kabi ko’plab boshqa qadriyatlarni qaytadan tikladi. O’tmishi va kelajagi buyuk 
bo’lishini bilib, millat sifatida yana jahonga yuz tutdi. 
Tarixdan ma`lumki, o’zbek etnosining shakllanishida markazlashgan Amir 
Temur davlatining tashkil topishi katta ahamiyat kasb etgan. SHu davrdan boshlab, 
o’zbek etnik guruhi boshqa turkiy guruhlardan farqlanuvchi o’ziga xos jihatlarni 
ko’proq namoyon qila boshlagan. Bularga asosan, yagona davlat fuqaroligi, yagona til, 
madaniy, ma`naviy qadriyatlar uyg’unligi, hududiy birlik, uyushganlik hamda yagona 
diniy (islom) e`tiqod birligi kabilar hisoblanadi. Nisbatan o’troq, asosan sug’orma 
dehqonchilik va shahar hunarmandchiligi bilan shug’ullanishi, Markaziy Osiyoning qoq 
o’rtasida joylashuvi va hududiy uyushganligi kabi omillar ham o’zbek millatining 
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
O’zbek xalqining etnik jihatdan tashkil topishi tarixan murakkab, juda katta 
ichki va tashqi ijitmoiy zarbalar ostida bordi. Amir Temur vafotidan so’ng 
temurzodalarning o’zaro kurashi, Shayboniyxon tomonidan temurzodalarga qarshi olib 
borilgan kurash, keyinchalik Movarounnahrning (Xiva xonligi) Rus imperiyasi 
tomonidan istilo qilinishi millatning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. Chor 
Rossiyasi tomonidan bosib olinishi oqibatida, Turkiston qat`iy yagona hududga 
birlashtirilgan bo’lsada, buyuk rus shivinizmi zo’ravonligi ta`sirida o’zbek xalqi boshqa 
turkiy xalqlar bilan bir qatorda mazlum xalq sifatida tahqirlandi, kamsitildi va qaddi 
bukildi. Uzoq davr ma`naviy-axloqiy, siyosiy-huquqiy tushkunlikni boshdan kechirdi. 
Sobiq sovet tuzumi davrida ham bunday siyosat o’ta nozik, baynalminallik niqobi 
ostida o’ziga xos usullar bilan davom etdi.
Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi munosabati bilan endilikda milliy 
ko’tarilish, rivojlanish jadal bormoqdaki, mavjud siyosiy-iqtisodiy, huquqiy va 
ma`naviy shart-sharoit o’zbek xalqini yaqin kelajakda jahonning ilg’or, yuksak 
ma`naviyatga ega bo’lgan millat darajasiga erishtirishi muqarrardir. Zotan, tarix–xalq 
ma`naviyatining asosidadir
63
.
Jamiyat o’zining tarkibiy tuzilishi jihatdan o’zaro chambarchas bog’liq 
bo’lgan tomonlar, jabhalar bir butun ijtimoiy tizim tarkibidagi nisbatan katta-kichik 
tizimlar, ijtimoiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Ularning har biri o’z taraqqiyoti 
davomida bir-birlariga muayyan darajada salmoqli ta`sir ko’rsatadi. Mustaqil 
O’zbekiston davlatining xalqaro maydonda nufuzli mamlakatga, barcha sohalarda 
rivojlangan jamiyatga ega bo’lish darajasiga ko’tarilishi, uning ana shu o’zaro 
funktsional ta`sirida bo’luvchi tomonlari, tarkibiy bo’laklari holatining xarakteriga 
bog’liq. 
63
Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. – T. 7. – T.:O`zbеkiston,1999.-146-b.


148 
Mustaqil O’zbekiston jamiyatning ertangi kun ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga 
bugun asos solinar ekan, jamiyat ijtimoiy tarkibini o’rganish real hayotimizni, kundalik 
turmushni yanada to’laroq bilishga xizmat qiladi. Har bir ijtimoiy guruh ayrim, olingan 
shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o’z o’rniga ega bo’ladi. Shaxs o’zining jinsi, 
yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma`lumoti mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va 
boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibiga kiradi. Jamiyatning ijtimoiy 
tarkibi- ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotidagi o’z mavqey bilan farq qiluvchi 
tomonlari majmuasidan iboratdir. 
Mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlarining tarkib topib borishi, 
xususiy va boshqa mulk shakllarining qonuniy deb e`lon qilinishi bilan kishilar ijtimoiy 
guruhlarining faolligi ortmoqda. Har bir kishi o’zidagi qobiliyat, omilkorligi, 
tadbirkorligi va ishbilarmonligi bilan ijtimoiy taraqqiyot ko’lamiga ta`sir ko’rsatish 
imkoniga ega bo’ldi.
Mustaqillik 
sharoitida 
O’zbekistonda 
mobillik 
(harakatchanlik) 
kontsepsiyasining jadal amal qilishi uchun sharoit etildi. Demokratik tuzum sharoitida 
kishilar o’zlarining shaxsiy qiziqishlari, tirishqoqliklari bilan jamiyat ijtimoiy 
tarkibidagi mavqelarini yaxshilab borish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Jamiyat 
taraqqiyotida uning tarkibiy tuzilishi, funksional aloqadorlik o’zining «tabiiy 
qonunlari», evolyutsion rivojlanishi, ijtimoiy sohalarning bir maromdagi mutanosibligi 
asosidagina rivojlanadi. Revolyutsiyalar davri o’tdi. Insoniyat yuqori intellektual 
taraqqaiyot bosqichiga qadam qo’ymoqda. Ijtimoiy tarakqiyotning bu bosqichi yangi, 
o’ziga xos qonuniyatlar asosida borishi turgan gap. Abu Rayhon Beruniy bobomiz 
ta`kidlaganidek, aslida ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruriatidan 
paydo bo’ldi. Xalq haqqoniy tarixini bilib, o’zilikni anglay boshladi. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish