35
Empirik tadqiqotlar sotsiologiyaning muhim komponenti hisoblanadi. Dastlabki
empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq o‘tkazilgan edi, lekin faqatgina XX asrning birinchi
choragidan AQShda ommaviy ravishda o‘rin oladi.
Empirik tadqiqotlar tajribali bilishni anglatadi. Ular sotsial guruhlar, individlar,
tashkilotlar, muammolarni bevosita o‘rganishni o‘zining asosiy maqsadi deb
hisoblaydilar.
Empirik
sotsiologik
tadqiqotlarning
ob'ekti—bu
ijtimoiy
hayotning
mikrojarayonlari,
insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlaridir.
Empirik tadqiqotlarlarni sotsiologik fanning muhim bir bulagi sifatida empirizm
kontseptsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm kontseptsiya sifatida
nazariy sotsiologik bilimlarni tuliq inkor etadi. Empirizm xissiy idrokni bevositaligini
fanning asosi deb hisoblaydi.
Empirik tadqiqotlarning vazifasi sezgilar maydoniga bilimlarni olib chiqishi emas,
aksincha bu bilimlarni rivojlantirish, empirik faktlar yig‘ish,
real jarayonlarni tadqiqot
qilishligi bilan muammolarni kundalang ko‘yish va hal qilishlikdir. Empirik tadqiqotlar
huddi boshqa fanlar ynlaetgan kabi bilimning ma'lum bir vositasi, davri va darajasidir.
Empirik
sotsiologiyaning
ob'ekta
mikrojarayonlar
bulsa,
predmet
sifatida
takomillanishning turli muammolari munosabatlar uyg‘unlashuvi, faoliyatning
sermaq.sulligi, shahsning sotsial xususiyatlari turli xil institut va tashkilotlar namoyon
bulishlari mumkin. Empirik sotsiologiyaning ob'eqti va predmetining hususiyati mahsus
metodologiya va metodni ishlab chiqishni talab qiladi. Buni anglash esa birdan yuz
bermadi. Dastlab empirik metodni ishlab chiqish aniqrogi sotsial jabhalar uchun tabiiy
fanlarning metodlarini qayta ishlab chiqish g‘oyasi etarlidir degan fikrlar vujudga keldi
va bu qayta ishlangan uslublar bilan empirik tadqiqotlarni muvaffaqiyatli utkazish
mumkin degan hulosa paydo buldi. Ammo tez orada ma'lum buldiki, empirik
tadqiqotlarni utkazish chog‘ida kuplab metodologik harakterga ega bulgan muammolar:
sotsial faktning mohiyati, nazariy bilimning empirik ma'lumotlar
bilan uzapo
munosabatlari, surov, kuzatish va utkazilayotgan ma'lumotlarni tashkil qilish jarayonida
sub'ektiv omilning roli kabilar paydo buldi. Sotsiologiyada bilimning sub'ektiv aslekti
masalasi metodologik muammolarnnng eng markaziylaridan hisoblanadn. Empirik
sotsiologiyaning tadqiqotida empirik metodlar: surov, kuzatish, hujjatlarni o‘rgannsh va
eksperiment usullarn shakllanib joriy etildi. Bu metodlarning har birini hususiyati
jarayonning tomonlarini huddi shu metod bilan taxlil qilishlik bilan belgilanadi.
Masalan, eng ommabop metod — surov metodi asosan insonlarning sub'ektiv dunssiin:
qarashlari, munosabat bildirishlar, juda tez rivojlanishlik va uzgaruvchanliklarga
yunaltirilgandir. Bundan tashqari, sotsiolog tomonidan olingan ma'lumotlarga
uning
munosabat bildirishi, nntershretatsnl (tahlil qilishlik), tushunishi bilan tus beriladi. Shu
tufayli esa empirik tadqiqotlar metodologiyasi shunday printsip va yunalishlar ishlab
chiqilishi kerakki, u orqali empirik ma'lumotlarining ob'ektivligi va haqqoniyligi
ta'minlansin, sotsiolog va respondent o‘zaro harakatlarining murakkab aspektlari tuliq
majmuasini nazarda tutadigan tadqiqot vositalari, mantiliy masalalari va davri
muammolarni hal qilsin.
Shunday qilib, empirik sotsiologiya bu bilimning yirik bir sohasidir-u uzining
tarkibida empirik metodlar
bilan bir qatorda metodologiya, ma'lumotlar tamini va
empirik ma'lumotlarni qayta ishlash sistemasini uzida mujassamlashtiradi. Shu sababli
36
empirik tadqiqotlar odatda har hil mutahassislikning tadqiqotchilari: psixologlar,
metodologlar, matematiklar jamoasining Uzaro hamkorligi ostida utkaziladi.
Empirik tadqiqotlar asosan statistik ma'lumotlarga tayangan holda utkaziladi.
Rivojlangan mamlakatlarda informatsion ta'minot empirik tadqiqrtning muhim manbasi
hisoblanadi.
Empirik tadqiqotlarning rivojlanishi uchun asosiy muammo — bu tehnik vositalar
ta'minoti bilan bogliqdir, chunki tadqiqotlar natijalari hamda qayta ishlanishi zarur.
Shuningdek, surov va kuzatish uchun ham ma'lum tehnik vositalar talab qilinadiki,
shuning uchun empirik tadqiqotlar anchagina qimmat tadbir hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: