Fanning ta’limdagi o`rni
Elementar matematikaning tanlangan boblari fanining ta’limdagi o`rni ushbu kursning maqsadi va mazmunida to`la aks ettirilgan bo`lib, bu kurs davomida talabalar echilishi murakkabroq bo’lgan misol va masalalarni yechishning umumiy va xususiy usullarini to`liq egallaydi. Bu ma’noda matematikadan bilim, ko`nikma va malakalarni umumlashtiradi, chuqurlashtiradi.
Matematik tahlil, algebra va sonlar nazariyasi, geometriya fanlarini ongli o`zlashtirishga xizmat qiladi. Talabalarda matematikaning yagonaligi haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi. Bundan tashqari bo`lajak matematika o`qituvchilari kasbiy tayyorgarligining o`zagini tashkil qilishi bilan ta’limda alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |