86
uchun hozirda oila sotsiologiyasi mahalla doirasida kengroq o’rganilmoqda. Bozor
munosabatlari barchani tobora chuqurroq o’z doirasiga tortayotgan ekan, bu holat
oilaviy munosabatlarga ham o’z ta`sirini o’tkazmay qolmaydi, albatta. Oilaning ishga
yaroqli bo’lgan barcha a`zolari tirikchilik bilan band bo’lib, bolalar o’z holiga tashlab
qo’yilayotgani ham haqiqatdir. Ana shunday vaziyatlarda mahallalarning rolini,
mas`uliyatini oshirish to’g’risidagi da`vat
va tegishli farmoyishlar, oilalardagi
muammolarning keng jamoatchilik muammolari sifatida qabul qilinishi davr taqozosi
ekanligidan dalolat beradi. Bolalar jamiyatning kelajagi ekanligi e`tirof etilar ekan,
ularning tarbiyasi uchun shu jamiyatning har bir a`zosi mas`ul ekanligini e`tiborga
olgan holda, eng avvalo oila o’z farzandining tarbiyasi, uning kelajagi, jamiyat oldidagi
burchini anglab etishida javobgar ekanligini ta`kidlash bilan birga uning zimmasiga eng
og’ir mas`uliyat tushishini anglab etib, o’z funktsional vazifasiga sodiq holda jamiyat
taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borishi talab etiladi.
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga,
axloq-odobini ham
yaxshilangizlar», - deyiladi hadislarda. Farzand - hayotnig guli. Darhaqiqat, odobli
farzand bilan hayotimiz fayzlidir. Biroq, farzandlarimiz xatti-harakatida ham goho
nuqsonlar ko’zga tashlanadi, ularning o’z vaqtida oldi olinib, bartaraf etilmasa, gunoh
ishlarga olib boradi. SHuning uchun oilada farzandlarimizga hadis namunalarini uqtirib
borishimiz ham foydadan xoli emas.
Pedogogika fani atamasida «tarbiyasi qiyin» degan tushuncha mavjud. Bu
tushuncha odatda sho’x va qaysar o’quvchilarga nisbatan ishlatiladi. SHuningdek,
tarbiyasi og’ir bolalar qatoriga o’zboshimcha, hatto bezori bolalar va zararkunanda
darajasiga tushib qolgan o’smirlar ham kiradi: ularni tarbiyalash,
hayotini haqiqiy
to’g’ri yo’lga solib yuborish oson ish emas, albatta. Biroq, astoydil, e`tiqod va fidoyilik
ko’rsatib, ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga suyanib, bu og’ir va mashaqqatli ishda
muvaffaqiyatga erishadigan tarbiyachi-murabbiylar ham yo’q emas.
Bola ruhiyati va madaniyatining nuqsonlarini o’z vaqtida payqab, ularni bartaraf
etish tadbirlarini izlash va mohirona ish yuritib, tarbiyaviy ta`sir ko’rsatib, shubhasiz,
samarali natijalarga erishish mumkin. Buning uchun ruhiyat va pedagogika fanlarining
yutuqlariga
suyangan holda oilalarda, ota-onalar universitetlari ishlarini jonlantirgan
holda, bu vazifaga mutasaddi bo’lgan mutaxassislarning mas`ulyatini oshirish talab
etiladi.
Oila a`zolari o’rtasida nutq odobi masalasi ham g’oyat muhim ahamiyatga egadir.
Biroq, bu ishni amalga oshirishda, birinchi galda, ota-onalarning o’zlari namuna
ko’rsatib, sof ona tilida so’zlashlari lozim. Ma`lumki, «sen» va «siz» so’zlari ham bir
og’izdan chiqadi. Ayniqsa, o’zbek kelinining xush odobi,
mehnatsevarligi, uddaburon
va chaqqonligi, saramjon-sarishtalik xususiyatlari bilan hammada havas uyg’otibgina
qolmay, shirin so’z, xushmuomala, yoqimtoylik fazilatlari bilan xonadonga nur
yog’diradilar. Baliq suv bilan tirik deganlaridek, odam-odam bilan hayotdir. Buning asl
ma`nosida odamlarning o’zaro muloqotidagi aloqa qurolining ijtimoiy sifatlari yotadi.
Bo’lajak oila vakillari, bular farzandlar ekan, ularning kelgusida qanday oila qurishlari,
qanday oila egasi-yu, qanday uy bekasi bo’lishi ular o’sib-unayotgan oilasida
shakllanadi. «Qush uyasida ko’rganini qiladi», - degan naql bejiz emas.
Oiladagi
an`analar, udumlar asirlar osha davom etaveradi. Undagi yaxshi va yomon fazilatlar
hamda illatlar kelgusi avlodlar hayotida o’z aksini topadi. SHuning uchun, iloji boricha
oilada ijobiy xislatlarni kengroq shakllantirib, nuqsonlarni bartaraf etib borish ota-
87
onaning va oiladagi boshqa keksa avlodlarning jamiyat oldidagi jiddiy burchi
hisoblanadi.
Oilada bolaning kitobxonligini uyushtirish ham jiddiy ahamiyatga ega bo’lib, uni
quyidagicha amalga oshirish mumkin:
1. Har qaysi yoshdagi bolalar uchun badiiy asarlarni to’g’ri tanlash va olib berish.
2. Ma`lum tartib asosida badiiy kitoblarni o’qish uchun vaqt hamda sharoitni
belgilash.
3. Badiiy asarlarning tarbiyaviy tomonidan ta`sir ko’rsatadiganlarini tanlash va
kerakli adabiyotlarni to’plab, oila kutubxonasini tashkil etish.
4. Bolalar kitobxonligini bog’cha va maktab bilan hamkorlikda uyushtirish. Bunda
uslubchilar va sinf rahbarlari bilan doimiy aloqa o’rnatib,
bolaning tarbiyasi bilan
muntazam ravishda qiziqib turish kerak.
5. Oilada bolalar kitobxonligini oshirish (uyushtirish)da turli xil usullardan
foydalanish (tajriba va kuzatish, suhbat, ifodali o’qish, hikoya, bahs-munozara) yaxshi
samara berishini ko’rsatadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, oilada tarbiyaga katta ahamiyat berish kerak. Oila
a`zolari bir-birlari bilan qanday muomalada bo’lsalar, shu muhit qobig’idagi
o’spirinlarda ham xuddi shunday va ularga xos xulq-atvorlar namoyon bo’la boshlaydi.
Oila a`zolari xontaxta atrofida o’tirib, turli mavzularda mulohazalar yuritish, murakkab
muammolarni hal qilish borasidagi atroflicha etarli bahslar, shubhasiz, yigit-qizlar aql-
zakovatining o’sishida, ularning aql-kamolotida turtki vazifasini bajaradi.
Oilaviy turmush bu buyuk hayot maktabidir, unda er-xotin bir-birini tarbiyalaydi,
biri ikkinchisidan o’rganadi, o’zidagi kamchiliklarni payqaydi va bartaraf eta boradi.
Ana shu kamchiliklarga bardosh bergan oilagina baxtli bo’la oladi. Oila qurishdan
asosiy maqsad farzand ko’rishdir, avlodlar davomiyligini davom ettirish, jamiyat
manfaati yo’lida hormay-tolmay mehnat qilishdan iboratdir.
Er ila xotunning qonuniy suratda birga yashab, bir vujud bo’lishlaridan oila tashkil
bo’lur. Er o’zi uchun bir xotun tanlab, dunyoda bo’lgan tirikligida, shodligu-qayg’usida,
har bir yaxshi-yomon kunida suyanchiq bo’ladigan, joniga rohat baxsh etadigan bir
sirdosh topur. Xotun odam bolasida bo’lg’on xulqlarni go’zallashtirurki,
bunga sabab
qattiq ko’ngillarni yumshatuvchi, insonlarni jonvor emas, inson etuvchi bir qut
bo’lganidandir. Zero, do’stlik va yaqinlik kabi narsalar naqadar mustahkam bo’lsa-da,
oila tashkil etishdan qudratliroq emas. (Hadis, 9-bet).
Oila qurishdan oldin, uning inqilobi va istiqboli ustida o’ylamoq oqillarning ishi.
Aksincha, ba`zilar avval turmush qurib, keyin pushaymon qila boshlaydilar. «Er va
xotinning bir-biriga bo’lgan mehru-vafosi bizga bobolarimizdan qolgan bebaho
merosdir».
Nikoh munosabatlarini, yolg’iz
yashovchilarni, oilaviy buzilish sabablarini
o’rganish jamiyat ijtimoiy tarkibining ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, oila va nikoh munosabatlari nafaqat er-xotinning o’rtasidagi shaxsiy,
balki ijtimoiy, umumbashariy ahamiyatga ham egadir. Oila nafaqat eru-xotin ittifoqi,
balki jamiyatning asosiy bo’g’inidir, respublikamizda o’tgan 1998 yilning «Oila» yili
deb e`lon qilinishi va shu munosabat bilan bir qator tadbirlarning amalga
oshirilayotganligi buning yaqqol dalilidir.