147
U yoki bu etnik guruh tabiiy tarkib topishining asosiy shart-sharoiti bu
hududiy va til birligi hisoblanadi. Muayyan etnik birlik–millatning har jihatdan
rivojlanishida uning o’z mustaqil siyosiy davlat tizimiga ega bo’lishi muhim ahamiyat
kasb etadi.
Mustaqillik sharoitida O’zbekistonda sotsiol–etnik munosabatlar.
O’zbekiston milliy mustaqillikni qo’lga kiritgandan boshlab, o’tgan dastlabki 20 yillik
muddat yuz yillar mazmuniga teng bo’ldi. O’zbek xalqi millat sifatida o’zligini, or-
nomusini, milliy iftixorini, qadr-qimmatini, boy o’tmish madaniy merosini, tilini va shu
kabi ko’plab boshqa qadriyatlarni qaytadan tikladi. O’tmishi va kelajagi buyuk
bo’lishini bilib, millat sifatida yana jahonga yuz tutdi.
Tarixdan ma`lumki, o’zbek etnosining shakllanishida markazlashgan Amir
Temur davlatining tashkil topishi katta ahamiyat kasb etgan.
SHu davrdan boshlab,
o’zbek etnik guruhi boshqa turkiy guruhlardan farqlanuvchi o’ziga xos jihatlarni
ko’proq namoyon qila boshlagan. Bularga asosan, yagona davlat fuqaroligi, yagona til,
madaniy, ma`naviy qadriyatlar uyg’unligi, hududiy birlik, uyushganlik hamda yagona
diniy (islom) e`tiqod birligi kabilar hisoblanadi. Nisbatan o’troq, asosan sug’orma
dehqonchilik va shahar hunarmandchiligi bilan shug’ullanishi, Markaziy Osiyoning qoq
o’rtasida joylashuvi va hududiy uyushganligi kabi omillar ham o’zbek millatining
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
O’zbek xalqining etnik jihatdan tashkil topishi tarixan murakkab, juda katta
ichki va tashqi ijitmoiy zarbalar ostida bordi. Amir Temur vafotidan so’ng
temurzodalarning o’zaro kurashi, Shayboniyxon tomonidan temurzodalarga qarshi olib
borilgan kurash, keyinchalik Movarounnahrning (Xiva xonligi) Rus imperiyasi
tomonidan istilo qilinishi millatning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. Chor
Rossiyasi tomonidan bosib olinishi oqibatida, Turkiston qat`iy
yagona hududga
birlashtirilgan bo’lsada, buyuk rus shivinizmi zo’ravonligi ta`sirida o’zbek xalqi boshqa
turkiy xalqlar bilan bir qatorda mazlum xalq sifatida tahqirlandi, kamsitildi va qaddi
bukildi. Uzoq davr ma`naviy-axloqiy, siyosiy-huquqiy tushkunlikni boshdan kechirdi.
Sobiq sovet tuzumi davrida ham bunday siyosat o’ta nozik, baynalminallik niqobi
ostida o’ziga xos usullar bilan davom etdi.
Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi munosabati bilan endilikda milliy
ko’tarilish, rivojlanish jadal bormoqdaki, mavjud siyosiy-iqtisodiy,
huquqiy va
ma`naviy shart-sharoit o’zbek xalqini yaqin kelajakda jahonning ilg’or, yuksak
ma`naviyatga ega bo’lgan millat darajasiga erishtirishi muqarrardir. Zotan, tarix–xalq
ma`naviyatining asosidadir
63
.
Jamiyat o’zining tarkibiy tuzilishi jihatdan o’zaro chambarchas bog’liq
bo’lgan tomonlar, jabhalar bir butun ijtimoiy tizim tarkibidagi nisbatan katta-kichik
tizimlar, ijtimoiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Ularning har biri o’z taraqqiyoti
davomida bir-birlariga muayyan darajada salmoqli ta`sir ko’rsatadi. Mustaqil
O’zbekiston davlatining xalqaro maydonda nufuzli mamlakatga,
barcha sohalarda
rivojlangan jamiyatga ega bo’lish darajasiga ko’tarilishi, uning ana shu o’zaro
funktsional ta`sirida bo’luvchi tomonlari, tarkibiy bo’laklari holatining xarakteriga
bog’liq.
63
Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. – T. 7. – T.:O`zbеkiston,1999.-146-b.
148
Mustaqil O’zbekiston jamiyatning ertangi kun ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga
bugun asos solinar ekan, jamiyat ijtimoiy tarkibini o’rganish real hayotimizni, kundalik
turmushni yanada to’laroq bilishga xizmat qiladi. Har bir ijtimoiy guruh ayrim, olingan
shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o’z o’rniga ega bo’ladi. Shaxs o’zining jinsi,
yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma`lumoti mutaxassisligi, oilaviy ahvoli,
millati va
boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibiga kiradi. Jamiyatning ijtimoiy
tarkibi- ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotidagi o’z mavqey bilan farq qiluvchi
tomonlari majmuasidan iboratdir.
Mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlarining tarkib topib borishi,
xususiy va boshqa mulk shakllarining qonuniy deb e`lon qilinishi bilan kishilar ijtimoiy
guruhlarining faolligi ortmoqda. Har bir kishi o’zidagi qobiliyat, omilkorligi,
tadbirkorligi va ishbilarmonligi bilan ijtimoiy taraqqiyot ko’lamiga ta`sir ko’rsatish
imkoniga ega bo’ldi.
Mustaqillik
sharoitida
O’zbekistonda
mobillik
(harakatchanlik)
kontsepsiyasining jadal amal qilishi uchun sharoit etildi. Demokratik
tuzum sharoitida
kishilar o’zlarining shaxsiy qiziqishlari, tirishqoqliklari bilan jamiyat ijtimoiy
tarkibidagi mavqelarini yaxshilab borish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Jamiyat
taraqqiyotida uning tarkibiy tuzilishi, funksional aloqadorlik o’zining «tabiiy
qonunlari», evolyutsion rivojlanishi, ijtimoiy sohalarning bir maromdagi mutanosibligi
asosidagina rivojlanadi. Revolyutsiyalar davri o’tdi. Insoniyat yuqori intellektual
taraqqaiyot bosqichiga qadam qo’ymoqda. Ijtimoiy tarakqiyotning bu bosqichi yangi,
o’ziga xos qonuniyatlar asosida borishi turgan gap.
Abu Rayhon Beruniy bobomiz
ta`kidlaganidek, aslida ilm-fan kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruriatidan
paydo bo’ldi. Xalq haqqoniy tarixini bilib, o’zilikni anglay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: