152
sotsial xarakter - dunyoparastlik, ekspluatatorlik, retseptiv (andozalik, qolip), bozorga
oidlik xosdir.
65
Zamonaviy jamiyatni E.Fromm inson mohiyatini «mashinalashtirish»,
«komp`yuterlashtirish» va «robotlashtirish» jarayonlari
yordamidagi begonalashuv
darajasining bir mahsuli deb ta`riflaydi. Bu jarayonda bozorga yo’naltirilgan sotsial
harakat paydo bo’lib, unda iste`molga intilish, ikkilanishlar hissiyoti, yakkalanib
qolishlik va boshqa
salbiy holat, hissiyotlar markaziy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu erda psixologik va sotsial begonalashishning bir-biri bilan juda
uyg’unlashib ketishini ko’rish mumkin. Insonlar bir-birlaridan o’zaro munosabatda,
muloqotda begonalashsalar, o’z-o’zlaridan begonalashish ham yuz beradi,
chunki
insonlarning bir-birlaridan o’zaro begonalashuvlari oqibatida ularda yakkalanish,
zerikish va hayotga qiziqishlari so’nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida,
insonning o’z kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yo’qolib, u o’zini begona deb
hisoblaydi va bu jarayon ko’pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Qisqacha xulosalar
Xulosa
qilib aytadigan bo’lsak, jamiyat hayotidagi
turli xil begonalashuv
jarayonlari tezroq ilmiylik va uyg’unlik asosida bartaraf qilinsagina, jamiyat sog’lom
sharoitda taraqqiy etadi va salbiy ijtimoiy hodisalarning o’z vaqtida oldi olinadi.
Masalan, mehnatdan begonalashishni bartaraf etish uchun birinchi galda insonlarning
o’z mehnatlari natijalaridan manfaatdor bo’lishlari va uning oqibatida esa ularning
mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirib, qiziqish va kuch-g’ayrat
bilan
ishlashlarini tashkil etish darkor.
Ishlab chiqarishni boshqarishdagi begonalashish muammosini
bartaraf etish ham
juda muhim ma`no kasb etadi. Buning uchun ishlab chiqarish munosabatlarini chuqur
demokratiyalashtirish, korxona, tashkilot va muassasalardagi mavjud boshqaruv
tizimlarini demokratik yo’llar bilan takomillashtirish va ishchi, xizmatchilarga xo’jalik
egasining aniq vazifasi, huquqi va mas`uliyatlarini o’rgatish zarur.
Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga munosabatni
takomillashtirib borish, jamiyatning har bir a`zosi ma`naviy qadriyatlardan yaxshi
xabardor bo’lish va madaniy qurilishga etarli mablag’ ajratilishini ta`minlash zarur.
Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarning bir-birlari bilan
munosabatlari, muammolarini haqiqiy birdamlik va hamkorlik
asosida qurish kerakki,
shunda har bir inson o’zini boshqalar uchun ham kerak ekanligini chin yurakdan his eta
olsin.
Ruhiy begonalashuvni bartaraf etish choralari sotsial begonalashuvni bartaraf
etishning uzviy davomidir. Inson o’zining kimgadir kerakligini ruhan his qila olsagina
hech qachon tushkunlikka tushmaydi. YAkkalanish, iztirobga tushish xavfidan xolos
bo’ladi, oqibatda, uning o’z-o’zidan, o’z mohiyatidan
begonalashuviga hech qanday
sabab qolmaydi.
Biz qurayotgan bugungi yangi jamiyat o’z oldiga bu begonalashuv jarayonlarini
tezroq bartaraf etib, haqiqiy rivojlanishga, erkinlikka,
erishish maqsadida hozirgi
qiyinchiliklarni sobitqadamlik bilan engishga harakat qilmoqda. Endilikda bu
harakatlarning natijalari albatta yuzaga chiqadi, deb umid qilishga hamma asoslar
65
V.Aliev. “ Sotsiologiya”.Darslik.2011.y.56-b.
153
mavjuddir. Shu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning II chaqiriq
I-sessiyasida
ta`kidlaganidek,
«Ijtimoiy
hayotimizning
barcha
sohalarini
demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, yangi ma`no-mazmun bilan
boyitish, uning izchilligi va samarasini ta`minlash – mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan siyosiy islohotlarning mazkur bosqichida oldimizda turgan eng dolzarb
vazifadir» (T.8, 332-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: