Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги абдулла қодирий номли жиззах давлат педагогика институти


Xulosa………………………………………...………………………………….66-68 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 178,68 Kb.
bet2/14
Sana03.06.2022
Hajmi178,68 Kb.
#633240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BMI tayyor21

Xulosa………………………………………...………………………………….66-68
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..……………….69-73
Ilovalar………………………………………………………………………...…74-81


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishgach o‘zning taqdirini o‘zi belgilash baxtini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi kelajakka ulkan marralarni ko’zlagan barqaror taraqqiyot yo‘lini tanladi. Mamlakatimiz O’zbekistonda adolatli demokratik jamiyat barpo qilish bosh strategik maqsad qilib belgilandi. Bu maqsad sari izchil “qadam bosildi”. Bizning asosiy strategik vazifamiz demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan qat’iyat bilan ildam borishdir. Inson manfaatlari hamda uning huquqlarini himoya qiladigan, uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan eng adolatli ijtimoiy makon - bu fuqarolik jamiyatidir. Fuqarolik jamiyatining ahamiyatini to’g’ri tushunib yetgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 4-mart kuni “2021-2025- yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tastiqlash to’g’risida”gi PF-6181-sonli farmon1ga imzo chekdi va “2021-2025- yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilindi. Konsepsiya o’z oldiga mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini hamda dolzarb masalalarni hal etishda hamkorligini kuchaytirish kabi maqsadlarni qo’ydi.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy asoslarini yaratishni takomillashtirish hamda ularni ilmiy tadqiq qilish davr talabidir. Erkin va farovon hayot manbai hisoblangan fuqarolik jamiyatini qurishda barcha bo’g’inlarning, shu jumladan, mahalla institutining ahamiyati, o‘rni va roli beqiyos hisoblanadi. Chunki jamiyatni boshqarishda tajribasi va kunikmasi yetarli darajada bo‘lgan, moddiy jihatdan kuchsiz bo’lgan fuqarolik jamiyati institutlari orasida tarixga va qadimiy idizga ega mahalla xalqimizning qon-qoniga singib ketgan, dunyoning boshqa hech joyida o’xshshi uchramaydigan jamoa holida yashashning eng oliy shakli, fuqarolik jamiyatida demokratik institut sifatida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan mahalla institutidir. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” 2017-yil 7-fevral kuni PF-4947 sonli qaror bilan qabul qilindi. Ushbu “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning birinchi bobi – “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanadi. Ushbu bobning 1.3 Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish bandida mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish vazifasi qo’yilgan.2 Prezidentimiz Shavkat Mirziyovev mahalla haqida: “Qaysi mahallada ish to‘g‘ri tashkil etilib, fuqarolar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha erda hamjihatlik, mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda, noxush holatlarga yo‘l qo‘yilmayapti”, - degan fikrlarini bildirib o’tdi. Hozirgi globallashuv davrida insoniyat hayotiga xavf solayotgan turli xavf-xatarlar, jumladan diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, “ommaviy madaniyat” tahdidlari sharoitida mahalla o‘ziga xos tayanch maskani, tarbiya o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida shunday degan edi: “...shunday tahlikali vaziyatni hisobga olgan holda, biz yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatimizni har tomonlama kuchaytirishimiz shart. Bu – zamon talabi.
Xususan, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, diniy-axloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari faollari – barcha-barchamiz birgalikda ish olib borishimiz lozim. Ishni ana shunday tashkil etsak, har birimiz bu masalaga befarq bo‘lmasdan, o‘z bolamizni, o‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraydigan bo‘lsak, men ishonaman, bunday balo-qazolar hayotimizdan albatta yiroq bo‘ladi3.” SHuning uchun respublikamizda ijtimoiy-siyosiy hayotda, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda mahallalar rolini oshirishga katta e‘tibor berilmoqda.
Mahalla xalqimiz tarixiga, uzoq an‘analarga, axloqiy udumlariga va uning boy ma‘naviyatiga bog‘liq hayot maktabi hisoblanadi. Ma’lumki, jamiyatni demokratlashtirishning asosiy shartlaridan biri odamlarning ijtimoiy va siyosiy saviyasining demokratik o‘zgarish jarayonlariga qanchalik mos bo‘lishidir. SHuning uchun yangi demokratik jarayonlarni idora qilishni, ularni hayotga tatbiq etishni, avvalambor, jamiyatning o‘zi tushunishi va hal qilishi shart. Bunda mahallalarning o‘rni hamda o‘z-o‘zini idora qilish tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatmoqdaki demokratik jarayonlarni chet mamlakatlardan nusxa olib, ko’r-ko’rona ko’chirib bo’lmaydi. Demokratiya o‘zdan-o‘zi shakllanmaydi. Unga tinimsiz intilib va hayotning og‘ir sinovlariga bardosh berib yetishish mumkin.
Musulmon olamida va Osiyo qit’asida demokratik o‘zgarishlarning rivojlanishi o‘ziga xos an‘analarga hamda xususiyatlarga ega. Sharqda demokratiya jamoatchilik fikrining ustuvorligi va hamjihatlik g‘oyasi zaminida shakllanadi. Respublikamiz sharoitida bunday qadriyatlar avvalo aholi zich joylashgan mahallalarda shakllanadi. Davlat hokimiyati markaziy organlarining quyidagi bir qator vakolat va vazifalarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda:

  • iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish;

  • byudjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish;

  • odamlarni ish bilan ta‘minlash;

  • aholi manfaatlarini himoya qilish


Download 178,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish