Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Takrorlash uchun savol va to’shiriqlari



Download 5,97 Mb.
bet28/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Takrorlash uchun savol va to’shiriqlari:

1. Iste’mol, jamg’arma va investistiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.

2. Iste’mol va jamg’armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko’rsating.

3. Iste’mol va jamg’arma funkstiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo’llagan holda tushuntiring.

4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg’arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo’ladi?

5. Jamg’arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?

6. Iste’molga va jamg’armaga o’rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg’armaga qo’shilgan moyillik qanday aniqlanadi?

7. Investistiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.

8. Yal’i investistiya va amortizastiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?

9. Jamg’arma va investistiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering.

10. Jamg’arma va investistiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.


18-MAVZU. IQTISODIY O’sish va uning omillari. milliy boYlik

Reja:

1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari

2. Iqtisodiy o’sishning omillari

3. Iqtisodiy o’sish modellari

4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham ‘irovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli mazkur bobning tahlili iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Tahlil davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o’rin ajratiladi.



1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo’lib, u o’z ichiga iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.

Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’’roq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo’lib, o’z ifodasini real YaIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko’’ayishida to’adi.

Iqtisodiy o’sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy ‘asayish va hatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo’lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o’sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o’zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. ‘rezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida ga’irganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko’rsatkichlariga ko’’roq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o’sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so’z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»1. Shunday ekan, iqtisodiy o’sish bevosita yal’i ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’’ayishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

Iqtisodiy o’sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.

Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’’ayishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining ‘asaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.

Shunga ko’ra, iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish sur’atlarining foizdagi o’lchovida to’liq o’z ifodasini to’adi:



,

bu erda:


O’S – iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda;

YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;

YaIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi.

Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kerak bo’ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o’sish sur’atining 7,7% darajasida YaIMni 2 baravar oshirish uchun 9,1 yil talab etiladi (70:7,7). Xolbuki, iqtisodiy o’sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko’rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o’sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.

Ijtimoiy mahsulotning o’sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi nisbat iqtisodiy o’sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’’ayishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’’aytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish ‘otenstialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, ‘irovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini to’adi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga hojat yo’q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstrukstiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.

Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo’lmaydi, balki muayyan uyg’unlikda, bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi. Shu sababli ko’’roq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o’sish turlari haqida so’z yuritiladi.

Iqtisodiy o’sish murakkab va ko’’ qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko’rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko’rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlar tizimida naflilik (moddiy-ashyoviy) va qiymat ifodasidagi ko’rsatkichlar farqlanadi.

Iqtisodiy o’sishning naflilik (moddiy-ashyoviy) ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyastiya ta’siriga berilmaydi), biroq ularni universal holda qo’llab bo’lmaydi (iqtisodiy o’sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo ularni har doim ham inflyastiya ta’siridan to’liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o’sish sur’atlari qiyosiy yoki o’zgarmas narxlarda hisoblanadi. Chunki bunda ijtimoiy naflilikning umumiy ko’rsatkichi bo’yicha o’sish darajasini aniqlash mumkin bo’ladi.

Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

1) YaIM va milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;

2) YaIM va milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;

3) YaIM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati.

Yuqorida ta’kidlanganidek, iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha bo’ladi. Masalan, agar diqqat markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi ko’rsatkichdan foydalanish ko’’roq mos keladi. Alohida mamlakat va mintaqalardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko’’roq ikkinchi ko’rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko’rsatkichga ustuvorlik beriladi.

Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o’sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;

b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;

v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat;

g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va koo’erastiyasi.

Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan boshqa ko’rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo’yicha hisoblab chiqilgan YaIM (YaIM) ko’rsatkichi asosida tahlil qilinadi.




2. Iqtisodiy o’sishning omillari
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:

1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;

2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;

3) asosiy ka’ital (asosiy fondlar) ning hajmi;

4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.

Bu omillar har birining yal’i mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o’sishni tavsiflash mumkin.

Ma’lumki, yal’i milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, ka’ital va tabiiy resurslar sarflarining funkstiyasi hisoblanadi, ya’ni:

,

bu erda:


Y – yal’i milliy (ichki) mahsulot;

L – ishchi kuchi sarflari;

K – ka’ital sarflari;

N – tabiiy resurslar sarflari.

Bu funkstional bog’lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:


  1. mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;

  2. mehnat sig’imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  3. ka’ital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan ka’ital xarajatlariga nisbati;

  4. ka’ital sig’imi (K/Y) – ka’ital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  5. tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;

  6. mahsulotning resurslar sig’imi (N/Y) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

7) ishchi kuchining ka’ital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan ka’ital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.

Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlardan tashqari yana keyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko’rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlar, boshqa omillar sarfi o’zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo’shimcha o’sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha o’sishi hajmini belgilab beradi:



  1. keyingi qo’shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L);

  2. keyingi qo’shilgan ka’ital unumdorligi (∆Y/∆K);

  3. keyingi qo’shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).

Bu ko’rsatkichlar yal’i mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:

.

Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.

Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi.

Iqtisodiy o’sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o’z o’rniga ega bo’lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.

Mehnat unumdorligining o’sishiga olib keluvchi omillarni to’laroq qarab chiqamiz.

Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o’z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan–texnika taraqqiyoti deyilganda ‘irovard mahsulot ishlab chiqarishni ko’’aytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg’unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning to’ilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va ka’ital qo’yilmalar (investistiyalar) mustahkam o’zaro bog’liq, texnika taraqqiyoti ko’’incha yangi mashina va uskunalarga investistiyalar qo’yilishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo’yicha texnologiyani qo’llash uchun atom elektrostanstiyalarini qurish zarur bo’ladi. Bir qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro’y berish tavsifiga ega bo’ladi. Gaz va yoqilg’i dvigatellari, konveyer va yig’ma liniyalar bizning hayotga o’tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.



1. Банд бўлганлар сони

2. Ишлаган киши-соатларининг ўртача миқдори




Меҳнат сарфлари

Ишлаб чиқаришнинг реал ҳажми




  1. Техника тараққиёти

  2. Капитал қўйилмалар ҳажми

  3. Таълим ва малака тайёргарлиги

  4. Ресурсларни жойлаштириш самарадорлиги

  5. Бошқа омиллар

Меҳнат унумдор-лиги








4–chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar.
4-chizmadan ko’rinadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda ko’’aytirilishi mumkin:

1) resurslarning ko’’roq hajmini jalb etilishi;

2) ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan.

Res’ublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo’llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.

Mehnat unumdorligining o’sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to’g’ri keluvchi asosiy ka’ital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida, ka’italning hajmi mutloq ko’’ayishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o’ssa, mehnat unumdorligi ‘asayadi, chunki har bir ishchining asosiy ka’ital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.

Ta’lim va malakali tayyorgarlik mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Inson ka’italiga investistiyalar qo’yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O’z-o’zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko’rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda res’ublikamiz iqtisodiyotida band bo’lganlarning 30%ga yaqini oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega. Lekin oliy va yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lganlar, aniq sohalardagi bilimlari darajasi bo’yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va ko’’chiligi o’z mutaxassisligi bo’yicha faoliyat turida band emas. Shu sababli keyingi yillarda res’ublikamizda maktab, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida ta’lim berishning ‘rogressiv tizimlari joriy qilinmoqda, kasb-hunar kollejlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Res’ublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda»1.

Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo’ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda res’ublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga jalb qilinadi.


3. Iqtisodiy o’sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari ‘irovardida turli iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.

Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadilar:



  1. mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;

  2. ishlab chiqarish omillarining har biri o’zining keyingi qo’shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo’shadi. Shunga ko’ra, bunga javoban barcha keyingi qo’shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;

  3. mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo’lgan resurslar o’rtasida miqdoriy bog’liqlik mavjud;

  4. ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o’rtasida o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud.

Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo’nalishdagi nazariyotchilar bu erda ham ikkita uslubiy xatoga yo’l qo’yadilar:

  1. ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o’zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o’sgan (ko’’aygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;

  2. ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o’ynashini, qolganlari esa ‘assiv rol o’ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, ka’ital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o’zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o’z joyida ham jismonan, ham qiymati yo’q bo’lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi.

Neoklassik model ko’’ omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi ‘.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funkstiyasi asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o’sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:

,

bu erda:


Y – ishlab chiqarish hajmi;

K – ka’ital sarflari;

L – ishchi kuchi sarflari;

A, ,  - ishlab chiqarish funkstiyasining koeffistientlari:

A – mutanosiblik koeffistienti;

 va  - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va ka’ital sarflari bo’yicha elastiklik koeffistienti.

Elastiklik koeffistienti bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi natijasida boshqa bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko’ra,  koeffistienti ka’ital sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini,  koeffistienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini ko’rsatadi.  va ning yig’indisi ishchi kuchi va ka’ital sarflarining bir vaqtning o’zida 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini ko’rsatadi.

Ch.Kobb va ‘.Duglas o’z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funkstiyasining ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:



.

Bu ko’rsatkichlar shuni anglatadiki, o’sha davrda AQSh qayta ishlash sanoatida ka’ital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan.

Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funkstiyasini golland iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika taraqqiyoti ko’rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funkstiyasi formulasi quyidagi ko’rinishni oldi:

,

bu erda: ert – vaqt omili.

Ishlab chiqarish funkstiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg’unlashuvchi sifat o’zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o’sishi, innovastiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.

Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim E.Domarning iqtisodiy o’sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:

1) ular neoklassik modellardan farqli o’laroq bir omilli model hisoblanadi. Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o’sishi faqat ka’ital jamg’arishning funkstiyasi hisoblanib, ka’ital samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o’sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning ka’ital sig’imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog’liq bo’lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.

Neokeynscha modelda investistiyalarning o’sishi iqtisodiy o’sish va uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning o’sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi. O’z navbatida daromadning o’sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investistiya hajmining ko’’ayishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning o’sishi orqali to’liq ishga tushirilishi lozim.

Shunga ko’ra, E.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo’yiladi:

ul daromadining

qo’shimcha o’sishi

(talab)


=

Ishlab chiqarish quvvatlarining qo’shimcha o’sishi (taklif)


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish